O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

14.2. Didaktik o’yinlar texnologiyasi 
 
Geografiya ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi o’quvchilarni bilim 
faoliyatini jadallashtirishni asosiy usullaridan biri sifatida ilgaridan qo’llanib 
kelinadi. O’quvchilarga geografik o’yinlar orqali bilim berish didaktik o’yinli 
darslar deb ataladi. 
Geografik o’yinlarning asosiy xususiyatlari qo’yidagilardan iborat. 
1. Geografik o’yinlar bilan dars o’tilganda o’quvchilarda rivojlantiruvchi 
faoliyat vujudga keladi. Bunda o’yinda ishtirok etayotgan o’quvchilar rollarini, 
vazifalarini erkin tanlashadi. Masalan, ekspeditsiya o’yinlarida kema darg’asi, 
boshqaruvchi, kuzatuvchi, kartograflar, dengizchilar va boshqa rollar. 
2. Geografik o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida ijodiy muhitni va 
munozarali vazifalarni vujudga kelishi. O’quvchilar geografik o’yin davomida aniq 
bir rollar va vazifalarni bajarish jarayonida ijodiy ishlar bilan mashg’ul bo’ladi, 
ma’lum bir muammoli vaziyat vujudga kelsa ularni hamkorlikda yechishadi. 
Geografik o’yinlar darsini mavzusi va o’tkaziladigan muddatini o’qituvchi 
oldindan belgilaydi. O’yinga tayyorgarlik davomida o’qituvchi geografik 
o’yinlarning tarkibiy tuzilishini aniqlab oladi. Geografik o’yinlarning tarkibiy 
tuzilishiga quyidalilar kiradi: o’yining maqsadi va loyihasini ishlab chiqish; 
o’yinda ishtirok etadigan personajlarni (rollarni) aniqlash; o’yinda ko’zda tutilgan 


138 
personajlarni vazifalarini ishlab chiqish; ma’lum bir personajlar bajaradigan 
vazifalarni metodini ishlab chiqish yoki tanlash; geografik o’yinda ishtirok 
etadigan personajlar o’rtasidagi munosabatlarni ishlab chiqish. 
Geografik o’yinlar individual, guruhli va ommaviy turlarga bo’linadi. 
Ularning barchasi ma’lum bir o’quv sharoitlarida qo’llaniladi. Geografik o’yinlar 
syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlik, konferentsiya va boshqa turlarga bo’linadi.
Syujetli-rolli o’yinlar tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy borliq voqea va hodisalar
o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Ijodiy o’yinlar o’quvchilarni avval olgan bilimlariga asoslanib ma’lum bir 
muammoli geografik masalani didaktik o’yin orqali yechishga mo’ljallangan 
bo’ladi.
Ishbilarmonlik yoki biznes o’yini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida 
ko’proq qo’llaniladi. 
Bunday iqtisodiy, ijtimoiy va geografik muammolar geografik o’yinlar 
yordamida hal qilinadi. 
Geografiya fanida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarni ikkita katta guruhga 
bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografik o’yinlar va ijtimoiy-iqtisodiy geografik 
o’yinlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin