O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakul’teti


Milliy-ma’naviy tiklanish jarayonida taraqqiyotning o’zbek modeli va uning ahamiyati



Yüklə 353,36 Kb.
səhifə7/10
tarix05.05.2023
ölçüsü353,36 Kb.
#108382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash

2.2. Milliy-ma’naviy tiklanish jarayonida taraqqiyotning o’zbek modeli va uning ahamiyati
Milliy-ma’naviy tiklanish jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan murakkab jarayondir va u albatta, har qanday jamiyatning asosi hisoblangan iqtisodiy jarayonlar bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng respublika va uning xalqi manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab olar ekan, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari o’zlarining bugungi turmush darajalariga erishishlari yo’lida iqtisodiyot sohasiga katta ahamiyat berganligiga va iqtisodiyotni rivojlantirish orqali bugungi hayot tarziga erishganligiga alohida e’tibor qaratdi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mustaqil davlatchilikka erishish, yangi iqtisodiy negizni shakllantirish, xalqning ijtimoiy va ma’naviy jihatdan uyg’onishi sobit qadam va astoydil harakat qilish yo’li bilan amalga oshgan.
Prezident Islom Karimov mustaqillikning ilk kunlaridanoq “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” (1992) asarida O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos yo’li va demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyot tajribasini tahlil etdi. Jahon taraqqiyotida: 1) Demokratiya va qonunchilik. 2) Mulkchilikning turli shakllari va unga munosabat. 3) Yuksak ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishi. 4) Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga kirish maslalari ko’rsatib berildi. Asarda Markaziy Osiyo respublikalari ijtimoiy tuzumini o’zgartirish uchun quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: 1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan demokratik, iqtisodiy boshqaruviga o’tish. 2. Mulkchilikning begonalashuvi: rejali iqtisodiyotdan bozor xo’jaligi iqtisodiyotiga o’tish.
3.Totalitar, aqidaparastlik mafkurasidan hurfikrlilikka, ko’ppartiyaviylikka, umuminsoniy ma’naviyatga amal qilish. 4. Jahon hamjamiyatiga kirib borish1. Umuman, “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” (1992), “O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” (1993) asarlarida “O’zbek modeli”ga asos soldi.
Jahon mamlakatlarining taraqqiy etish yo’llari o’rganib chiqilar ekan, jamiyat hayotini yuksaltirish yo’lida ulardan ko’p narsalarni o’rganish mumkin ekanligi sezildi va jahon tajribalaridan foydalanilgan holda bugungi kunda dunyoda “O’zbek modeli” sifatida tan olingan o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot modeli ishlab chiqildi. Ayni chog’da biron-bir andozadan, hatto u muayyan mamlakatda ijobiy natijalarga olib kelgan bo’lsa ham, ko’r-ko’rona nusxa ko’chirish mutlaqo nomaqbuldir. SHunisi aniq-ravshanki, muayyan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo’ljallangan bo’lsa, ular o’sha mamlakatga xos bo’lgan alohida sharoitdagina ijobiy samara borishi mumkin.
Jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish jarayoni taraqqiyotning mazkur modeli bilan bog’liq ekan, milliy- ma’naviy yuksalish yo’lida muhim rolь o’ynaydigan taraqqiyotning o’ziga xos o’rni bo’lgan “O’zbek modeli” mustaqillik yillarida o’zining tutgan o’rni katta ekanligini isbotlab bermoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizda milliy-ma’naviy tiklanish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar taraqqiyotning o’zbek modelida o’z ifodasini topgan barcha tamoyillar bilan chambarchas bog’liqdir.
O’zbek modeli”ning tamoyillari:

Yüklə 353,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin