O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakul’teti



Yüklə 353,36 Kb.
səhifə2/10
tarix05.05.2023
ölçüsü353,36 Kb.
#108382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash

Mavzuning maqsadi. O’zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot sohasida qator yutuqlar bilan birga o’z yechimini kutayotgan va kechiktirib bo’lmay hal qilishi zarur bo’lgan iqtisodiy muammolar ham mavjud.
Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, xalq xo’jaligini taraqqiy ettirishda bir qator muammolar bor. Qishloqda sanoatni vujudga keltirish, ya’ni, qishloqni lokalizatsiyalash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning kichik korxonalarga asoslangan tarmog’ini shakllantirish haliyam talab darajasida emas. Qishloq aholisiga turli maishiy xizmat ko’rsatish sohasini kuchaytirish va samaradorligini oshirish zarur.
SHu boisdan ham ana shu muammolarning oldini olish maqsadida “keng ko’lamli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida o’tgan yili (2009) 840 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshirishni ta’minladi...
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi muammolarni hal etishda aholi faoliyati bilan bir qatorda xalqqa yo’lboshchilik qiladigan, joylarda tashkiliy, boshqaruv ishiga rahbarlik qiluvchi shaxslarning o’rni kattadir. Yurtimizda o’z vazifasini sidqidildan ado etayotgan, xalqim deb, yurtim deb xizmat qilayotgan rahbarlar bilan birga, afsuski, faqat o’z manfaatini ko’zlab ish yuritayotgan, xalqning ijtimoiy ahvoli bilan qiziqmaydigan, rahbarlik faoliyatida qat’iylik va azmu shijoat yetishmaydigan rahbarlar ham yo’q emas. Masalan, fermer xo’jaliklarining tashkil etilishida ba’zi joylarda tender shartlarining qo’pol ravishda buzilishi, sersuv, unumdor, dehqonchilikka yaroqli yerlarning asosiy qismini o’z qarindoshlariga berish hollari uchrab turibdi. Prezident va keng jamoatchilik, parlament nazorati tufayli bunday rahbarlar faoliyatiga o’z vaqtida chek qo’yilmoqda.
Hammamizga ma’lumki, bizda davlat bosh islohotchi, degan tamoyil bor. Davlatning bosh islohotchilik rolini u ishonib qo’yilgan biron - bir lavozim egasi-rahbar amalga oshiradi, ya’ni, barcha islohotlar boshida-davlatning xodimi turadi. SHunday ekan, rahbar jamiyatda bo’layotgan iqtisodiy o’zgarishlarga, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Hozirgi davr rahbardan o’z manfaatini emas, ko’proq xalq, davlat manfaatini o’ylab ish ko’rish talab etiladi.

Yüklə 353,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin