149
Buning uchun katta qog’oz varag’i zarur bo’ladi. Doimo o’zingiz
mushohadalaringiz natijasini bir varaq qog’ozda ko’rish foydali hisoblanadi.
Qarama-qarshi holda esa sizga bir varaqdan boshqasiga
sakrab yurishingizga va
bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi.
“Musbat, manfiy, qiziqarli (MMQ)”
metodi o’quvchilarni geografiya
darslarida mavzuning mavjud vaziyatini barcha detallarini puxta o’rganish asosida
xulosa chiqrishga odatlantirish orqali ongni boyitish,
tafakkurni kengaytirishga
xizmat qiladi. Geografiya ta’lim jarayonida MMQ metodini qo’llash
o’quvchilarning ma’lum voqelik, hodisa yoki jarayonning barcha jihatlariga e’tibor
qaratish, ularni salbiy jihatlarini baholash, qiziqarli tomonlarini aniqlash va
kengaytirishga doir ko’nikma, malakalarini rivojlantirishda samarali sanaladi.
Bunda asosiy e’tibor mavjud vaziyatning barcha ijobiy jihatlarini
inobatga olishga
qaratiladi. O’rganilayotgan vaziyat yuzasidan xulosa chiqarish, qaror qabyl qilish
faqat u batafsil o’rganib chiqilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin
(D.Ro’ziyeva, 2011.).
Quyi Amudaryo mavzusi yuzasidan bilimlarni o’zlashtirishda
MMQ metodi
qo’llanilganda o’quvchining fikrlash samaradorligi bir necha marta oshadi. Ko’p
hollarda bir qarorga kelishni talab qiladigan vaziyatlarda ham ushbu metodni
qo’llash maqsadga muvofiqdir.
MMQ metodi bir vaqtning o’zida o’quvchilar faoliyatini o’rganish va
baholash metodi ham hisoblanadi. Uni qullash sxemasi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: