ozbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash
Mavzuning vazifasi. Milliy kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash davlatimiz oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalardan biri. 2010 yil 28 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ham aynan mana shu masalaga bag’ishlangan1. Farmonda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish, yoshlarni, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay shart-shraoitlar yaratish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Mamlakatda milliy kadrlarga berilayotgan diqqat-e’tiborning mohiyati shundaki, ushbu dastur orqali xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini mahalliy kadrlar bilan ta’minlash, mamlakat aholisini ish o’rinlari bilan band etish va yoshlarning kelgusida jamiyatda o’z o’rnini topishlari uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iborat.
O’zbekiston kundan-kunga chiroy ochib, go’zallashib bormoqda. Bugun uning tabiiy boyliklari mehnatkash xalqimiz tomonidan ishlab chiqarishga safarbar etilmoqda. Bu boyliklar egasi bugun mana shu xalq, mana shu yoshlar.
O’zbekiston - mustaqil mamlakat. U endi biladi, qaramlik, mutelik nima ekanligini. Yana qayta kishan taqishni istamaydi. O’z haqini birovga bermoqchi ham emas, tenglar ichida teng hamkorlik yo’lini tutgan mamlakat.
O’zbekiston dunyo davlatlari bilan ana shu tamoyillar asosida hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. U qisqa vaqt ichida o’nlab xalqaro tashkilotlar a’zosi bo’lishga erishdi. Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro elektr-aloqa uyushmasi, Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va taraqqiyot banki, Bojxona hamdo’stligi kengashi va boshqa shu kabi xalqaro iqtisodiy hamda moliyaviy tashkilotlar mamlakat iqtisodiyoti taraqqiy etishida muhim rolь o’ynamoqda.
O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi uning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy sohada hamkorlikni davom ettirishga asos bo’lib xizmat qilmoqda. Jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqada bo’lish respublikamizda mustamlakachilik davridan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muammolarni hal qilish imkonini beradi.
O’zbekiston o’zining geografik joylashuviga ko’ra, dengiz va okean suv yo’llariga to’g’ridan-to’g’ri chiqa olmaydi. Bu esa uning tashqi iqtisodiy faoliyati imkoniyatlarini birmuncha cheklab qo’yadi.
O’zbekiston Rossiya orqali faqat shimolga chiqishi mumkin. Mustaqillik yillarida Janubga borish uchun Afg’oniston orqali Pokistonga, Hind okeaniga, G’arbga Eron orqali Turkiyaga, Fors ko’rfaziga, Xitoydan esa barcha yaqin SHarq mamlakatlariga chiqish uchun magistral yo’l qurish ishlari amalga oshirildi.
O’zbekiston bugungi kunda Osiyo, Yevropa, Janubiy SHarqiy Yevropadagi qator mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni teng huquqlar asosida davom ettirmoqda. Turizmni rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiga chet el valyutasining kirib kelishiga alohida e’tibor berilmoqda, mamlakatimiz madaniy-ma’naviy boyliklaridan oqilona foydalanishga erishilmoqda.