Modul dasturini tuzishda o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ketma-ketligini aniqlang.
1. O`quv faoliyati usullarini aniqlash. 2. O`quv materialining mantiqiy yo`nalishini aniqlash; 3. Modul dasturining didaktik maqsadini aniqlash;
4. O`quv materialini modullarga ajratish; 5. O`quvchilar modullarni mustaqil o`zlashtirishlari uchun o`quv topshiriqlarini tuzish; 6. Bilimlarni aniqlash va baholash yo`llarini belgilash; 7. Qo`shimcha materiallarni tanlash.
A. 3,2,1,4,5,6,7.
B. 1,2,3,4,5,6,7.
C. 2,4,6,5,7,1.
D. 1,3,5,7,2,4,6.
E. To`g’ri javob berilmagan.
Modul dasturining turlarini aniqlang.
1. O`quvchilarning yakka tartibda ishlashiga mo`ljallangan; 2. Ikki o`quvchi hamkorlikda ishlashiga mo`ljallangan; 3. O`quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo`ljallangan; 4. O`quvchilarning komandalarda ishlashiga mo`ljallangan; 5. O`quvchilarning yalpi ishlashiga mo`ljallangan.
A. 1,3,5.
B. 2,3,4.
C. 1,2,3.
D. 1,2,4.
E. 3,4,5.
Modul dasturining qaysi turida o`quv bahsi va munozaralar, o`zaro hamkorlik vujudga keladi?
A. O`quvchilarning yakka tartibda ishlashiga mo`ljallangan modul dasturida;
B. Ikki o`quvchi hamkorlikda ishlashiga mo`ljallangan modul dasturida;
C. O`quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo`ljallangan modul
dasturida; D. Modul dasturining hamma turida;
E. Modul dasturlarida o`quv bahsi va munozaralar, o`zaro hamkorlikni
vujudga keltirish ko`zda tutilmagan;
O`quvchilarning yakka tartibda ishlashiga mo`ljallangan modul dasturining mohiyatini aniqlang.
1. Har bir o`quvchining qiziqishi, bilim saviyasini orttirish; 2. O`quv bahsi va munozaralar o`tkazish; 3. O`z-o`zini baholash; 4. O`zaro nazoratni amalga oshirish; 5. Darslik ustida mustaqil ishlash; 6. O`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirish darajasini orttirish; 7. O`zaro hamkorlikda o`quv topshiriqlarini bajarishni tashkil etish; 8. O`zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirish;
A. 1,6,5,3.
B. 5,6,7,4.
C. 2,5,6,7,8.
D. 1,2,3,4,5.
E. 3,4,5,6,7.
Dostları ilə paylaş: |