O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
4.1.2. Eksperimental-emprik metodlar 
 
Mazkur metodlarga asosan maktab tajribasini o’rganishga yo’naltirilgan 
metodlar kiradi. Ular kuzatish, anketa, maktab xujjatlarini tekshirish metodlari va 
pedagogik eksperiment kiradi. 
Kuzatish
. Eng keng tarqalgan pedagogik tadqiqot metod hisoblanadi. 
Mazkur usul pedagogik jarayonni bilishni eng muhim metodlaridan biri 
hisoblanadi. Har qanday o’qituvchi darsni kuzata bilish qobiliyatiga ega bo’lmog’i 
lozim. Kuzatish metodikasi tuzilishi, mazmuni, turi, kuzatish texnikasi, 
o’rganilayotgan muammoni mohiyati va xususiyatlari, tadqiqot metodlariga 
bog’liq. 
Kuzatish turli xil bo’ladi, ular dasturi, tashkil qilinishi va maqsadiga ko’ra 
ma’lum bir guruhlarga bo’linadi. 
Kuzatish obyektlari o’quv ishlari metodlari, darslarda o’quvchilarni tashkil 
qilish, uyga vazifa berish, o’qitish metodlarini, vositalarini tanlash xisoblanadi. 
So’rovnoma (anketa) metodi.
Mazkur metod geografiya ta’limida keng 
qo’llaniladi. Bunda turli metodik ma’lumotlar uchun ma’lum bir yo’nalishda 
ma’lumotlar yig’iladi. So’rovnomaning mazmuni o’quvchilar, o’qituvchilar va 
metodestlar uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, iqtisodiy va ijtimoiy 


32 
georgrafiya 
predmeti 
bo’yicha o’qituvchi uchun o’qitish metodlarini 
takomillashtirish bo’yicha so’rovnoma mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1. o’quvchilarni faoliyatini tashkil qilishda qanday usullardan foydalanasiz: 
a) yangi mavzuni o’qitishda; b)o’quvchilar bilmini tekshirishda
2. sizning darsligingizda ko’proq qaysi metod asosiy bo’lib hisoblanadi? 
3. sizning darslaringizda VIII-IX sinf o’quvchilarning ishlari nimasi bilan 
farqlanadi: 
a) harita bilan ishlanadi;
b) darslikdagi rasmlar bilan, jadvallar bilan;
4. o’qituvchilar qobiliyatini qanday vositalar va usullar bilan rivojlantirasiz; 
5. o’quvchilarni bilish faoliyatini qaysi darajada tashkil qilasiz;
a) bilimlarni tayyor xolda berasizmi?
b) materialni faqat bir qismini o’zingiz tushuntirasiz?
v) mavzuni o’quvchilar o’zlari mustaqil o’zlashtirishadi. 
O’qituvchilardan so’rovnoma o’tkazish bilan bir vaqtning o’zida 
o’quvchilar bilan ham so’rovnoma o’tkaziladi (1-jadval). Yangi materialni qaysi 
usulda o’rganilganda siz yaxshi esda saqlab qolasiz va yaxshi tushunasiz? Agar 
darsni yaxshi tushunsangiz va eslab qolsangiz «+» belgisini, tushunishga 
qiynalsangiz «-» belgisini qo’ying. 
1-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin