O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə21/26
tarix12.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#79074
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.

Nazariya – ilmiy bilishning eng yuqori shaklidir. Nazariya, deyilganda xaqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror bir sohasiga oid ma’lum g’oyalar, qarashlar, qonunlar va printsiplarning muayyan tizimi tushuniladi. Nazariya biror fan sohasiga oid bo’lib, u ma’lum bilimlarning umumlashtirilishi asosida paydo buladi. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi – amaliyot bergan yangi faktlarni izohlash, o’rganilayotgan predmet yoki hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirish, ro’y beradigan voqea va hodisalarni oldindan kura olishdan iborat.
Har bir nazariy ma’lum sohadagi ilmiy bilimlarning so’nggi natijasi sifatidagi bilim shaklidir. Lekin uni hech qachon tugallangan, o’zgarmas, absolyut bilim, deb qaramaslik kerak. CHunki, har bir nazariya faqat u yoki bu gipotezaning akti asosidagi isboti bo’lmay, balki uzluksiz o’rin almashib, chinligi aniqlanib boruvchi juda ko’p va cheksiz gipotezalarning natijasidir. SHu sababli nazariya ham doimo rivojlanib borib, uning mazmuni absolyut va nisbiy haqiqatlarning birligidan iborat buladi.
Har bir fan sohasida, xususan, psixologiya sohasida o’tkaziladigan har bir ilmiy nazariy va eksperimental tadqikotda intuitsiyaning ahamiyati juda katta. Intuitsiya – bu ilgaridan egallangan bilim va ma’lumotlarga asoslangan bilish jarayonidir. Har bir kishi o’zining tajriba va kunikmalariga asoslangan holda o’ziga xos intuitiv bilishlarga ega. SHuningdek har bir kishining intuitiv bilishida, tabiiyki, farqlar bo’ladi. Bu farklar esa usha kishining intellektual darajasiga, maxsus mutaxassisligiga va shaxsiy yo’naltirilganligiga, qadriyatlar sistemasiga, dunyoqarashiga, qobiliyatiga asoslanadi.
Intuitiv bilish, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega bo’lgan, uning fikri ma’lum muammo yoki masalani yechilishiga yo’naltirilgan, shu asosda o’z fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro’y beradi. Intuitiv bilish ham inson bilish jarayonining muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim rolь o’ynaydi. Intuitiv bilish hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug’ilishidir.
Keyingi davrda olib borilgan tadqiqotlar intuitiv bilishning paydo bo’lishi inson miyasining ongsiz yoki ong osti faoliyati bilan bog’liq ekanligini kursatmoqda. Intuitiv bilishning tabiatini o’rgangan bu tadqiqotchilar intuitiv bilish fakti xaqiqatan ham inson bilish jarayoniga xos ekanligini qayd qilishib, uning hissiy va mantiqiy bilishlari bilan bog’liqligi, shu sababli intuitiv bilishning bevosita sezish, bevosita his qilish, bevosita idrok qilish, bevosita yangi fikrga birdaniga kelish kabi shakllari mavjudligini aytishmoqda. Ammo intuitiv bilish kishining oldingi tajriba, kunikma, malaka va erishgan bilimlariga asoslangan holda yuzaga kelishini, busiz intuitiv bilishning bo’lishi mumkin emasligini ta’kidlashmoqda.
Intuitiv bilish, aslida inson bilish jarayonining bir jihati sifatida faqat ijodiy jarayonga xos bo’lmasdan, balki u insonning oddiy kundalik amaliy bilish faoliyatiga ham xosdir. Buni biz bolalar uchun aytiladigan topishmoqlarga berilgan javoblarda, oddiy kundalik muammo va shu kabilarni yechish misollarida yaqqol kuramiz. Intuitiv bilish inson bilishining hamma boshqa shakllari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bilish jarayonida ularni to’ldiradi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin