Tadqiqotchini qiziqtirgan (hodisa, holat, funktsiyalarni) o’zi hoxlaganda yaratish. Bunda tadqiqotchi real shart-sharoitlarda qanday hodisa sodir bo’lishini kutib turishi shart emas.
Tadqiq qilinayotgan jarayonning kechishi va ular kutayotgan sharoitlarni yetarlicha qat’iy miqdoriy ravishda chegaralashga erishadi, ya’ni tadqiqot natijalarini sekin-asta matematik tahlil qilishga erishadi.
Eksperimental metodning quyidagi imkoniyatlari mavjud.
Eksperimentning turlari.
Laboratoriya;
tabiiy;
ta’limiy;
testlar.
Psixologiyada eksperimentning 2 turi: laboratoriya va tabiiy turlari mavjud bo’lib, ular 1912 yil A.F.Lazurskiy tomonidan taklif etilgan.
Laboratoriya eksperimentini maxsus jihozlangan laboratoriyalarda, tabiiysi esa, oddiy tabiiy sharoitlarda o’tkaziladi.
Lekin ularning farqi faqatgina o’tkazishda emas, balki laboratoriya eksperimentining eng asosiy qiyinchiligi u yoki bu nuqsonni yo’qotishga qaratilgan bo’ladi. Har qanday laboratoriya eksperimenti sun’iydir, chunki unda tadqiqot ishtirokchilarining faoliyati tadqiqotchi yaratgan muhit yoki sharoitda kechadi. Bu yerda hech qanday zamonaviy takomillashgan eksperimental laboratoriya ham printsipial ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Inson doimo biladiki, bu eksperiment, ya’ni haqiqiy ish emas va har qaysi sharoit yoki vaqtda ishtirokchining talabiga ko’ra to’xtatilishi shart va mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi muhim bo’lgan bog’lanishlar, qonuniyatlarni aniqlashga qiynalib qoladi. Eksperiment doimo ma’lum darajada mavhumdir, chunki tadqiq qilinayotgan jarayon qat’iy sun’iylashgan sharoitlar tizimida ro’y beradi. Laboratoriya sharoitida xulosa va tavsiyalarni real amaliyotga ko’chirish qiyinligi bundan ko’rinib turibdi.
Ushbu metodologik muammoni hal qilish maqsadida B.M.Teplov boshchiligidagi differentsial psixofiziologiya maktabi o’z hissasini qo’sha oldi. Eksperiment usuli bilan olingan natijalarni boshqa metodikalar yordamida ham tekshirib ko’rish kerakligini tan olish kerak bo’ladi. Ya’ni, buni hal qilishda alohida analiz apparati (faktorli yoki dispersiyali tahlil) zarur bo’ladi.
So’ngra "xayotiy ko’rsatkichlar" tizimini ishlab chiqarish muhimligi masalasi qo’yiladi. Ya’ni, tekshiruvchining psixologik xususiyati eksperimentda va real faoliyatida qandayligi ilmiy talqini berilishi kerak. Hayotiy ko’rsatkichlarni jamlangan holda qiyoslab ko’rish kerak. SHuningdek bu jarayonlarning ichki tomonlarini ham bilish kerak, chunki uning natijaviy ifodasi bizga oz ma’lumot beradi. Insonning hulqi uning asab sistemasining ko’pgina xususiyatlariga bog’liqdir, ya’ni hayotiy ko’rsatkichlar bir xil emas, doimiy ham emas, qolaversa, normal sharoitlarda ular faqatgina asab sistemasining mahsuli emas, balki hayotiy sharoitlarga qaratilgandir, chunki ularning ta’sirida qaror topgan bo’ladi.
Tabiiy eksperiment – esa qayd etilgan kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi, chunki u laboratoriya eksperimenti va kuzatish metodi orasida "joylashgandir".
Laboratoriya – tabiiy – kuzatish.
Tabiiy eksperimentda tekshiriluvchining faoliyati tabiiy holatlarda (sharoitlari, vazifalari, bajarilishi) o’rganilib, eksperiment ta’sirida esa faqatgina tashqi sharoitlar o’rganiladi, xolos. Ya’ni tashqi sharoitlar o’zining tabiiy tartibida emas, balki tadqiqotchi hoxlaganidek o’zgartiriladi.
Ta’limiy eksperimentdaham o’ziga xos ravishda qiziqarli rivojlanishga egadir. U psixologik tadqiqotning holati mohiyatan genetik printsipni joriy etilishiga sabab bo’ladi. Ta’limiy eksperimentda tadqiqotchining pozitsiyasi mohiyatan o’zgarib turadi. Pozitsiyaning ko’chishi mavjud fakt va qonuniyatlarga sodda psixologik ta’rif berishdan boshlab, zarur bo’lgan psixik jarayonlarni reja asosida rivojlanishidan iborat. O’rganilayotgan hodisa eksperimentator tomonidan yaratiladi va chetdan uning kelib chiqishi va rivojlanishi kuzatiladi. Tadqiqotchi yangi paydo bo’lgan psixologik hodisaning xossalarini qanday bo’lish kerakligini bilishi va shunga qarab harakat qilishi kerak. SHunga ko’ra tashqaridan eksperimental shart-sharoitlar aniq tizimda tashkil etiladi va tashqi ko’rinishga ega bo’lgan jarayon ichki psixologik jarayonga bosqichma-bosqich ravishda o’tishi (interiorizatsiya) ta’minlanadi. Jarayon ichkiga o’tgandan so’ng boshqa ko’rsatgichlar tizimi bo’yicha o’rganiladi.
Ta’limiy eksperimentga qarama-qarshi bo’lgan bir usuli borki, u testlar metodi deb ataladi. Agar har qanday eksperiment o’zining metodik jihatidan yo’nalganligiga ko’ra qonuniyatlarni o’rganishga qaratilgan bo’lsa, aynan hozirgi kuzatilayotgan jarayonni o’lchab yoki sinab kurilishidir. Test yordamida psixologik jarayonning o’lchovi yoki bahosi beriladiki, shunga ko’ra keyingi tadqiqotlar uchun yo’nalishlar belgilanadi. Demak, testdan olingan natija istiqbol uchun zamin, lekin o’lchov natijasi aynan hozirgi sharoitda to’g’riligi bilan isbotlanib turadi.
Testning ahamiyati shundan iborat bo’ladiki, u psixologiya fanining inkor etib bo’lmas katta yutug’i bo’ldi. CHunki o’zining qisqa standartlashgan va matematik tahlilga qaratilgan metodikalari bilan odamlar orasida, yoki odamning o’z-o’ziga munosabatiga tartiblilik va ilmiylikni kiritdi. Bu bilan stixiyali ravishdagi sub’ektivizm va kundalik inkorlash hukmlaridan odamlarni xalos etadi. Lekin testni tuzuvchi tadqiqotchidan yuqori kasbiy mahoratni va yuqori ahloqiy javobgarlikni talab etadi. CHunki kapitalistik tuzilishdagi davlatlarda testlarning amaliyotda qo’llanilishi shuni ko’rsatmoqdaki, bunda odamlarning sinfiy va irqiy tengsizligini go’yoki oqlab chiqishyapti. Agar testlar kam malakali va mahoratga ega bo’lmagan mutaxassislar tomonidan qo’llanilsa, tekshiriluvchilarning eksperimentda va amaliyotdagi faoliyatini o’lchash va solishtirish qiyin bo’ladi.