18
imkoniyatini yaratib bergan va G‗arb fanining ravnaqi uchun ham jiddiy
ta‘sir ko‗rsatgan metodologiyani tiklash va undan o‗rinli foydalanish
payti keldi. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy
qo‗llagan tadqiqot metodologiyasi bilan Ovrupo olimlari tayangan
falsafiy asoslarning eng yaxshi jihatlaridan ijodiy foydalanish lozim‖.
7
Ularning umumiy jihatlari quyidagilar:
1) obyektga substansional (zotiy) yondashuv. Bunda umumiylik-
xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasini hisobga
olish;
2) obyektning ziddiyatli tabiatini ochish. Har qaysi tadqiqot obyekti
ichki ziddiyatlardan iboratligini, ana shu ziddiyatlar obyektning uzluksiz
rivojlanishi asosi ekanini ko‗rsatish;
3) obyektning sistemaviy xususiyatini yoritish. Buning uchun har
qaysi obyekt muayyan katta butunlikning uzviy bir bo‗lagi ekani, ayni
paytda, u muayyan ichki unsurlarning o‗zaro munosabatidan tashkil
topgan yaxlitlik ekanini namoyon qilish;
4) shakl va mazmun dialektikasini e‘tiborga olish. Ularning o‗zaro
munosabatini yoritish;
5) teng qimmatli elementlar o‗rtasida va turli qimmatli birliklar
(butun bilan bo‗lak, tur bilan jins) o‗rtasidagi munosabat turlarini
yoritish va h.k.
2.
Kognitiv tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik fanining maqsadi
Dostları ilə paylaş: