3.Fanlar sistemasi. Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o„rni.
Sistema nima? Bu savolga hozirga qadar turlicha javoblar beriladi.
Sistema nima ekanligiga javob berishdan oldin buning qanday muhim
belgilardan iborat ekanligiga e‘tibor bermoq lozim. Avvalo, har qanday
sistema ichki bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega. Demak, sistema
muayyan ichki tuzilishga ega bo‗lib, ikki va undan ortiq qismlarning
o‗zaro munosabatidan tashkil topali.
Masalan, bir tup daraxtni olsak, bu daraxt sistema sifatida ichki
tuzilish birliklarining o‗zaro munosabatidan iborat. Uning ichki tuzilish
birliklari ildiz, tana va shox hamda ularning munosabatidan tashkil
topgan. Sistemaning ikkinchi jihati shundan iboratki sistemani tashkil
13
etgan uzvlar o‗zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi ko‗p pog‗onali
munosabatda bo‗ladi. Masalan, ildizsiz tananing, tanasiz shoxning
bo‗lishi mumkin emas. Ularning har qaysisi bir-birini taqozo etadi, bir-
biri bilan shartlangan. Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday
sistema ichki bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega bo‗lganligi tufayli,
sistemani tashkil etgan qismlar bilan sistema o‗rtasida ham munosabat
bo‗ladi. Bu munosabatni olimlar ―...dan tashkil topadi‖, ―...ning
tarkibiga kiradi‖ ifodasi bilan ko‗rsatadi
6
, boshqacha aytganda, u butun
va bo‗lak, tur va jins munosabatini o‗z ichiga oladi. Masalan, daraxt va
uning ildizi, tanasi, shoxi, barglari o‗rtasida butun va bo‗lak munosabati
bo‗lsa, daraxt bilan olma, o‗rik, shaftoli o‗rtasida tur va jins munosabati
mavjud. Sistemaning to‗rtinchi jihati uning ichki tuzilishining
pog‗onaviyligidir. Ya‘ni butun va bo‗laklik, tur va jinslik munosabati
nisbiy xarakterga ega. Ma‘lum jinslarga nisbatan tur, bo‗laklarga
nisbatan butun bo‗lgan qism boshqa butun yoki tur tarkibiga kirib bo‗lak
yoki jins bo‗lishi mumkin. Masalan, olma bir necha navlarning
umumlashmasi sifatida navlarga nisbatan tur, har qaysi nav esa jins
bo‗lib kelsa, daraxtga nisbatan olma jins rolini o‗ynaydi. Sistemaning
beshinchi jihati substansionalligidir. Ya‘ni substansiya va uni bevosita
kuzatishda
tazohirlar
orqali
voqelanishi,
umumiylik-xususiylik,
mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasining o‗zida namoyon
qilishidir. Shunday qilib, bir-birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiq
unsurlarning o‗zaro shartlangan munosabatidan tashkil topgan butunlik
sistema sanaladi. Bu jihatdan fan ham sistemadir. Chunki u ham ichki
bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega. Shu bilan fanni tashkil etgan har bir
uzv o‗zaro shartlangan munosabatda. Bir fan turining mavjud bo‗lishi
ikkinchi fanning bo‗lishini taqozo etadi. Masalan, geometriya arifmetika
bilan uzviy aloqada. Geometriya va arifmetikasiz astronomiyaning
bo‗lishi mumkin emas va h.k. Fan sistema (butunlik) sifatida ichki
bo‗linish xususiyatiga, ya‘ni ichki tuzilishga ega. Uning ichki tuzilishi
pog‗onalidir. Fan avvalo, yo‗nalishlarga, yo‗nalish tarmoqlarga,
tarmoqlar yana kichik ixtisosliklarga bo‗linadi. Bu bo‗linishning har biri
6
Nurmonov A., Usmonova H., Boboxonova D. Tilni system sifatida o‗rganish. – Namangan, 2011.–Б.9.
14
bir pog‗onani hosil qilib, keyingi bo‗linishlar uchun kichik sistema
vazifasini o‗taydi. Masalan, fan, avvalo, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar
fanlar, texnika fanlari kabi yo‗nalishlarga bo‗linadi. Tabiiy fanlar fanlar
sistemasida o‗zaro munosabatda bo‗lgan bir necha bo‗laklarning bittasi
sifatida sistema elementi sanalsa, keyingi bosqichida, tabiiy fanlarning
o‗zi fizika, matematika, kimyo, biologiya, mexanika, texnika kabi fan
tarmoqlarni o‗z ichiga olib, bu fanlar uchun sistema rolini o‗taydi. Fizika
va matematika ham yana ichki bo‗linishga ega. Masalan, matematika:
matematik tahlil, geometriya, ehtimollar nazariyasi, algebra va sonlar
nazariyasi kabi ixtisosliklarga bo‗linadi. Har bir bo‗linishda bo‗linuvchi
sistema bo‗lsa, bo‗linma uning a‘zosi vazifasini bajaradi. Sistema
tarkibidagi har bir a‘zo shu sistema doirasida o‗zaro shartlangan, bir-
birini taqozo etuvchi munosabatda bo‗ladi. Masalan, matematika
tarkibiga
kiruvchi
barcha
ixtisosliklar
o‗zaro ana shunday
munosabatdadir. Fanlar sistemasida ma‘lum fan tarmog‗i bilan
munosabatda bo‗lmagan biror bir tarmoq mavjud emas. Bir obyekt
hozirgi kunda bir necha fanlarning oralig‗ida o‗rganlilishi lozim bo‗ladi.
Demak, ma‘lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to‗laqonli
muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shu bois, hozirgi kunda barcha fanlarda
sistemaviy tadqiqotlarga katta e‘tibor berilayotgan va buning natijasida
jiddiy
yutuqlarga
erishayotgan
bir
paytda
fanlarning
o‗zaro
munosabatini o‗rganish muhim ahamiyatga ega. Xo‗sh, tilshunoslikning
fanlar sistemasida tutgan o‗rni qanday? Tilshunoslik fanlar sistemasida
deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqada. Buning sababi tilshunoslik
fanining o‗rganilish obyekti bo‗lgan tilning mohiyati bilan bog‗liqdir.
Avvalo, til kishilar o‗rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy
xarakterga ega. Demakki, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy
aloqadadir. Masalan, til egasi bo‗lgan xalqning tarixi, madaniyati,
ruhiyati va boshqalar. Bu shuni ko‗rsatadiki, o‗zaro munosabatda
bo‗lgan barcha ijtimoiy hodisalarni o‗rganuvchi ijtimoiy fanlar ham
o‗zaro munosabatdadir. Xususan, tilshunoslik falsafa, tarix, etnografiya,
sotsiologiya, psixologiya singari fanlar bilan uzviy aloqada. Shu bilan
birga tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan aloqasi ham uning fanlar
sistemasida boshqa fanlar bilan aloqasining bir qismini o‗z ichiga oladi.
15
Masalan, tilshunoslikning fonetika bo‗limida nutq tovushlarining akustik
tomoni fizikaning akustika bo‗limi ma‘umotlari asosida o‗rganliladi.
Nutq tovushlarning paydo bo‗lishida ishtirok etadigan nutq
organlarining vazifasini fiziologiya materiallarisiz bayon qilish mumkin
emas. Yoki nutq patalogiyasi muammolari tibbiyot fani bilan uzviy
aloqada hal qilinadi. Tilshunoslikda lisoniy birliklarning boshqa lisoniy
birliklar bilan birikish imkoniyatlari va ushbu imkoniyatning yuzaga
chiqish masalalari bilan shug‗ullanuvchi valentlik nazariyasining
vujudga kelishi bevosita kimyo fanining ta‘siri bilan bog‗liqdir. Keyingi
davrlarda avtomatikaning rivojlanishi tilshunoslik faniga ham o‗z
ta‘sirini ko‗rsatdi. Tilshunoslikda lingvistik modellashtirish, avtomatik
tarjima muammolari paydo bo‗ldi. Ana shunday muammolar
tilshunoslik fanining matematika, kibernetika kabi fanlar bilan aloqasini
kuchaytirdi. Bu omillarning barchasi tilshunoslikni fanlar sistemasida
boshqa fanlar bilan munosabatda o‗rganlishini taqozo etadi. Ana
shundagina yosh mutaxassis bu fanning fanlar sistemasida tutgan o‗rnini
to‗g‗ri payqay oladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Fan nima? Fan va ilmning farqi nimada ko‗rinadi?
2. Misr, Hindiston, Xitoyda fan shakllanishi haqida gapiring.
3. Abu Rayhon Beruniy, Bahouddin Naqshband, Forobiyning ilm
haqidagi qarashlarini gapirib bering.
4.Tilshunoslik mustaqil fan sohasi sifatida nechanchi asrda ajralib
chiqdi?
5. Tilshunoslikning falsafa, psixologiya, mantiq fanlari bilan uzviy
aloqadorligi nimalarda ko‗rinadi?
6.Tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan uzviy aloqadorligi nimalarda
ko‗rinadi?
7. Hissiy bilim tilshunoslikning qaysi sohalarida qo‗llanilishi mumkin.
O‗z fikringizni izohlang.
Dostları ilə paylaş: |