O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə149/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Dars rejasi. Dars rejasi har bir ajratilgan soat doirasidagi mavzuga tuziladi. Dars rejasi quyidagi qismlardan iborat bo’ladi. Darsning mavzusi: darsning maqsadi; darsning jihozi; darsda qo’llaniladigan o’qitish metodi; dars mavzusining qisqacha tavsifi; dars mavzusida uchraydigan geografik nomlar tizimi; dars mavzusida uchraydigan olimlar; dars mavzusida uchraydigan atamalar; darsni mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlartizimi; uyga vazifa berish.


    1. O’qituvchini darsga tayyorgarligi


O’qituvchi har bir darsga chuqur va to’la tayyorlanmog’i lozim. O’qituvchini darsga tayyorgarligi quyidagi qismlardan iborat: darsni maqsad va vazifalarini aniqlash; darsning mazmunini aniqlash; o’qitishni metodlarni aniqlash; o’qitish vositalarini tanlash; darsni tarkibiy tuzilishini aniqlash. Darsni maqsadi bu mazkur dars davomida o’quvchilar o’qituvchi raxbarligida o’quv tarbiya va rivojlantirish bo’yicha erishadigan oldindan rejalashtirilgan yakuniy natijadir. Darsning maqsadi mazkur mavzu bo’yicha dasturdagi va darslikdagi materiallar mazmunini ishlab


chiqish asosida aniqlanadi. Darsning maqsadini aniqlash uni mazmunini ishlab chiqishga, o’qitish materialini tanlashga va darsni borishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Maqsad aniqlangandan so’ng ushbu maqsadga erishish uchun darsning tuzilishi ishlab chiqiladi. Darsning maqsadini aniqlash quyidagi talablarga javob berishi mumkin:

  • darsning maqsadi juda qisqa shaklda ifodalangan bo’lmog’i lozim;

  • darsning maqsadida o’quvchilar qanday bilimlarni egallashlari, qanday ko’nikmalar shakllantirilishi ifodalangan bo’lmog’i lozim;

-darsda qanday bilim va ko’nikmalarni shakllantirilishi yoki ularni chuqurlashtirish ko’rsatilishi lozim.
Darsning mazmunini aniqlash. Darsni mazmunini quyidagi bilim manbalar asosida aniqlash mumkin:

  • darslik asosida. Darslikda xar bir mavzu uchun aloxida matn ajratilgan bo’ladi. Matn, rasmlar, chizmalar va jadvallar bilan jihozlangan bo’ladi. Matnni oldida o’tgan darsga doir yoki matnni mazmunini tushunishni yengillashtiradigan savollar beriladi. Matnni oxirida esa olingan bilimlarni va ko’nikmalarni mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar tizimi beriladi;

    • mazkur kur uchun nashr qilingan metodik qo’llanmalarda xar bir mavzu yoki bo’limni o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiyalar berilgan. Demak darslik bilan birga metodik qo’llanma xam dars mazmunini ishlab chiqishda asosiy manba bo’lishi mumkin;

  • qo’shimcha adabiyotlar dars mavzusi mazmunini ishlab chiqishda muxim manba bo’lib xisoblanadi. Masalan, O’zbekiston iqtisodiy rayonlari o’rganayotganda har bir viloyat bo’yicha chiqarilgan kitob va risolalardan foydalanish mumkin. Materiklar va okeanlar kursini o’rganayotganda har bir materik yoki okean tabiiy sharoitiga bag’ishlangan kitoblardan foydalanish mumkin;

  • kundalik matbuot. Radio va tilevideniya ma’lumotlaridan ham dars mazmunini ishlab chiqishda foydalanish mumkin;

  • dars yana qiziqarliroq o’tishini ta’minlash uchun sayyoxlar va olimlarning esdaliklari, turli xil xalqlarning urf-odatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish ham katta natija beradi.

Dastlab darsni ta’limiy va g’oyaviy mazmuni ishlab chiqiladi. Dars nixoyatda murakkablashib, materiallar ko’payib ketmasligi uchun o’quv mavzusi mazmuni ishlab chiqilayotganda asosiy, ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar ajratiladi. Ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar darsni asosiy mazmunini oydinlashtirish va chuqurlashtirish maqsadida ishlatiladi. Ayrim xollarda darsda ko’zlangan materiallarni o’rganib bo’lmaydi, bunday xollarda qolgan material uyga vazifa sifatida beriladi va uni o’quvchilar mustaqil o’rganishadi.
Dars mazmuni ishlab chiqilagandan so’ng o’qituvchi uni bayon qilish rejasini ishlab chiqadi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin