1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi va u mafkuraviy holatlardan xoli (bu degani):
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.
Bahoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish.
Bozor infratuzilmasini shakllantirish.
Aholini ijtimoiy himoyalash.
2.Davlatning bosh islohotchiligi: Davlat iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi.
Iqtisodiyotni ijtimoiy sohaga yo’naltiradi.
Iqtisodiy faoliyatning huquqiy asosini yaratadi.
Iqtisodning erkinlashtirilishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy muammolarni hal qiladi.
Ishbilarmonlik, tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashadi.
Ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy muammolarni bartaraf qiladi.
3.Qonun ustuvorligi: 1) Qonun ustuvorligi tamoyili sud-huquq tizimini rivojlantirish bilan bog’liq.
2) Qonun oldida hammaning tengligi.
Yuridik va jismoniy shaxslar o’z ish faoliyatini qonun asosida bajarishi.
Davlat hokimiyatining bo’linish tamoyili, mustaqilligini ta’minlash.
4.Kuchli ijtimoiy siyosat: 1) Aholini ish bilan ta’minlash (Bu 3 ta sektorning: davlat, xususiy va nodavlat sektorining vazifasi).
Daromad siyosatini yuritish: pul daromadi.
Ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy kafolat, ijtimoiy adolatni ta’minlash.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish.
Xalqning moddiy turmush sharoitini yaxshilash.
Har kimning mehnat qilishi uchun keng imkoniyat yaratish, qobiliyatiga yarasha ish bilan ta’minlash.
5.Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqichligi tamoyili: 1) Bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan amalga oshirish (“SHoka terapeya” usuli (yo’li) keskinlikka olib kelishi mumkin). Bu Osiyo taraqqiyot yo’liga yaqin.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, asta-sekin boshqaruvning demokratik, erkin iqtisodiy boshqaruviga o’tish.
Kishilar tafakkuri, ongini bosqichma-bosqich takomillashtirish.
Odamlarning qashshoqlanishiga yo’l qo’ymaslik.
Jamiyat siyosiy sohasini, davlat va jamiyat qurilishini asta-sekin isloh qilish.
Uzoq vaqt qaramlikni boshidan kechirgan va o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etilib, ma’naviy qashshoqlashtirilgan xalqimizning milliy tiklanish yo’lidagi sa’y-harakatlari qiyinchilik bilan amalga oshirildi. Mana shunday murakkab va qiyin sharoitda xalqimiz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanishga majbur bo’ldi. Milliy va ma’naviy tiklanish jarayonida bizga qo’shni va do’st bo’lgan mamlakatlarning qo’llab-quvvatlashi hamda ko’magi ham katta rolь o’ynadi. Bunday mas’uliyatli jarayonda barcha taraflarning manfaatlariga mos keladigan hamkorlikni kuchaytirish, haqiqiy ko’mak qo’lini cho’zgan davlatlarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayondagi xatoliklar keyinchalik qandaydir davlatlarning qarzdorlik sirtmog’iga tushib qolishga sababchi bo’lishi mumkin.
Biz bugun mustaqillikning dastlabki yillariga nazar tashlar ekanmiz, yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar jarayoniga, taraqqiyotning o’zbek modelidagi barcha tamoyillarida ma’naviy mezonlar doimo hal qiluvchi omil bo’lib kelganligini ko’rish mumkin. Ma’lumki, 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, “O’zbek modeli” deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi1.
Ana shu jihatlarga asoslangan “O’zbek modeli” o’z-o’zidan paydo bo’lgan emas, u istiqlol sharofati mustaqillik natijasidir. Mustaqillik davrida “O’zbek modeli” tamoyillari asosida juda katta yutuqlarga erishdik. I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Mustaqillik biz uchun nafaqat iqtisodiy, balki beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanini anglab, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarini aynan shu asosda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berdik”2.
Milliy-ma’naviy tiklanish jarayoni taraqqiyotning o’ziga xos bo’lgan o’zbek modeli bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular bir-birlarini inkor etmaydi, aksincha, o’zaro bog’lanib, bir-birlarini to’ldirib turadi.
Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. SHu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «SHved modeli», «Amerika modeli», «Yapon modeli», “Erxard (nemis) modeli” kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarning qaysi yo’l bilan, qay yo’sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi.