2. Fan tushunchasi. Fan va uning paydo bo„lishi. Fan amaliy
faoliyat predmetlarning (boshlang‗ich holatdagi obyektning) tegishli
mahsulotlarga (pirovard holatdagi obyektga) aylanish jarayonini
oldindan ko‗ra bilishni o‗z oldiga pirovard maqsad qilib qo‗yadi. Bu
10
o‗zgarish har doim obyektlarning o‗zgarish va rivojlanish qonunlari
bilan belgilanadi, faoliyat shu qonunlarga muvofiq bo‗lgan taqdirdagina
muvaffaqqiyatli bo‗lishi mumkin. Shu sababli fanning asosiy vazifasi
obyektlarning o‗zgarish va rivojlanish qonunlarini aniqlashdan iborat.
Fanning bevosita maqsadi o‗zining o‗rganish predmeti hisoblangan
voqelikning jarayon va hodisalarni ta‘riflash, tushuntirish, oldindan
aytib berishdir. O‗zbek tilining izohli lug‗atida fan tushunchasi haqida
quyidagicha izoh beriladi: Fan [a] ―Tabiat va jamiyatning taraqqiyot
qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta‘sir
ko‗rsatuvchi bilimlar sistemasi‖. Fan asoslari. Fan yutuqlari. Shunday
bilimlar sistemasining alohida tarmog‗i. Aniq fanlar. Ijtimoiy fanlar.
Tabiiy fanlar. Fizika fani.
4
Inson paydo bo‗libdiki, o‗zini qurshab
turgan olamni va shu olamning tarkibiy qismi bo‗lgan o‗zini ham
bilishga qiziqib keladi. Shuning uchun fanning ilk kurtaklari mifologiya
sifatida kishilik jamiyatning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq holda
maydonga kelgan, deyishimiz mumkin. Dastlabki bilimlar amaliy
xarakterga ega bo‗lgan. Keyinchalik qadimgi Sharq mamlakatlari va
Yunonistonda tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini amaliy
asosda kuzatib, bashorat qiluvchi maxsus kishilar –mutafakkirlar
yetishib chiqqan. Mifologiya fanga o‗tish bo‗sag‗asida ma‘lum bosqich
vazifasini bajargan bo‗lsa, rivojlanish davom etishi bilan mifologiya
o‗rnini naturfalsafa egallagan. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa
qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni gohi
birgalikda, gohi ayri ravishda bayon etishga urina boshlaganlar. Dunyoni
bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo‗lgan.
Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan dastlabki
nazariy sistemalar yaratilgan. Keyinchalik yangi davr deb ataluvchi
zamonda fanning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim
tarmog‗i va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16-17-asrlarda
klassik fizikaning poydevori qurildi. Fanning nazariya darajasiga
ko‗tarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yo‗l
ochib berdi. Ayrim alohida narsalar orasida juda katta miqdorda tabiiy
4
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II томлик, 2-том. –М.: Рус тили, 1981. –Б.294.
11
o‗zaro bog‗lanishlar mavjudligi ilm-fanning alohida yo‗nalishlarga
ajralishiga sabab bo‗ldi.
Fanlarning kelib chiqishli haqida bir qancha fikr-mulohaza,
ma‘lumotlar berilgan. Bu fikrlar orasida Abu Nasr Forobiy tomonidan
berilgan ma‘lumot e‘tiborga molikdir. Uning fikricha, har bir fan javhar
(substansiya) va oraz (aksidensiya)larni o‗rganish asosida kelib chiqadi.
Xususan, sonlar to‗g‗risidagi ilmning paydo bo‗lishi haqida
quyidagilarni yozadi: ―...birliklardan vujudga keluvchi sanoqsiz va juda
ko‗p miqdorni tashkil qiluvchi son substansiyaning turli usullar bilan
qismlarga ajratish va uning turli birliklardan iboratligi natijasida kelib
chiqqandir. Substansiya o‗z tabiati jihatidan cheksiz darajada
bo‗laklarga ajratib keta olishligi sababli, son ham o‗z tabiati jihatidan
cheksizdir. Son to‗g‗risidagi ilm – bu substansiya bo‗laklarini bir-biriga
ko‗paytirish, birini ikkinchisiga bo‗lish, birini ikkinchisiga qo‗shish,
birini ikkinchidan ayirish, agarda bu bo‗laklarning negizi bo‗lsa,
negizini topishga va ularning muvozanatini aniqlashga qaratilgan ilmdir.
Sonning qanday kelib chiqqanligi, uning vujudga kelishi va ko‗payishi,
uni u mavjudlik darajasiga olib kelgan, imkoniyatdan voqelikka hamda
yo‗qlikdan borliqqa aylantirgan sabab nimadan iborat ekanligi yuqorida
aytilganlardan aniq ko‗rinib turibdi. Bu ilmni yunon donishmandlari
arifmetika deb ataydilar‖.
5
Substansiyaning ko‗p bo‗laklarga ajrala
boshlashi va ulardan har birining ma‘lum figuralarga (uchburchak,
to‗rtburchak va h. k) ega bo‗lishi figuralarni o‗rganadigan ilmga ehtiyoj
tug‗dirdi. Ana shu ehtiyoj tufayli geometriya fani vujudga keldi.
Substansiyaning harakatchanligi ta‘kidlanishi bilan birga, osmon
harakatini o‗rganuvchi ilm vujudga kelganligini aytadi. Bu ilm oldingi
ikki ilm: arifmetika va geometriyaga asoslanishi, bu ilmlarsiz mavjud
bo‗lmasligi ta‘kidlanadi va bu ilmning nomi astronomiya ekanligini
yozadi. Substansiya harakatdan tashqari ovozga ham ega bo‗lishi va bu
belgini o‗rganuvchi musiqa fani vujudga kelganligini aytadi.
Substansiya qizarish-oqarish, uzayish-torayish, ko‗payish-kamayish,
tug‗ilish-o‗lish, kasallanish-sog‗ayish kabi belgilarga ham ega bo‗ladi.
5
Aбу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1983. –Б.174-175.
12
Substansiyaning bunday o‗zgarishlarini o‗rganishga ehtiyoj tufayli tabiat
to‗g‗risidagi fan paydo bo‗lganligini bayon qiladi. Bulardan so‗ng
ilohiyot ilmining, undan keyin til haqidagi ilm va grammatikaning,
shuningdek, mantiq va poetikaning qanday amaliy ehtiyoj bilan vujudga
kelganini asosli dalillar bilan ko‗rsatib beradi. Ilohiyot ilmi haqida fikr
yuritar ekan, ―bu ilmning tabiatdan yuqori turgan ilm - metafizika ilmi‖
ekanligi va u barcha ilmlarning yakuni va oxiri ekanligi, undan so‗ng
biror narsani tekshirishga zaruriyat qolmasligi aytiladi. Ko‗rinadiki,
barcha fanlar obyektiv borliqdagi javhar (substansiya) va uning orazlari
(aksidensiyalari)ni o‗rganish asosida vujudga kelganligi ta‘kidlanadi va
til haqidagi ilm bilan grammatika fanlar ichida alohida o‗rin tutishi
ko‗rsatiladi. Bu fikrlar bundan ming yillar oldin bayon qilingan bo‗lsa
ham, lekin hanuzgacha o‗z qimmatini yo‗qotgani yo‗q.
Hozirgi kunda ilm-fanning ko‗pgina sohalari bizga ma‘lum. Tabiiy
fanlar atrofimizni qurshab turgan narsalar va hodisalarni o‗rganadi.
Ijtimoiy fanlar esa inson hayoti va faoliyatini o‗zi uchun bosh tadqiqot
masalasi deb biladi. Bu ilm-fan sohalari poydevor, asos, ya‘ni ular sof
ilmdir. Ular narsalar mohiyatini o‗rganadi va ilmiy qonuniyat-qoidalarni
yaratadi. Amaliy fanlar bu anglangan mohiyat va ilmiy qonun-qoidalarni
inson faoliyatining turli sohalariga tatbiq etadi. Dorishunoslik, tibbiyot,
qurilish muhandisligi va boshqa ko‗pgina sohalar amaliy fanlar turiga
mansub.
Dostları ilə paylaş: |