Tadqiqotchining ta’siri shaxs psixologiyasi va ijtimoiy psixologiya bo’yicha tajribalarda, sensorikasini va pertseptsiyasini o’rganishda minimal bo’ladi
Tadqiqotchining ta’siri shaxs psixologiyasi va ijtimoiy psixologiya bo’yicha tajribalarda, sensorikasini va pertseptsiyasini o’rganishda minimal bo’ladi.
«Global» individual jarayonlarning intellekti, motivatsiyasi, qaror qabul qilishi va boshqalarni tekshirishda «o’rtacha» ta’sir ko’rsatish kuzatiladi.
Tadqiqotchining tajriba natijasiga ta’sirining qanday hisobga olish va nazorat qilish usullarini tavsiya etish mumkin?
Taxminan 98% psixologlar tadqiqotchining ta’sir ko’rsatishini metodologik muammo deb hisoblaydilar, lekin amalda esa uni hisobga olish va nazorat qilish haqida ancha kam o’ylaydilar.
A. Anastazi to’g’ri amalga oshirilgan tadqiqotlarda bu ta’sirning omili deyarli sezilarsiz deb hisoblaydi va uni minimumga tushirishni, metodik izlanishlardan foydalanmaslikni, balki aql bilan ish yuritishni taklif etadi. Agarda bunga erisha olinmasa, tajriba shartlarini ta’riflashda tadqiqotchi ta’sirini albatta hisobga olish kerak bo’ladi.
Ko’pincha tadqiqotchining ta’sirini nazorat qilish uchun quyidagi metodlar taklif etiladi.
Tadqiqotlarni avtomatlashtirish, tadqiqotchining ta’siri sinaluvchining tanlab olishda va dastlabki suhbatda, alohida seriyalar orasida va «yakunida» saqlanib qoladi.
Tadqiqotchilar maqsadlarini bilmaydigan tadqiqotchilar ishtirok etishi (ilgari gapirib o’tilgan «ko’r-kurona ikki martalik tajriba»). Tadqiqotchilar birinchi tadqiqotchining maqsadlari haqida taxminlar qiladi. Bu taxminlar ta’sirini nazorat qilish kerak bo’ladi.
Bir necha tadqiqotchilarning ishtirok etishlari va tadqiqotchi ta’sir omilini bartaraf qilishga imkon beruvchi rejadan foydalanish. Endi faqat tajriba o’tkazuvchilarning tanlab olish kriteriyalari va nazorat guruhlari cheklangan soni muammosi qoladi.
Tadqiqotchining ta’sirini to’la yo’qotib bo’lmaydi chunki, bu psixologik tajriba mazmuniga qarama-qarshi lekin u yoki bu darajada hisobga olinishi va nazorat qilib borilishi mumkin.
IY. REAL HAYoTNI AKS ETTIRUVCHI EKSPERIMENTLAR.
Deyarli barcha hayotimizdan oladigan mulohazali xulosalarimiz kundalik hayotimizda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni vujudga kelishiga olib keladi. Bunday tarzdagi eksperimentlarimiz real dunyoni aks ettiradi.
Barcha eksperimentlardagi mavjud ma’lumotlar umumiy xulosalarga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda eksperiment bu umumlashtirishdir.
Biz kundalik hayotimizda deyarli ko’p hollarda eksperiment o’tkazib, o’zimizning faoliyatimizga rahbarlik qilib malakalarga ega bo’lamiz, natijasidagi xulosalarimizni esa umumlashtiramiz.
Bir necha bor uchrashganimizda iliq kayfiyat bilan qo’l berib muomala qilgan, sog’ligingiz, kayfiyatingiz haqida so’ragan kishining harakatlarini do’stona harakatlar tarzida mulohaza qilamiz. Endilikda o’zimiz shu odam bilan qaerda uchrashmaylik – hoh, biror kechada, konferentsiya yoki ko’chadami u bilan muloqotga kirishishga intilamiz. Albatta, bu orada bizning xulosalarimiz chin bo’lmasligi mumkindir. Balki, hamsuhbatdoshimiz o’zining «samimiyligi» ostida biror maqsadni ko’zlayotgandir? Agar ilgaritdan egallagan malakalarimizni umumlashtirmaganimizda edi, shubhasiz har bir yangi holatlarda nima qilishimiz kerakligini bilmagan bo’lar edik.
Eksperimentda tadqiq qilinuvchilarning kundalik hayotlari: nima qilayotganligi va uni atrofini egallagan hodisalar aks etayotgan bo’lsada, unga sistema kiritilishi darkor. Uyushtiriladigan sharoitlar, foydalaniladigan materiallar, jarayonlarning ketma-ketligi reja asosida tartibga solinishi kerak.
Turli tipdagi eksperimentni tavsiflash, hal qilish va rejalashtirishda bir necha terminlarni tushunib ishlata olishimiz lozim. Eksperimentator lug’atining asosiy terminlaridan biri o’zgaruvchanlikdir (peremennaya). Ahamiyati o’zgarib turishi ehtimoli bor istalgan parametr. Reallikdagi, ya’ni tevarak-atrofimizdagi bizni qiziqtiruvchi barcha hodisalar o’zicha farqli tomonlarini aks ettiradi. Masalan, aqliy taraqqiyot testida o’zgaruvchanlik inson intellektual qobiliyatlari bo’lishi mumkin. Aqliy faoliyatga oid musiqaning ta’siriga baho beruvchi eksperimentda musiqaning balandligi o’zgaruvchanlikni berishi mumkin. Eksperimental sxemani tahlil qilishda o’zgaruvchanlik mustaqil va tobe’ ko’rsatkichlarga bo’linadi.
Tobe ko’rsatkich – eksperiment o’tkazishdagi mustaqil ko’rsatkichning ta’sirini aks ettiradigan faoliyatning ba’zi aspektlaridan biri. Agar mustaqil ko’rsatkich tobe’ ko’rsatkich farqli tomonlarini vujudga kelishiga sabab bo’lgandagina eksperimental effekt bo’lishi mumkin. Masalan, vazifaning bajarilishi (mustaqil ko’rsatkich) mehnatning unumdorligini oshishiga olib kelishi mumkin (tobe ko’rsatkich).
Natijaga erishishimizda biror materialdan foydalanish yoki foydalanmasligimiz – mustaqil ko’rsatkichdir. Bu degani, esperimentataor o’z rejasiga ko’ra uni o’zgartiradi. Mustaqil ko’rsatkich o’zicha 2 holatda ifodalanishi mumkin. Materialdan foydalanishimiz – biri bo’lsa, foydalanmasligimiz – ikkinchisi. Mustaqil ko’rsatkichni miqdoriy ifodalasak, bunda miqdor so’zidan foydalanamiz.
Har bir mustaqil ko’rsatkich bitta tobe ko’rsatkichni taqozo etadi. Mustaqil va tobe ko’rsatkichning o’zaro munosabati eksperimentning asosiy natijasini keltirib chiqaradi.
Eksperimental natijalarni tahlil qilishdan oldin eksperimentator mustaqil va tobe ko’rsatkichlarni aniq belgilashi shart. Keltirilgan misolda mustaqil ko’rsatkichning 2 holati: bu naushniklarning qo’llanilishi yoki foydalanilmaslik; tobe ko’rsatkich aniq ko’rsatilgan: naushniklardan foydalanish yoki foydalanilmaslik natijasida ularning mehnat unumdorligiga ta’siri yoki aks holati, umuman ishlab chiqarish natijasiga ta’siri.
salbiy ko’rsatkich (yoki faktorli) ishonchsiz yoki sistematik aralashma; salbiy ko’rsatkichning parametrlari, masalan, vaqt faktorlari, vazifa faktorlari, sinaluvchilarning individual farklari;
ko’shimcha ko’rsatkich – xususan eksperimental farazning asosiy qismlaridan biri; eksperimental farazni yaxshilab tekshirish uchun o’rganilayotgan ob’ektning qo’shimcha ko’rsatkich darajasi bilan mos bo’lishi lozim, umumiy eksperimental farazni tekshirish uchun esa – eksperimentning turli darajalarida o’tkazilishi;
birlik ko’rsatkich;
ikkilamchi ko’rsatkich;
kengaytirilgan ko’rsatkich – mustaqil ko’rsatkichning yangi sharoitlarini yaratilishiga moyillik;
sifat ko’rsatkich – mustaqil ko’rsatkichning sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi sharoit, holati;
miqdoriy ko’rsatkich – mustaqil ko’rsatkich miqdoran ulchash mumkin bo’lgan darajalar orasidagi farq, ko’p bosqichli eksperimentga xos;
bazisli ko’rsatkich «asosda yotuvchi» - nazariy mulohazalarga asoslangan holda mustaqil ko’rsatkichning o’zaro ta’sirini ko’rsatish (o’rganilayotgan ob’ektgagina);
nazorat ko’rsatkichi – ikkinchi mustaqil ko’rsatkich hisoblangan qo’shimcha ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.