Tayanch so’z va iboralar: O’qitish jarayoni, o’qitish shakllari, dars,dars tiplari, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, o’zaro uzviy bog’liqlik.
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Geografiyani o’qitishda foydalaniladigan o’qitish shakllarini aniqlang.
Darsning darsdan tashqari ishlar bilan o’zaro uzviy bog’liqligini nimalardan iborat?.
Darsning ekskursiya bilan o’zaro uzviy bog’liqligini isbotlang.
Darsning sinfdan tashqari mashg’ulotlar bilan o’zaro uzviy bog’liqligini мисоллар ёрдамида исботланг
Kirish darsi qanday sharoitlarda o’tiladi?
Aralash dars qanday tarkibiy qismlardan iborat?
Yangi mavzuni o’rganish darsi qanday sharoitda o’tkazidadi?
Darsning asosiy turlari chizmasini chizing.
O’quv ekskursiyalarini maqsad va vazifalari nimadan iborat?
Tabiiy geografik ekskursiyalarning asosiy maqsadi nima?
O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlikni qanday turlarini bilasiz?
O’quv ekskursiyalari o’tkaziladigan joylarni tanlashda nimalarga e’tibor beriladi?
Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari qanday turlarga bo’linadi?
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari qaysi sinflarda o’tkaziladi?
Sanoat korxonalari qanday tartibda o’rganiladi?
Qishloq xo’jalik korxonalari qanday tartibda o’rganiladi?
Tarixiy-geeografik o’lkashunoslikni obyektlariga nimalar kiradi?
XVII BOB. GEOGRAFIYA DARSLARINI REJALASHTIRISH
Geografiya darsning yillik va kundalik rejasini ishlab chiqish
Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta’limidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o’quv fani yuzasidan asosiy o’quv materiali o’rganiladi, lekin dars o’qitishning boshqa shakllari bo’lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog’liq. Chunki darsda darsdan tashqari ishlar masalan, geografiya maydonchasida olib borilgan o’lchov ma’lumotlari, tayyorlangan ko’rgazmali qurollar, ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kollektsiyalardan foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning geografiya o’quv fanlaridan o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli ravishda yo’llashga xizmat qiladi.
Demak, geografiyani o’qitishda dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, ekskursiyalardan o’z o’rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni o’qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirish lozim.
O’qituvchi ushbu mashg’ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida geografik ta’lim samaradorligiga erishish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumgeografik va xususiy tushunchalar hamda o’quv-amaliy ko’nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o’rgatishni nazarda tutadi.
Geografiyani o’qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quv yili boshida yillik reja tuzishi lozim. Mazkur reja geografiyani o’qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o’quv dasturidan o’rin olgan boblar va mavzular bo’yicha darslar tizimi, o’quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda o’tkazish muddatlari, fanlararo bog’lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi.
Geografiya darslarini rejalashtirish ikki qismdan iborat: yillik va dars rejasi, darsning samaradorligi uni qanday rejalashtirilganligi bog’liq. Mavzuli va dars
rejalari qanday mukammal tuzilgan bo’lsa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashi shuncha tez va oson bo’ladi.
Geografiya o’qituvchi yillik, ya’ni yillik reja tuzishi uchun:
O’quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bobdagi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur qilishi;
Mavzularni o’qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, o’quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni hisobga olgan holda o’qitish metodlari, ko’rgazma vositalarini tanlashi.
O’quvchilar tomonidan o’tkaziladigan kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi;
Darsda namoyish etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi;
Har bir darsda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish yo’llarini belgilashi;
O’quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil o’qish uchun qo’shimcha adabiyotlarni tanlashi;
Amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan jihoz va asboblarini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi yillik rejada o’qitish jarayonining yaxlitligini nazarda tutishi, o’z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda o’qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni o’tkazish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida geografiya bo’yicha o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining quyidagi shakllari qabul qilingan: dars va ular bilan bog’liq bo’lgan ekskursiyalar, uy vazifalari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu o’qitishning barcha shakllari – o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars bilan uzviy bog’liqdir, ular geografik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni va amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Yillik rejalashtirishda ma’lum bir geografiya predmeti bo’limlari bo’yicha o’quv yili bo’yiga berilgan soatlar hajmi doirasida taqsimlab chiqiladi. Bunda o’qituvchini bilimlar tizimini shakllantirish, mavzular va darslar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash, tushunchalarni shakllantirish yo’llarini aniqlash va ularni shakllantirishni asosiy bosqichlarni, tayanch bilim va tushunchalarni ajratishni, amaliy ishlar tizimini aniqlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Mavzuli rejalashtirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi: a) ma’lum bir kurs bo’yicha o’quv jarayonlarnini to’la ko’rishga imkon beradi; b) ma’lum bir kurs bo’yicha dars turlarini aniqlashga; v) o’qituvchi va o’quvchilarni hamkorlikda faoliyatini metodlari va usullarini birgalikda qo’llashga. Odatda mavzuli rejalar soatlar hajmini o’zgarmagan taqdirda ayrim o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritilgan holda 3-4 yil davomida foydalanishga mo’jallangan bo’ladi.
Hozirgi davrda georafiya dasturlarning va predmetlarining asosiy xususiyati ulardagi bilimlarni sinfdan- sinfga murakkablashib borishidir. Shu munosabat bilan har bir geografiya darsi ma’lum bir bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan mustaqil o’zlashtirishini shakllantirishda alahida bosqich bo’lmog’i lozim. Shuning uchun umuta’lim maktablaridagi har bir sinf predmeti bo’yicha, bo’limlar va mavzular bo’yicha rejasi ma’lum bir – biri bilan bog’langan tizim deb qaralmohi lozim. Mazkur tizimning barcha qismlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Mazkur tizimni ikkita yirik bo’limga bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografiya va iqtisodiy geografiya. Ushbu ikki tizim bir-birini to’ldirishi lozim. Tabiiy geografik tizimning o’zi alohida geografiya predmeti tizimidan, ular esa bo’limlar, mavzular tizimlaridan iborat. Shuning uchun har bir darsni ma’lum bir yaxlitlikni bir bo’lagi bo’lgan tizim deb qarash mumkin.
Darslar tizimida turli xil darslar turlari ko’zda tutilmog’i lozim. Ular turli xil didaktik maqsadlarga ega bo’lishi mumkin. Ayrim darslarda faqat yangi material o’rganishi mumkin, ayrimlarida darsni hamma qismlari bo’lishi mumkin ya’ni tashkilliy qism, bilimlarni tekshirish yangi mavzuni o’rganish, olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Yuqoridagi fikrlar e’tiborga olingan holda geografiyani o’qitishda foydalaniladigan yillik rejani tuzish uchun quyidagi jadval namuna sifatida berilmoqda.
Boblar va mavzular
|
Soat
|
Sana
|
Sinf
|
Fanlararo
bog’lanish
|
Ekskur- siya
|
Sinfdan tashqari ishlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’quv yili uchun tuzilgan yillik reja qat’iy emas, unga yil davomida muayyan holatlarni hisobga olgan holda tegishli o’zgartirishlar kiritish, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish muddatlari o’zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |