4.1 Ideal va real eksperiment.
Ideal eksperiment tushunchasini D.Kempbel o’z asarlarida birinchi bor qo’llagan. Ideal eksperiment (ilmiy tajriba) tajriba o’tkazuvchi tomonidan faqat bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchini o’zgartirilishini ko’zda tutadi. Bog’liq bo’lgan o’zgaruvchi nazorat qilinadi. Tajribaning qolgani sharoitlari o’zgarmas bo’lib qoladi.
Ideal eksperiment (ilmiy tajriba) sinaluvchilarning ekvivalentligini vaqt davomida ularning xususiyatlarining o’zgarmasligini fizik vaqtning o’zi yo’qligini (bu qanchalik qarama-qarshi bo’lmasin) tajriba sinovini cheksiz o’tkazish imkoniyatini ko’zda tutadi. Buning natijasida hamma tajriba sinov ta’sir ko’rsatishlar hammasi bir vaqtda o’tkaziladi.
Ideal eksperiment real eksperimentga qarama-qarshi turadi. Real eksperimentda faqat tadqiqotgina qiziqtiruvchi o’zgaruvchilargina emas, balki bir qator boshqa sharoitlar ham o’zgaradi. Ideal tajribaning real tajribaga mosligini ichki validligi (validity)-ideal eksperiment bilan real eksperimentni solishtirish hamda ta’minlanadigan natijalarning ishonchliligi kabi xarakteristikasida ifoda etiladi. Ichki validlik tajriba o’tkazuvchining o’zgartirib turadigan sharoitlarida (bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar) bog’liq o’zgarishlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatish me’yorini ifoda etadi.
Tadqiqotchi nazorat qilinadigan sharoit bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchisi qanchalik ko’p ta’sir ko’rsatsa, tajribaning ichki validligi shunchalik past bo’ladi. Demak tajriba davomida aniqlangan faktlarning ko’plari artefaktlar bo’lishi ehtimoli katta bo’ladi. Tajribani bog’liq bo’lgan hamda bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchinini ta’sirini boshqa o’zgaruvchilarni nazorat qilish hisobiga aniqlash uchun rejalashtirish kerak, artefaktlar teng bo’lgan o’zgaruvchilar yoki yo’qotiladi, yoki ularning ta’siri kattalashtiradi (tajriba sharoitlarini o’zgaruvchanligini aralashtirish va o’zgartirish hisobiga). Yuksak ichki va tadqiqotlar natijasi ta’sir ko’rsatuvchi hamma o’zgaruvchilarni ham hisobga olib yoki yo’qotib bo’lmaydi. Ulardan ichki validlikni bo’zadiganlarini «qo’shimcha» o’zgaruvchilar deb ataydilar, qo’shimcha, yordamchini yo’qotib bo’lmaydigan o’zgaruvchilarga kiritadi. Bunga vaqt omilini, vazifa omilini, individual farq omilining sirlari kiradi.
«Validlik» markaziy tushunchasini chuqurroq ko’rib chiqamiz. «Tajriba-nazariya-haqiqat» nisbatlar tizimi (sistemasi)ga murojaat etamiz. Nazariya asosida gipoteza ilgari so’riladi, bu gipoteza oqibatida tajribalarda tekshiriladi. Tajribaning metodikasi va rejasi tekshirilayotgan gipoteza (faraz) ga mos bo’lishi kerak. Uning moslik darajasi operatsional validlikni ifoda etadi. Misol uchun, o’rgatish bo’yicha tajribada Zummerning baland tovush xato uchun «imzo» ekvivalenti sifatida foydalaniladi, shuning uchun bunday tushuntirish to’g’riligiga gumon paydo bo’ladi. Tajribaning o’zida biz qo’shimcha o’zgaruvchilarning bog’liq o’zgaruv ta’sirini minimal hisobga olishimiz, yo’qotishimiz kerak bo’ladi.
Ichki validligi bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchining boshqa omillarga nisbatan bog’liq o’zgaruvchiga ta’siri me’yorini ifoda etadi, boshqacha qilib aytganda, tajriba natijari (bog’liq o’zgaruvchining o’zgarishi)bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchining o’zgarishi sababli ekani ehtimoli qachalik katta bo’lgan sari, ichki validlik shunchalik yuqori bo’ladi.
Tajriba tashqi reallikni takrorlab ko’rsatishi kerak. Tashqi reallikni to’la takrorlaydigan tajriba to’la mos keluvchi tajriba deb ataladi. Albatta haqiqatda ham to’la moslikka erishib bo’lmaydi. Tajriba-sinov amallarining haqiqatga mosligi tajribaning tashqi validligini ifoda etadi.
Tajribada hisobga olinishi talab etiladigan qo’shimcha o’zgaruvchilar tashqi validlikka ta’sir ko’rsatadi. Agarda tajriba sinovlari natijalari ishongchliligi ichki validlikka bog’liq bo’lsa, natijalarni lobaratoriya sharoitidan haqiqiy jarayonlarga ko’chirish va ularni reallikning boshqa sohalariga umumlashtiriladi va tashqi validlikka bog’liq bo’ladi. Va nihoyat nazariya va reallikning bog’liqligi reallik nazariyasi mosligi va uning tahminlari to’g’riligida aks ettiriladi.
Kempbell tajribaning validligini ifodalovchi yana bir muhim tushunchani kiritadi, bu konstruktiv validligdir. Konstruktiv validlik nazariyasining’ tajriba ta’limotlarini tushuntirish metodining mosligini ifoda etadi, ya’ni tuzilmaga turtinchi tashkil etuvchi – tushuntirishni kiritish kerak bo’ladi:
Nazariya –tajriba –tushuntirish –reallik.
Bog’liq bo’lmagan
o’zgaruvchi ------------------------- bog’liq
bo’lgan
o’zgaruvchan
tashqi o’zgaruvchilar ----------------------------
(«yordamchi» «qo’shimcha»)
Konstrukiv validlik Kempbellning fikriga kundalik tilimiz yoki forial nazariyadan abstrakt terminlar yordamida sabablari yoki tajriba natijalari ko’rsatilishi (tushuntirishi) to’g’risidagini ifoda etadi.
SHunday qilib ichki validlik o’rganilayotgan sabab yoki oqibatlar aloqasi sifatida tajriba natijalarini tushuntirishi ishonchliligi bilan (tajriba-tushuntirish natijalari)konstruktiv validlik esa-tajriba ma’lumotlarini tushuntirishi paytida u yoki bu nazariyalarning terminlaridan foydalanish to’g’riligi bilan belgilanadi.
Kempbell ichki validligini aniqlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchanlarning o’rtasidagi a’loqalarni alьternativ tushuntirishlarni saralashni talab etadi deb ta’kidlaydi. Konstruktiv validligini aniqlash u yoki bu nazariyadan olingan tushunchalar bilan sabablar va oqibatlar nisbatlarini alьternativ tushuntirishlaridan voz kechishini talab etadi.
Kempbellning fikricha yaxshi tajriba qo’yidagi talablarga javob berishi kerak:
1)Tahmin qilinadigan sabablar va oqibatlar vaqti katta-kichikligini aniqlash;
2)Mumkin bo’lgan sabablari va natijasi o’zaro bog’liqligini ko’rsatish (kovariantlar);
3)Tajriba natijalirni tushuntirish mumkin bo’lgan yordamchi o’zgaruvchilarni ta’sirini yo’qotish;
4) Bu bog’liqni yo’qotuvchi nazariy konstruktlar haqidagi alьternativ gepotezalarni yo’qotish
Tajriba tadqikotlari asosiy xarakteristikalari o’rtasidagi munosabatlarni aniqlab olish uchun quyidagi sxemani eslab qolish foydali bo’ladi.
Nazariya
Kontruktiv operatsional
validlik validlik
ideal tajriba ichki Eksperiment
(interpretatsiya) validlik
sog’lom tashqi
fikr validlik
reallik
Ichki validlik har qanday tajribaning o’zgaruvchan sharti hisoblanadi. Kempbell tajribaning ichki validligini buzuvchi 8ta asosiy omillarni ko’rsatadi. Buni birinchi guruhni tanlab olish omillari deyish mumkin.
Selektsiyag’ natijalarda doimiy xatolar keltirib chiqaradigan tartibi bo’yicha guruhlarning ekvivalent emasligi .
Statistik regressiya guruhlar eng chekka guruhlar asosida tanlab olinganda selektsiyada xato bulishi alohida holati(boshqacha aytganda guruhlarning bir tekis emasligi sababli korrelyatsiya).
Tajribani saralash guruhlarning tarkibi bo’yicha ekvivalent emasligiga olib keluvchi taqqoslanadigan guruhlardan sinalayoganlarning notekis chiqarilishi .
Tabiiy rivojlanishda bir hodisalar bilan bog’liq bulmagan, vaqt davomi natijasi hisoblangan sinaluvchilarning o’zgarishlari holatining o’zgarishi (ochlik,sovuq, toliqish,kasallik va h.k)
Ikkinchi guruh yordamchi o’zgaruvchilari.
Ularning ta’sir ko’rsatishi quyidagi natijalarga olib keladi.
1.Tarix effekti- tajribada ta’sir ko’rsatganlaridan tashqari dastlabki va yakuniy test sinovlari o’rtasida davr davomida sodir bo’ladigan aniq hodisalar .
2.Test sinovlari natijasi-dastlabki test sinovining yakuniy test svinoviga ta’siri.
3.Interpritatsiya –xato-sinalayotganning xulqini qayd etish metodining ishonchliligi, ya’ni testning ishonchliligi aniqlanadi. Kempbellning fikricha aynan ishonchlilik validlikka ya’ni validlikka ta’sir ko’rsatadi.
4. Omillarning o’zaro a’loqadorliklarini tanlab olish, tabiiy rivojlanish tarixiy (tajriba guruhlarining tarixi turlicha)va boshqalar.
Keyinchalik Kempbell ichki validlikni buzuvchi yana bir qator talablarni ta’riflab beradi. Ulardan eng muhimlari tajriba amallari bilan bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |