O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Eksperiment – 
pedagogik jarayonda bo’ladigan qonuniy aloqalarni
o’rganish. 
Eksperemental ishlar aniq xisobga olinadigan sharoitlarda o’tkaziladi, 
uning natijasida aniq bir nazariy xollar olinadi. Shuning uchun eksperent natijasida
aniq maqsadlar amalga oshiriladi. 
Tajriba ishlari
– 
eksperimental tadqiqotlar asosida yaratilgan metodik 
tizimlarni samaradorligini tekshirish vositasidir.
Tajriba ishlari yordamida yoki
ishlab chiqarilgan usullar o’quv jarayoniga qanday ijobiy ta’sir qilgani aniqlanadi. 
Qisqa qilib aytganda pedagogik eksperiment natijasida olingan nazariy xolatlarni
amalda qo’llash mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun o’qitish 
eksperimental va asosiy sinflarda bir vaqtning o’zida olib boriladi. 
Shuningdek, eksperimentning yana quyidagi usullar mavjud: 
- suhbat usuli, bunda tadqiqotchi o’qituvchilar, o’qtuvchilar va maktab 
rahbariyati bilan ma’lum bir mavzu bo’yicha suhbatlashadi; 
- maktab xujjatlarini o’rganish usuli. Bunda sinf jurnallari, dasturlar 
o’qituvchi xujjatlari, o’quvchilarning yozma ishlari, sinfdan tashqari ishlar hamda 
mustaqil va amaliy ishlar xujjatlari o’rganiladi. 
4.2. Metodik tadqiqotlar bosqichlari 
 
Ta’lim va tarbiya ishlarini ma’lum bir maqsadlar va yo’nalishlarda borishi, 
ularning samaradorligi ilmiy pedagogik ishlarning to’g’ri tashkil qilinishiga 


34 
hamda ularning natijalariga bog’liq. Shu maqsadda metodik tadqiqotlar bir necha 
bosqichlarda olib boriladi. Ular quyidagilardan iborat: 
- muammoning qo’yilishi; 
- tadqiqot obyekti va predmetini tanlash; 
- tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash; 
- ishchi g’oyani ishlab chiqish; 
- ishlab chiqilgan g’oyani pedagogik tajribalarni kuzatish va eksperimental 
ishlarni bevosita o’rganish asosida tekshirish; 
- olingan yangi ma’lumotlar va bilimlar asosida nazariy xulosalar ishlab 
chiqiladi va tadqiqot natijalarini tekshirish amalga oshiriladi. 
Muammoni qo’yish bosqichi.
Mazkur bosqichda tanlangan mavzu bo’yicha 
mavjud adabiyotlar o’rganib chiqiladi natijada muammoning tarixi va nazariyasi 
o’rganiladi, maktablarning tajribasi va yuqori pedagogik tajribalar tahlil qilinadi. 
Buning natijasida muammoning o’rganilganlik darajasi aniqlanadi. Muammoning 
qaysi tomonlariga to’la va mukammal va qaysi tomonlariga kam yoki umuman 
o’rganilmaganligi aniqlanadi. Mazkur ish davomida nazariy xolatlar tahlil qilinadi 
va o’quv jarayonining aniq xolatini tavsifi tuziladi. Bunday tasdiqlovchi tadqiqot 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin