O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə143/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

O’quvchtlar bilimlarini tekshirish va cisobga olish darslari. Yirik mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng mazkur darslar o’tkaziladi. Bunday darslar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: dars maqsadi va vazifasini qo’yish; bilimlarni tekgshirish va xisobga olishni shakllari va usullari haqida o’quvchilarga ma’lumotlar yoki ko’rsatmalar berish; baholash mezonlarini e’lon qilish.
Mazkur darslarni quyidagi mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng uyushtirish mumkin: Yer qobiqlari (5-sinf); har bir materik tabiiy sharoiti; har bir minitaqaning iqtisodiy geografik sharoiti va h.k.

    1. Ekskursiya – geografiyani o’qitishning muhim shakli Geografik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv

dasturiga muvofiq, o’qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muxit yoki sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan o’quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi.
O’quv ekskursiyalari umuma’lim maktablari ta’limiy–tarbiyaviy ishlarda katta o’rin tutadi.O’quv ekskursiyalarida yil davomida olingan bilimlar mustaxkamlanadi va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish ko’nikmalari shakllantiriladi.

Ekskursiyaning turlari.


Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko’ra, bir soatlik, bir kunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin.
Bir soatga mo’ljallangan ekskursiya – geografiya maydonchasida yoki o’quv tajriba yer maydonchasida o’tkaziladi.
Bir kunga mo’ljallangan ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo’jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog’iga, suv omboriga
uyushtiriladigan ekskursiya planini maktab ilmiy bo’lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ko’p kunlik ekskursiya – o’quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, biologiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta’lim fani o’qituvchilari bilan birgalikda o’tkaziladi. Ko’p kunlik ekskursiya – rejasini pedagogik kengashda tasdiqlanadi.
O’quv ekskursiyalari maktablarda bahorda va kuzda o’tkaziladi.
Ularning asosiy qismi tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi.
O’quv ekskursiyalarining maqsadi maktabda olingan geografik bilim va ko’nikmalarni yanada mustaxkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlar olib borish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan xolda o’quv ekskursiyalarning asosiy vazifalari quydagilardan iborat:

  1. Joyda reja olish va xaritalar bilan ishlash bo’yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarini olib borish ko’nikmalarini shakllantirish.

  2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari oy, sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini) aniqlash va ularga qarab mo’ljal olish ko’nikmalarini shakllantirish;

  3. Joyning relyefini o’rganish va relyef to’g’risidagi bilimlar va ko’nikmalarni yanada chuqurlashtirish xamda dalada mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini o’rganish ko’nikmalari shakillantirilishi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi omillarni ham o’rganish usullari bilan tanishtiradi.

  4. Joyning geologik tuzilishini o’rganish metodikasi bilan tanishtirish.

  5. Ob-havoni kuzatish vva suv havzalarini o’rganish ko’nikmalarini shakillantirish. O’quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim.

  6. Joyning tuproq qoplamini o’rganish va asosiy tuproq turlarini aniqlash ko’nikmalarini shakillantirish

  7. Joyning o’simlik qoplamini o’rganish usuli bilan tanishtirish. O’simliklarni qavatlarga (yaruslarga) bo’lib o’rganish ko’nikmasini shakillantirish.

  8. Hayvonot dunyosini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish.

  9. Landshaftlarniajratish ko’nikmalarini shakllantirish.

  10. Korxonani o’rganish ko’nikmasini shakllantirish.

Demak, mazkur vazifani bajarish davomida o’quvchilarning olgan geografik bilimlari va ko’nikmalari yanada chuqurlashadi, ularda tabiatni va tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish va kuzatish tajribalariga va ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu esa keyingi sinflardagi geografik bilimlarni o’zlashtirishda juda katta zamin yaratadi.
O’quv ekskursiyalari tabiiy geografiya kurslari (V-VII sinflar) bo’yicha 4- marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha 1-marta ishlab chiqarish korxonasiga uyushtiriladi.
O’quv ekskursiyalari quyidagi turlarga bo’linadi:

  • tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari;

  • iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari;

  • o’lkashunoslik o’quv ekskursiyalari;

  • maxsus o’quv ekskursiyalari (geografik, beogeografik, meteorologik va h.k).

O’quv ekskursiyalari turi va o’tkazilish joyini geografiya o’qituvchisi tanlaydi.
Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarining asosiy maqsadi o’quvchilarni maktabda olgan bilim va ko’nikmalarini yanada mustaxkamlashdir. Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar ishlab chiqarish jarayonini o’rganishadi va sanoat geografiyasi xaqida bilim va ko’nikmalari kengaytiriladi.
O’lkashunoslik bo’yichao’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilar o’lkani tabiati, boyliklari, xo’jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini o’rganishadi va tegishli ma’lumotlar yig’iladi.
Maxsus geografik sayoxatlar o’qituvchini dasturiga binoan olib boriladi. Ular ko’pincha joyning geologik sharoitini va foydali qazilmalarini, tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosini yoki ko’nikmalarini o’rganishga bag’ishlangan bo’ladi.
O’quv ekskursiyalariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo’linadi: nazariy; amaliy; tashkiliy.
Nazariy tayyorgarlik jarayonida o’quv ekskursiyaida amalga oshiriladigan ishlar xususiyati va turiga ko’ra o’quvchilarni bilimlari mustaxkamlanadi. Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarni olib borishdan avval sinf sharoitida tabiiy geografik bilimlar mustaxkamlanadi, ya’ni reja olish, litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi va mustaxkamlanadi.
Amaliy tayyorgarlik bosqichida o’quvchilarga ekskursiya davomida zarur bo’ladigan ish usullari haqida bilim va ko’nikmalar shakllantiriladi. Agar agar o’quv ekskursiya daryo vodiysi bo’ylab o’tkaziladigan bo’lsa daryoni ko’ndalang kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va uddalay olishlari lozim. Agar o’quv ekskursiyaida reja olish ko’zda tutilgan bo’lsa turlari bo’yicha amaliy ko’nikmalar shakillangan bo’lmog’i lozim.
Tashkiliy tayyorgarlik quyidagi bosqichlardan iborat:

    • o’qituvchi ekskursiyani mavzusini e’lon qiladi. Mavzu tabiiy geografik yoki iqtisodiy geografik bo’lishi mumkin. Masalan, qishloqda suv xavzalarini o’rganish, maktab atrofidagi o’simliklarni o’rganish, ishlab chiqarish korxonasini o’rganish;

-o’qituvchi ekskursiyani maqsadi va rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi. O’quv ekskursiyaining maqsadini o’qituvchi aniqlaydi. Uning maqsadi o’quvchilarga topografik xaritalar bilan joyd ishlash ko’nikmalarini shakllantirish. O’quv ekskursiyaini rejasi bilan o’quvchilarni tanishtirish. Rejada yo’nalish, to’xtash joylari ko’rsatilgan bo’lishi lozim;
-sinf ma’lum bir guruxga bo’linadi; har bir guruxda 5-6tadan o’quvchi bo’lishi lozim. Xar bir guruxni raxbari tayinlanadi. Xar bir guruxni vazifalari tushuntiriladi;

    • o’quvchilar qanday kiyim kiyishi, nimalarni o’zlari bilan olib borishini va ekskursiyada o’zlarini qanday tutishlarini va xavfsizlik muxofazasi qoidalariga roya qilishlari xaqia ko’rsatma beriladi.

O’qituvchi ekskursiyani maqsadi va vazifalaridan kelibchiqqan xolda jihozlar, priborlar va anjomlar ro’yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O’quv
ekskursiyalarida quyidagi jihoz asboblar va uskunalar lozim bo’lishi mumkin: kompas, termometr, reyka, arqon, xarita, barometr, tuproq parmasi (bur) va h.k.
O’quv ekskursiyalarini quyidagi xollarda o’tkazish mumkin: yangi mavzuni o’rganishdan oldin; qator mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng.
O’quv ekskursiyalarini muvoffaqiyatli o’tkazish ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlashga bog’lik. Agar ekskursiyani mavzusi relyef shakllarini o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa iloji boricha relьelefi xilma xil bo’lgan joy tanlanishi lozim. Tog’ jinslariga bag’ishlangan ekskursiyalarni o’tkazishda geologik ochilmalar mavjud bo’lgan joylar tanlanadi.
O’quv ekskursiyalari o’tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

    • tanlangan joy o’quv mavzulari va o’quv o’lkashunoslik maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur. Demak, o’lkashunoslik materiallari bilan bevosita bog’liq bo’lgan mavzu va masalalarni o’rganishda;

    • o’ziga xos o’quv ekskursiyai obyektlari bo’yicha ma’lumotlar to’plash, o’rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko’rish imkonini yaratmog’i lozim;

    • o’quv ekskursiyalari davomida tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmog’i lozim. Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat yodgorliklarini mavjudligi va h.k;

    • o’quv ekskursiyalarida o’quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo’lgan xususiyatlarni xisobga olish;

    • geografiya va o’lkashunoslik obyektlarini o’zgarishini o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini xissiy-emotsional xususiyatlarini xisobga olish;

    • ma’lum bir geografiya predmetlari bo’yicha aniq mavzularning o’quv tarbiyaviy talablarini xisobga olish;

    • o’qituvchi va o’quvchilarni o’quv ekskursiyaini o’tkazishga tayyorgarlik darajasini xisobga olish;

    • o’quv sayxatlarida ma’lumotlarni yig’ish imkonini xisobga olish. Mazkur ma’lumotlar qayta ishlangandan so’ng ularni kitob shaklida nashr qilish mumkin.




Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin