Umumta’lim maktablarida o’quv ekskursiyalarining katta qismi tabiiy geografiya kurslari buyicha o’tkaziladi. SHuning uchun tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan.
Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarini ikkita yirik guruxga bo’lishimiz mumkin.
-umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunda ekskursiya davomida o’quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish ko’nikmalariga ega bo’ladi;
-maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunday ekskursiyalarda tabiiy geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari aloxida o’rganiladi. Masalan, relyefi, tuproq, o’simlik va h.k.
Umumiytabiiygeografiko’quvekskursiyalarimaktab tabiiy geografiya kurslarini ma’lum bir predmetlarini o’rganib bo’lingandan so’ng uyushtiriladi.
Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda o’tkaziladi:
O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlash va uni xaritasini toptsh yoki xomaki rejasini tuzish; ekskursiyani vaqtini va davomiyligini aniqlash; ekskursiya uchun zarur bo’lgan jihozlar va priborlar ro’yxatini tuzish va u ularni topish; o’quvchilar bilan suxbat o’tkazish va ularni ma’lum bir guruxlarga bo’lish;
O’quv ekskursiyaini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ma’lum bir vaqtda o’quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suxbat o’tkaziladi. Unda o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi.
Xar bir to’xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning (joyning) geografik o’rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o’rni maktabga nisbatan, daryoga nisbatan, yo’lga va boshqa tabiiy gegrafik yoki iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan aniqlanishi mumkin.
Bundan tashqari agar topografik xarita mavjud bo’lsa nuqtaning matematik geografik o’rni xam aniqlanadi. SHundan so’ng nuqtaning umumiy tabiiy geografik o’rganiladi. Avval nuqtaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, gidrografik tarmoqlari, tuproqlari o’simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaftlari o’rganiladi. Demak, umumiy tabiiy geografik ekskursiyalarda o’quvchilar xar bir nuqtani yoki joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish va baxolash ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy geografik bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash va yanada chuqurlashtirish imkonini beradi.
Joyni geologik tuzilishini o’rganish iloji boricha ochilmalar mavjud bo’lgan joyda olib boriladi. Birinchi navbatda, ochilmada qaysi davr yotqiziqlari va qanday tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda ko’proq to’rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo’ladi. Tog’li o’lkalarda bir necha geologik davrlarga xos bo’lgan ochilmalar bo’lishi mumkin. Ochilmada qanday tog’ jinslari joylashganligi aniqlanadi. Ular magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarning qaysi guruhiga mansubligi aniqlanadi. O’quvchilarga ular qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi. CHo’kindi jinslar ochilmasi o’rganilayotganda ularni qatlamsimon joylashganligiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi va xar qatlamdagi jinslarni xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi. Masalan agar ochilmani tubida shag’al va xarsang toshlar qatlami, uning ustida qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo’lsa demak dastlab kuchli oqim ta’sirida xarsang toshlar oqizib kelingan, so’ngra sokin oqim sharoitida qum qatlami xosil bo’lgan. Dengiz yoki ko’l sharoitida yoki sekin oqadigan ariq daryo sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan.
Joyning foydali qazilmalari o’rganilganda ekskursiya davomida g’isht xomashyosi, shag’allar, toshlar va qurilish materiallari o’rganilishi mumkin.
Joyni relyefini o’rganishda o’quvchilar diqqatini relyef hosil qiluvchi omillar va asosiy relyef shakillarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan tashqari tashqi kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan reьlef shakillari xam aloxida ajratib ko’rsatilishi zarur.
Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko’l, buloq bo’lishi mumkin. Shunining uchun o’quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qismlari xaqida gapirib, mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o’rganilayotgan joyda mavjudligi aytib o’tiladi va uni o’rganiladigan o’lchamlari ko’rsatib beriladi.
Joydagi tuproqlar o’rganilganda ularning asosiy turlariga e’tibor beriladi. O’simliklar o’rganilganda ular uchta qatlamga bo’lib o’rganiladi: daraxtlar, butalar, o’tlar, hayvonlarni o’rganishda ular ham guruxlarga bo’lib yuboriladi: sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar.
Xar bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o’rganish.
Maxsus tabiiy geografik ekskursiyalari ayrim mavzularni o’tib bo’lgandan so’ng amaliy ko’nikmalarni shakillantirish maqsadida o’tkaziladi. Masalan, litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera mavzularini o’tib bo’lgandan so’ng uyushtirish mumkin.
Maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalarini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari xamda o’tkazish joyi, vaqti o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quv ekskursiyai xaqida va ekskursiya o’tkazish tartibi qoidalari xaqida o’quvchilar bilan suxbat o’tkaziladi.
Maxsus o’quv ekskursiyalari quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin: joyning geologik tuzilishni o’rganish; joyning relyefini o’rganish; joynining ichki suvlarini o’rganish; joyning tuprog’ini, o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganish; joyning landshaftlarini o’rganish;
Umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalaridan farq qilib maxsus tabiiy geografik ekskursiyalarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda chuqur va har tomaonlama o’rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi ochilma mavjud bo’lgan sharoitda quyidagicha o’rganiladi (B. A. Chernov, 1985)
Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o’rganish vaqti yoziladi, ochilmani geografik o’rni aniqlanadi va kundalikka yozib qo’yiladi.
Ochilmani qatlamlarini joylanishini aniqlash. Xar bir qatlamning qalinligi va tog’ jinslarining xolatini o’rganish.
Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Xar bir qatlamni chizish davomida undagi tog’jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan iborat, qo’shilmalar bormi, bor bo’lsa ularning o’lchamlarini aniqlash. Qatlamlar chizmasida pastdan yuqoriga qarab xarflar bilan belgilanadi.
Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi, tarkibi, qo’shilmalari, xolati tavsifi tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar mavjud, gilning namligi o’rtacha. Gillar plastik xolatda. Qatlamlarni yotish xolati aniqlanadi: gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo’lsa uning qiyaligi aniqlanadi. Agar fotoapparat bo’lsa ochilmani rasmga olish mumkin.
Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi mumkin. Agar uning tarkibiy xolati o’zgarmagan xolda olish lozim bo’lsa o’lchami 10x10x10sm li monolitlar olinib ular parafanlanadi. Buning uchun parafin (sham) eritilib, dokacha o’ralgan monolit unga botiriladi. So’ngra monolitga etiketka yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo’lishi lozim. Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining nomi, olingan chuqurlik, monolit olingan yil, oy, kun.
O’quvchilar ochilmalarni o’rganish ko’nikmasiga ega bo’lganlaridan so’ng bunday ishlarni mustaqil ravishda bajarishlari mumkin.