Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – o'quvchilar tanasidagi barcha a'zolarni tabiiy sog'lom o'sishini ta'minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek, vatan mudofaasiga tayyorlashdir.
5-mavzu: Axloqiy tarbiyaning mohiyati Maktabning axloqiy tarbiya sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Yosh avlodni muntazam suratda jamiyatda qabul qilingan axloqiy
me'yorlarga rioya qilishga o'rgatib borish;
2. Bolalarning xulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish, uning axloqiy tajribalar asosida tarbiyalash;
3. O'quvchilarni axloq tamoyillarini egallab olish va ularga amal qilishga safarbar qilish;
4. Mustaqil yurtimizni har tomonlama kamol topgan quruvchilarini voyaga yetkazish.
6-Mavzu:Komil inson tarbiyasida sharq mutafakkirlarining qarashlari Haqiqatan ham, bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo, komil insonlarga bog‘liq. Komil inson O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega.
7-mavzu: Tarbiyaviy ishlar jarayonida guruh rahbarining pedagogik mahorati. Pedagogik mahorat – bu o‘qituvchi nutqining ravon va ta‘sirchan bo‘lishi, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta olishi, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana olishi, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa olishini, har bir darsda bolaning qiziqish va faoliyatini rivojlantirishni ta‘minlaydigan kasbiy malakadir.
8-mavzu:Tarbiyaviy ishlar jarayonida pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
Pedagogik texnikaning hamma uchun umumiy bo‘lgan malakalarini tadbiq etish sohasini pedagogning bolalar bilan bevosita muomalasini qayd qilib o‘tamiz. Xuddi ana shu narsa pedagogik texnika malakalarining namoyon bo‘lishini ma‘lum darajada vaziyat taqozosi bilan, ichki sabab natijasida vujudga keladigan aytish mumkinki, to‘satdan bo‘lgan narsaga aylantiradi