O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakul’teti


O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li-“o’zbek modeli”



Yüklə 353,36 Kb.
səhifə9/10
tarix05.05.2023
ölçüsü353,36 Kb.
#108382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash

O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li-“o’zbek modeli”






Asosiy maqsad va vazifalari

Tamoyillar

Mazmuni







Bozor iqtisodiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish

Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi

Милlati, tili va dinidan qat’i nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib hayot sharoitini yaratib berish



Davlat – bosh islohotchi





Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda tub o’zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish


Har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush darajasini va erkinliklarini ta’minlash




Qonun ustuvorligi







Xalqimizning qadriyatlari va mentalitetiga, milliy davlatchilik an’analariga tayanish

Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish







Xalqning turmush farovonligini oshi-rish, komil insonni shakllantirish

Bozor iqtisodiyotiga tadrijiy yo’l bilan bosqichma-bosqich o’tish




Dunyo tajribasining ilg’or yutuqlariga asoslanish, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash

Milliy-ma’naviy tiklanish jarayonidagi bunday bog’liqlikning ahamiyati katta ekanligini yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlaridan bilsak bo’ladi: “Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o’z hayotini aynan ana shunday dialektik bog’liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi”1.


Jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda milliy-ma’naviy tiklanish yo’lida bunday bog’liqlikni va aloqadorlikni kuchaytirish davlatimizning doimo diqqat markazida turibdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiy hayotini yuksaltirish maqsadida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining joriy etilishi tufayli fuqarolarimizning tafakkuri va dunyoqarashida katta o’zgarishlar paydo bo’ldi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfi shakllanib, tadbirkorlik va kichik biznes, o’rta sinf uchun imkoniyatlar yaratib berildi.
O’zbekiston taraqqiyotining maqsadi esa jamiyatda ijtimoiy adatsizlik hukm surmaydigan, barcha fuqarolarning farovon hayotiga erishishidan iboratdir.
O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda evalyutsion, bosqichma-bosqich o’tish yo’lini tanladi. Buning o’ziga xos sabablari bor, albatta.
O’zbekistonda mavjud bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, respublikadagi odamlar sonining ko’pligi, mustaqillikning ilk yillarida fuqarolar turmush darajasining pastligi va boshqa shunga o’xshash omillar bozor munosabatlariga asta-sekinlik bilan, ya’ni “ijtimoiy larzalarsiz” o’tishni taqozo etdi. Zero, har bir yangilik birdaniga amalga oshmaydi. SHoshilmasdan, puxta o’ylab qilingan ish katta muvaffaqiyat keltirishi xalqimiz hayotida o’z isbotini topgani haqiqat.
“2009 yil mohiyat e’tiboriga ko’ra, avvalo, eski ma’muriy-buyruqbozlik, taqsimlash tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruv tizimiga o’tish bo’yicha biz tanlagan, mashhur besh tamoyilni o’z ichiga olgan o’zbek modeli, davlatimiz va iqtisodiyotimizni bosqichma-bosqich, izchil isloh etish va tadrijiy rivojlantirish strategiyasi uchun tom ma’noda sinov yili bo’ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”1, degan edi I.A.Karimov.
Bozor munosabatlariga o’tish yo’li bekorga tanlangani yo’q. O’zbekistonning har tomonlama qulay geografik siyosiy mavqei, O’rta Osiyo mintaqasida azaldan o’z o’rniga ega ekanligi, boy tabiiy resurslarga, an’anaviy ishlab chiqarish usuli va mehnatni tashkil etish shakllari mavjudligi uning birinchi sharti bo’lsa, har yili o’sib borayotgan aholisining soni va mehnatga yaroqli qismi butun aholining yarmiga yaqinini tashkil etishi buning ikkinchi sharti.
Aholining an’anaviy yashash joylariga bog’langanligi (o’troqligi) aksariyat respublika aholisiga xos bo’lib, bu hol mehnat bozorini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Aholining milliy tarkibi ham o’ziga xosdir. O’z yurtiga, yashab turgan joyiga intilish, milliy qadriyatlarini e’zozlab yashash O’zbekiston aholisining 72 foizidan ortiq qismini tashkil etgan o’zbeklarga xos fazilat bo’lib, bu iqtisodga ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi, albatta. Ana shu xususiyatlar hisobga olinib, O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanladiki, uning bu yo’li o’ziga xos, hech bir mamlakat andozasidan ko’chirib olinmagan, faqat o’zigagina mos keladigan “O’zbek modeli”ning alohida jihatlaridir.
Bozor munosabatlariga o’tishning boshlang’ich pallasida bu jarayon oson kechmadi. Ishlab chiqarish tarmoqlaridan uzilishlar, kunlik ehtiyoj mollarining taqchilligi muammolarning yanada kuchayishiga olib keldi. Ushbu murakkab sharoit xalqdan metin iroda, sabr-bardosh va fidokorona mehnatni talab qildi va respublika xalqi buning uddasidan chiqa oldi. Qolaversa, mamlakatni boshqarib turgan rahbariyatning uzoqni ko’zlab olib borgan izchil, adolatli siyosati ham O’zbekistonni bozor iqtisodiyotining o’tish davri qiyinchiliklarini muvaffaqiyatli ortda qoldirishiga imkon bo’lib xizmat qildi.
Bugun O’zbekiston bozor munosabatlari sharoitida dadil rivojlanayotgan mamlakat. Xalq xo’jaligining, makroiqtisodiyotning barcha sohalarida yirik o’zgarishlarga erishgan mamlakat. Olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat zamirida oddiy xalq manfaati yotibdi. Aholining asosiy qismini o’rta hol qatlam tashkil etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bo’lgan bolalar, nafaqaxo’rlar, o’quvchi, talabalar, nogironlar, yolg’iz onalar va ko’p bolali oilalar doim davlatning himoyasida.
Mamlakatda iqtisodiy barqarorlik vujudga keldi. Bir paytlar “boqimanda” xalq sifatida e’tirof etilgan xalq bugun o’zini iqtisodiy ta’minlabgina qolmay, chet elga turli-tuman xalq ehtiyoj tovarlarini erkin eksport qilmoqda. Bugungi o’zbekistonlikning mehnatga bo’lgan munosabati tubdan o’zgargan. O’z mehnatining samarasidan bahramand xalq sifatida shijoatli mehnat bilan band. Qishloq va shaharlarmiz butunlay o’zgargan. Bugun O’zbekistonga dunyo ko’z tikkan. Bozor iqtisodiyoti orqali rivojlanayotgan O’zbekiston o’z oldiga yanada ulkan marralarni ko’zlab, dadil odimlamoqda.

XULOSA.
Milliy-ma’naviy tiklanish jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan murakkab jarayondir va u albatta, har qanday jamiyatning asosi hisoblangan iqtisodiy jarayonlar bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng respublika va uning xalqi manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab olar ekan, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari o’zlarining bugungi turmush darajalariga erishishlari yo’lida iqtisodiyot sohasiga katta ahamiyat berganligiga va iqtisodiyotni rivojlantirish orqali bugungi hayot tarziga erishganligiga alohida e’tibor qaratdi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mustaqil davlatchilikka erishish, yangi iqtisodiy negizni shakllantirish, xalqning ijtimoiy va ma’naviy jihatdan uyg’onishi sobit qadam va astoydil harakat qilish yo’li bilan amalga oshgan.
Prezident Islom Karimov mustaqillikning ilk kunlaridanoq “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” (1992) asarida O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos yo’li va demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyot tajribasini tahlil etdi. Jahon taraqqiyotida: 1) Demokratiya va qonunchilik. 2) Mulkchilikning turli shakllari va unga munosabat. 3) Yuksak ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishi. 4) Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga kirish maslalari ko’rsatib berildi. Asarda Markaziy Osiyo respublikalari ijtimoiy tuzumini o’zgartirish uchun quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: 1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan demokratik, iqtisodiy boshqaruviga o’tish. 2. Mulkchilikning begonalashuvi: rejali iqtisodiyotdan bozor xo’jaligi iqtisodiyotiga o’tish.
3.Totalitar, aqidaparastlik mafkurasidan hurfikrlilikka, ko’ppartiyaviylikka, umuminsoniy ma’naviyatga amal qilish. 4. Jahon hamjamiyatiga kirib borish1. Umuman, “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” (1992), “O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” (1993) asarlarida “O’zbek modeli”ga asos soldi.
Jahon mamlakatlarining taraqqiy etish yo’llari o’rganib chiqilar ekan, jamiyat hayotini yuksaltirish yo’lida ulardan ko’p narsalarni o’rganish mumkin ekanligi sezildi va jahon tajribalaridan foydalanilgan holda bugungi kunda dunyoda “O’zbek modeli” sifatida tan olingan o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot modeli ishlab chiqildi. Ayni chog’da biron-bir andozadan, hatto u muayyan mamlakatda ijobiy natijalarga olib kelgan bo’lsa ham, ko’r-ko’rona nusxa ko’chirish mutlaqo nomaqbuldir. SHunisi aniq-ravshanki, muayyan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo’ljallangan bo’lsa, ular o’sha mamlakatga xos bo’lgan alohida sharoitdagina ijobiy samara borishi mumkin.
Jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish jarayoni taraqqiyotning mazkur modeli bilan bog’liq ekan, milliy- ma’naviy yuksalish yo’lida muhim rolь o’ynaydigan taraqqiyotning o’ziga xos o’rni bo’lgan “O’zbek modeli” mustaqillik yillarida o’zining tutgan o’rni katta ekanligini isbotlab bermoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizda milliy-ma’naviy tiklanish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar taraqqiyotning o’zbek modelida o’z ifodasini topgan barcha tamoyillar bilan chambarchas bog’liqdir.

Yüklə 353,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin