O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Maxsusiqtisodiygeografiko’quvekskursiyalari. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida maxsus o’quv ekskursiyalari ko’proq o’tkaziladi.
Maxsus iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalarida xo’jalikni ayrim tarmoqlari aloxida chuqur va xar tomonlama o’rganiladi. Masalan, joyning miniral resurslari; suv resurslari; ishlab chiqarish korxonalari va h.k
Mazkur o’quv ekskursiyalari davomida o’quvchilarda sanoat va qishloq xo’jaligi xaqida chuqur bilim va ko’nikmalar shakilantiriladi.
Sanoat korxonalarini quyidagi tortibda o’rganish mumkin:
1. Korxonaning barpo etilish vaqti, sabablari, rivojlanishning asosiy bosqichlari.
2 Korxonaning iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy obyektlarga nisbatan joylashishi (joy relyefi, suv xavzalari, o’rmonlar, foydali qazilma konlari va h.k); transport yo’llariga, boshqa aholi manzilgoxlariga va yirik xo’jalik obyektlariga nisbatan joylashishi.
Korxonani qaysi vazirlikka bo’yso’nishi: tuzilishi; texnologik jarayonini o’ziga xos xususiyati; texnologik jihatdan qurollanganligi va avtomatlashtirish darajasi; korxonani ishlab chiqarish aloqalari; fan texnika yutuqlarini qo’llanilishi.
Korxonadagi ishchilar soni va ularni mehnat kategoriyalari, kasblar va malakalar bo’yicha tarkibi; ishchilarni ma’lumotlik darajasi; mehnat va hayot sharoiti va ularni yaxshilash choralari.
Mehnat unumdorligi o’sishi; mahsulot sifatini oshirish va tannarxni pasaytirish.
Korxonani rivojlantirish yilliklari.
Qishloq xo’jalik korxonalari quyidagi tartibda qrganiladi:
Qishloq xo’jalik korxonasining (fermer xo’jaligi) vujudga kelish vaqti va sabablari. Tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va iqtisodiy obyektlarga nisbatan geografik joylashishi; suv ayirg’ichda, vodiyda, botiqda, terassada, yoyilmada joylashishi; yo’llarga (asosiy, ikkinchi darajli, temir yo’llar va h.k.) va axoli punktilariga nisbatan joylanishi.
Qishloq xo’jaligi korxonasining o’lchamlari: ekin maydoni, axolisi va uning zichligi (1m2 ga)
Fermer xo’jaligining yer fondi, ularning o’lchamlari va turlari.
Foydalanilayotgan yerlar; yaxshilangan yerlar (sug’orilish, qurilish, sho’r yuvish, jarlarni tekislash).
Fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi (don, sabzavot, texnika ekinlari, bog’dorchilik, uzumchilik).
CHorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaligi: ixtisoslashuvi (qoramolchilik, qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik va h.k). yem- xashak ta’migoti.