Qiziqarli. Quyi Amudaryo tabiiy-geografik o’lkasi Qoraqum cho’li bilan Orol
dengizi orasida joylashgan. O’lkaning eng tor joyi Tuyamo’yin tangligida bo’lib,
kengligi taxminan 10—12 km. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol
dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo’lib, uning maydoni Orol
dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. Quyi
Amudaryo yotqizyqlari yoshi va litologik tuzilishi jihatidan bir xil emas.
So’nggi 35 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli
uning suvi ba'zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi.
Ma'lumotlarga qaraganda XVI asrgacha Amudaryo suvining bir qismi vaqtvaqti
bilan (suvi ko’p bo’lganda) Ko’hnadaryo orqali Sariqamish ko’liga quyilib turgan.
O’lkada Amudaryo ilon izi bo’lib, sekin oqadi. Shuning uchun
Amudaryoning qadimiy o’zanlari vujudga kelib uning relefini ancha
murakkablashtirgan . Qadimda Amudaryoning «tentirab» oqishi tufayli o’zanlar
orasida nisbiy balandliklari 60—80 m: ga yetuvchi bir necha tepalik, marzalar va
qoldiq tog’lar bo’laklarga bo’linib ketgan .
Guruh a’zolari Quyi Amudaryo o’lkasi mavzusi bo’yicha o’lkaning musbat,
manfiy va qiziqarli tomonlarini o’zlariga belgilangan mavzuning tegishli
qismlarini o’rganib bo’lganidan so’ng, ko’rgazmali qurollar asosida ma’ruzalarni
bayon qiladilar. Guruhlar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi o’tkaziladi.
“Aqliy hujum” metodi- Ushbu metodning asosiy vazifasi ma’lum vaqt
orasida ko’proq g’oyalarni yig’ishdan iborat. Barcha g’oyalar katta qog’ozga yoki
doskaga izohsiz yoziladi. Metodning hususiyatlari:
- miqdor jihatdan cheklanganligi (guruhda o’quvchi va talabalar soni 20
kishidan oshmasligi) va guruhlarning hilma-xilligi;
- eshitishga o’rganish va b
ir-birlarini g’oyalarini rivojlantirish;
- «O’ylamasdan» aytilgan g’oyalar va xazil mutoibalar uchun
rag’batlantirish;
- tanqidga yo’l qo’ymaslik va baholashni muhokama qilmaslik;
- vaqtning cheklanganligi.
Zamonaviy sharoitda xorij mamlakatlarida ta’labalarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini baholashda o‘ziga xos innovatsion xarakterli texnologiyalardan samarali
foydalanilmoqda. Shunday texnologiyalardan biri – assesment texnologiyasidir.