O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

eksperiment usuli
deb ataladi. Ushbu bosqichning oxirida tadqiqot ishlarini 
kengaytirilgan dastur loyihasi ishlab chiqiladi. 
Tadqiqot obyektlari va predmetini tanlash bosqichi
. Mazkur bosqichda
muammoning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqotning obyekti va
predmeti aniqlanadi. Tadqiqotning obyekti bo’lib ma’lum bir sinfda olib 
boriladigan o’quv jarayonining ba’zi jihatlari bo’lishi mumkin. 
Masalan, 5-sinfda o’qitiladigan “Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi”da 
tabiatni kuzatish ko’nikmalarini shakllantirish ishning predmeti bo’lishii mumkin. 
Iqtisodiy geografiya tushunchalarini shakllantirishda tadqiqot obyekti bo’lib 
“O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursi bo’lishi mumkin, tadqiqot 
predmeti bo’lib esa iqtisodni o’qitish texnologiyasi bo’lishi mumkin. 
Tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash bosqichi.
Mazkur bosqich eng 
muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Maqsad va vazifalarni to’g’ri va aniq ishlab 
chiqilishi keyingi bosqichlarda ishlarni to’g’ri va aniq loyihalashtirishga va 
amalga oshirishga yordam beradi. Odatda maqsad va vazifalar muammoni hozirgi 
holatiga baho berish asosida o’rganiladigan muammoni o’ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqadi (2-jadval). 
Ishchi g’oyani ishlab chiqish.
Ishchi g’oyani ishlab chiqish pedagogik 
eksperimentning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqilgan ishchi g’oya
butun tadqiqot davomida olib boriladigan ishlarni asosiy o’zagi bo’lib 
hisoblanadi. Masalan, umumta’lim maktablarida kartografik tushunchalarni 
shakillantirish g’oyasi 5-sinfdan 9-sinfgacha davom etadi va tadqiqotlarning
asosiy yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. 
Ishlab chiqilgan g’oyani sinash.
Ushbu bosqichda pedagogik eksperiment, 
kuzatish va boshqa usullar orqali ishlab chiqilgan g’oya tekshiriladi, uning 
ahamiyati, samaradorligi baholanadi. 
Nazariy xulosalar ishlab chiqish
. Tadqiqot davomida olingan natijalar
umumlashtiriladi va nazariy hulosalar ishlab chiqiladi. Uning asosida ishlab 
chiqilgan g’oyalar va ilmiy holatlarnining samaradorlik darajasi aniqlanadi va u 


35 
yoki bu metod tanlab olinadi va yangi metodik tizim ishlab chiqiladi. Yangi 
ishlab chiqilgan metodik tizimning afzalligini aniqlashni asosiy o’lchovi bo’lib 
o’quvchilarning bilim va malakalarini sifati hisoblanadi. Shuning uchun ayrim 
metodlarni samaradorligini aniqlashda tadqiqotlar ikkita paralell sinflarda olib 
boriladi, ya’ni eksperimental va oddiy. Oddiy sinflarda dars qabul qilingan 
metodikani qo’llash orqali o’tkaziladi, eksperimental sinflarda esa yangi ishlab 
chiqilgan usul yordamida o’tkaziladi. So’ngra eksperimental va oddiy sinflardagi
o’quvchilar bilimlari solishtiriladi (2-jadval). 
2-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin