V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fan o’zlashtirish natijasida talaba:
- Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, tarbiya jarayonida uzluksizlik va uzviylik tamoillari 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlashning ahamiyatini;
o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ;
- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ;
- ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ;
- tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni bilishi kerak;
- bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish, ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etish, ijtimoiy faollikni shakllantirish, yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirish, shaxsni aqliy, jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirish, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirish ko’nikmalariga ega bo’lish kerak;
Tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalash kabi malakalarga ega bo’lishi kerak.
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: - ma’ruzalar;
- interfaol keys-stadilar;
- seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
- guruhlarda ishlash;
- taqdimotlarni qilish;
- individual loyihalar.