O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakul’teti


II.BOB.O’ZBEKISTON TARAQQIYOT SARI



Yüklə 353,36 Kb.
səhifə6/10
tarix05.05.2023
ölçüsü353,36 Kb.
#108382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash

II.BOB.O’ZBEKISTON TARAQQIYOT SARI
2.1. Taraqqiyotning o’zbek modeli.
Ma’naviyat sohasida esa tilimiz, dinimiz, adabiyot va san’atimiz, buyuk allomalarimiz, ularning bebaho asarlari kamsitilar, ularni o‘rganish, rivojlantirishga yo‘l qo‘yilmas edi. Buning zamirida xalqimizni ijodkorlikdan, yaratish tuyg‘usidan begona qilib ko‘rsatishga urinish, uning milliy tarixi yo‘q, degan soxta va g‘arazli fikrni odamlar ongiga singdirib, ularni mute va qaram qilishga qaratilgan makkor siyosat yashirin edi.
Mana shunday achinarli holatlarning barchasiga barham berish, xalqimizning bunyodkorlik, ijodkorlik dahosini qayta uyg‘otish, uni o‘z taqdiri, o‘z hayotining tom ma’nodagi egasiga aylantirish uchun yangicha taraqqiyot yo‘li taqozo etilardi. Bu yo‘l hayotning hamma sohalarini xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini inobatga olgan holda isloh etishning umumiy yo‘nalishlarini belgilab berishi
Strategik yo‘l – uzoqqa mo‘ljallangan umumiy maqsadni ifoda etadi.
O‘zbekistonning strategik yo‘li bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo‘lidir. Ayni paytda bu yo‘l o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski sovet tuzumidan mutlaqo yangi, demokratik tuzumga o‘tishni ta’minlab beradigan taraqqiyot modelidir. Bu modelning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u inqilobiy ravishda emas, balki tadrijiy yo‘l bilan rivojlanib borishni nazarda tutadi. Tadrijiy rivojlanish ko‘zlangan maqsad sari qadam-baqadam, pog‘onama-pog‘ona borishni anglatadi.
Shuni bilingki, islohotlarni inqilobiy yo‘l bilan amalga oshirishning bir qancha usullari bor. Shulardan biri «shok terapiyasi» deb ataladi. Jamiyatda yillar davomida shakllangan boshqaruv usullari, iqtisodiy va ijtimoiy hayot tartiblarini, odamlarning dunyoqarashini birdaniga o‘zgartirishga urinish, islohotlarni bosqichma-bosqich tarzda emas, balki eski tuzumni butunlay buzib tashlab, yangi munosabatlarni qisqa muddatda joriy etish «shok terapiyasi»ning asosiy mazmunini tashkil etadi. Eski jarohatni bir urinishda bartaraf etishni da’vo qilgani uchun bu yo‘l aynan shunday nom bilan ataladi.
Bu yo‘l bizning yurtimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmas edi. Buning sabablarini Prezidentimiz Islom Karimov bunday izohlaydi: «Agarki biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bosqichma-bosqich rivojlanish yolini emas, balki «shok terapiyasi» deb nom olgan inqilobiy sakrash yo‘Iini tanlasak, eng qiyin vaziyatlarda aksariyat aholimiz qanday ahvolga tushib qolgan bo‘lar edi? Hech shubhasiz, stixiyali tarzda yuz beradigan shiddatli o‘zgarishlar to‘fonida odamlarning moddiy turmush sharoiti keskin yomonlashib, ularning hayot tarzi, axloqiy qadriyatlari, milliy-ma’naviy qiyofasi butunlay izdan chiqib ketishi hech gap emas edi. Bir so‘z bilan aytganda, bunday biryoqlama siyosat hech kutilmagan oqibatlarga, o‘rnini yuz yillarda ham to‘ldirib, qoplab bo‘lmaydigan og‘ir yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin edi».
Yurtimiz aholisining yarmidan ko‘pini bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar tashkil qilgani, milliy qadriyatlarimiz har qanday yangilikka ham bosqichma-bosqich, vazminlik bilan borishni taqozo etgani tufayli ham «shok terapiyasi» kabi inqilobiy yo‘l biz uchun nomaqbul edi. Shuning uchun taraqqiyotning o‘zbek modeli degan nom bilan dunyoda tan olingan bizning rivojlanish yo‘limizning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, evolyutsion, ya’ni tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Prezident Islom Karimov asoslab bergan jamiyatni isloh etishning besh tamoyili bu modelning negizini tashkil etadi. «Bu modelning asosiy tamoyillari – ya’ni, iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon», deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz.
Iqtisodning siyosatdan xoli bo‘lishi iqtisodiyotning o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanishini, uni turli siyosiy maqsadlarga qaram qilib qo‘ymaslikni bildiradi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar hukmron bo‘lgan sovet mafkurasi o‘z siyosati bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga xalaqit berar edi. Ya’ni, u «xususiy mulk zararli», «bozor munosabatlari bo‘lmasligi kerak», «mulkdorlar bo‘lmasligi kerak» degan siyosiy qarashlar bilan odamlarning erkin mehnat qilishi, mulk egasi bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini taqiqlab qo‘ygan edi. Buning oqibatida siyosat iqtisodiyotning ustidan hukmron bo‘lib olgan edi. Bunday holatga barham berish, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishda uni siyosatdan xoli etish haqidagi tamoyil muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Eski tuzumdan yangi jamiyatga o‘tishda davlatdan boshqa uyushgan, jamiyatni ortidan ergashtira oladigan qudratli kuch bo‘lmaydi. Bu paytda siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar hali to‘la shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun davlat barcha islohotlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu o‘z navbatida yangi jamiyat qurishga qarshilik ko‘rsatadigan eski tuzum tarafdorlarini jilovlab qo‘yish, endigina oyoqqa turib kelayotgan bozor tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash, eng muhimi, islohotlarning izchillik bilan davom etishida katta rol o‘ynaydi.
Qonun ustuvorligi tamoyili hammaning qonun oldida tengligini, shu asosda yangi jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlashni nazarda tutadi. Islohotlarni amalga oshirishda yangi-yangi qonunlar qabul qilinib, mustahkam huquqiy poydevor yaratilmoqda va ularning ijrosi ta’minlanmoqda. Qonun ustuvorligi tamoyili jamiyatimiz a’zolarining huquqiy ongi va tafakkuri yuksalib borishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish tamoyilining ma’no-mazmuni va ahamiyati haqida so‘z borganda, yuqorida zikr etilgan jihatlarni, ya’ni yurtimiz aholisining yarmini bolalar tashkil etishi, keksalar, ko‘mak va yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yonatromizdagi odamlarga e’tibor, mehr va saxovat ko‘rsatib yashash xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan ekanini yana bir bor esga olishimiz lozim. Bularning barchasi mamlakatimizda yangi jamiyat qurish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, kam ta’minlangan, yosh oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning bir qismi o‘ta boyib, boshqa qismi esa o‘ta qashshoqlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutadi. Ana shu asosda mustaqillik yillarida diyorimizda kuchli ijtimoiy muhofaza tizimi shakllandi. Siz keksa va nogiron, muhtoj kishilarga mahalla orqali yordam ko‘rsatilayotgani, davlat tomonidan pensiya yoki nafaqalar berilayotgani, yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilayotgani, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan aka-opalaringizning o‘qish joyidan stipendiya olayotgani haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bularning barchasi ijtimoiy himoyaning ko‘rinishidir.
O‘zbek modelining negizini belgilab beradigan beshinchi tamoyil – islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsipi va uning ahamiyati haqida yuqorida fikr yuritdik.

Yüklə 353,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin