14-mavzu: Innovatsion yondashuv asosida tarbiya darslarini tashkil etish. Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
15-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari. O'quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o'qituvchi talabiga ham javob berishi lozim. O'qituvchi talablariga: Darslarga to'liq qatnashish. O'quv qurollari bilan ta'minlanganligi. O'qituvchini diqqat bilan eshitish. Topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish. Tashkiliy ishlarga faol qatnashish. Sinf intizomiga rioya qilish. Tozalikka rioya qilish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o'quvchilarda kuzatiladi
III. Seminar mashgʼulotlari boʼyicha koʼrsatma va tavsiyalar. Seminar mashgʼulotlarida talabalarda nazariy oʼzlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi hamda amaliѐtda qoʼllash koʼnikma va malakalari hosil qilinadi.
“Tarbiya nazariyasi va metodikasi” moduli boʼyicha seminar mashgʼulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining asosiy maqsad va vazifalari
Tarbiyaviy ish: tarkibi va tuzilishi.
Ma’naviy-axloqiy ishlarni tashkil etishda milliy qadriyat-lardan foydalanish.