9
tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi
organlari barcha jonzodlarga xos. Ular orqali har qanday jonzod o‗zini
qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi. Insonning sezgi
organlari yordamida hosil qilgan bilimi hissiy yoki amaliy bilim
sanaladi. Bulardan tashqari inson xayol surish,
nutq yordamida ham
bilimga ega bo‗lishi mumkin. Bilishning bu yo‗li quvvai notiqa va
quvvai mutaxayila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning
(sezgilarning) yetakchisi, raisasidir. Hissiy bilim bilishning asosi,
tayanch nuqtasi sanaladi. U insonni qurshab turgan olam uzvlaridan har
birini alohida ko‗rish, ushlash, eshitish, mazasini tatish,
hidlash orqali
hosil qilinadi. Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa
ham, lekin u ko‗pincha aldab qo‗yishi mumkin. Masalan, Quyosh Yer
atrofida aylanayotganday ko‗rinadi. Aslida esa aksincha. Shuning uchun
bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar.
Idrokiy bilish
hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish,
hissiy bilimlarning hosil bo‗lishiga asos bo‗lgan orazlar (aksidensiyalar)
zamirida yashiringan mohiyatni-jovharni aniqlash orqali hosil qilinadi.
Masalan, tanada isitmaning ko‗tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi.
Lekin har qanday harorat o‗z-o‗zidan ko‗tarilmaydi. Uning ma‘lum
ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o‗xshash, u bilan
bog‗liq bo‗lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash,
umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning tashqi
alomati
ekanligi
aniqlanadi.
Solishtirish,
qiuoslash,
mantiqiy
umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim
sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har
qanday fan ana shu bilimlarni keltirib chiqaradi. Bundan ko‗rinadiki,
hissiy (fahmiy)
bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi
sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o‗zaro
munosabatini o‗rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu
bilimga ega bo‗lish har qanday fanning bosh maqsadi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: