O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
 
77.Agar miyadagi nutqiy zonalarning hammasi shikastlansa 
afaziyaning qanday ko‗rinishi  yuzaga keladi? 
A.Total afaziya 
B.Akustik afaziya 
C.Optik-mnestik afaziya 
D.Amnestik afaziya 
78. Bu holat bosh miyaning yuqori chakka miyasida joylashgan Vernika 
markazi shikastlanganda yuzaga keladi. Bunday holda bemor gapira 
oladi, lekin nutqni tushunmaydi, unda ―fonematik eshitish qobiliyati‖ 
buziladi. U so‗zlarni tushunib bo‗lmaydigan shovqindek qabul qiladi, 
ma‘nosiga tushunmaydi. Ushbu ta‘rif qaysi afaziyaning qaysi turiga
nisbatan qo‗llaniladi? 
A.Akustik afaziya D.Optik-mnestik afaziya C.Amnestik afaziya 
D.Motor afaziya 
79. Nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta‘lim va tarbiya vositasida nutq 
buzilishlarini o‗rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fan 
nima deyiladi? 
A.Logopediya B.Deontologiya C.Neyrolingvistika D.defektologiya 
80. Bola necha oylik paytida tovushlarning tonini ajrata boshlaydi? 
A.uch-to‗rt oylik paytida B.ikki-uch oylik paytida 
C.besh-olti oylik paytida D.bir-ikki oylik paytida 
81. Tovush apparatining patologik o‗zgarishlari oqibatida 
fonatsiyaning yo‗q bo‗lishi yoki zaiflashuviga nima deyiladi? 
A.Disfoniya B.Bradilaliya C.Taxilaliya D.Dislaliya 
82.Nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish 
natijasida sur‘at-ohangning buzilishiga nima deyiladi?
A.Duduqlanish B.Bradilaliya C.Taxilaliya D.Dislaliya 


171 
83.Nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervatsiyasidagi 
yetishmovchilik bilan bog‗liq holdagi buzilishiga nima deyiladi? 
A.Tili chuchuklik B. Duduqlanish C.Gunglik D. Nutqning buzulishi 
84.Nutqiy buzilishning bir ko‗rinishi bo‗lib, u aqli raso, eshitish 
qobiliyati bekam-ko‗st bo‗lgan bolalarda nutqning bo‗lmasligi yoki 
nutqning juda kech paydo bo‗lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu ta‘rif qaysi 
hodisaga nisbatan qo‗llaniladi? 
A.Alaliya B.Afaziya C.Bradilaliya D.Taxilaliya 
85. Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‗ining chap peshana 
qismida joylashgan bo‗lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism nutqning 
qaysi jihatida vazifa bajaradi? 
A.Bu qism og‗zaki nutqning paydo bo‗lishida qatnashadi.
B.Begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‗y beradi. 
C.Yozma nutqni o‗zlashtirish uchun xizmat qiladi. 
D.Nutqni tushunishda katta rol o‗ynaydi. 
86.Bola hayotining nechanchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni 
shakllana boshlaydi? 
A.Uch yoshdan 
B.Ikki yoshdan 
C.To‗rt yoshdan 
D.Besh yoshdan 
87. Bolalar necha yoshda qo‗shimcha savollarsiz hikoya va 
ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo‗ladilar? 
A.Besh yoshda B.Olti yoshda C.To‗rt yoshda D.Yetti yoshda 
88. Mos hodisalarning u yoki bu a‘zosi tarqalgan eng chet nuqtalarni 
tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq nima deyiladi? 
A.Izoglossa B.Til landshafti C.Mos hodisa D.Lingvistik karta 
89.Muayyan bir til uchun ma‘lum bo‗lgan izoglossalar yig‗indisi va 
ularning shu til hududida joylashish xarakteri nima deyiladi? 
A. Til landshafti B.Mos hodisa C.Lingvistik karta D.Izoglossa 
90. Lingvistik geografiya nechanchi asrda shakllandi? 


172 
A.XIX asrning 70 – 80-yillarida B.XX asr boshlarida 
C. XIX asrning boshlarida D.XIX asrning o‗rtalarida 
91. ―Fransiya lingvistik kartasi‖ kim tomonidan yaratildi? 
A. J.Jilyeron va E.Edmon B.P.Meyer, G.Paris 
C.M.Bartoli, Dj.Viddassi D.A.Meye, V.Piza 
92.Tilni tarixiy taraqqiyotda, rivojlanishda ekanini e‘tiborga olib 
o‗rganish nima deyiladi? 
A.Diaxroniya B.sinxroniya C.Sinergetika D.Glossematika 
93.Quyidagi olimlardan qaysi biri o‗zbek tilini areal nuqtayi 
nazardan o‗rganishning nazariy asoslarini belgilab bergan? 
A.A.Jo‗rayev B.V.Reshetov C.Sh.Shoabdurahmonov D.A.Shermatov 
94.Intonograf nima? 
A.Elektroakustik tadqiqotlar uchun mo‗ljallangan asboblardan biridir. 
B.Tilning fonologik tizimini eksperimental (tajribaviy) usulda tadqiq 
etish yo‗llaridan biridir. 
C.U yordamida unli va undosh tovushlar o‗rganiladi. 
D.Eksperimental-fonetik kuzatishlar olib boriladi. 
95.Tabiiy fanlar bo‗yicha atamalarni me‘yorlashtirishda, bu 
fanlarga xos atamalar izohli lug‗atini tuzishda yordam bergan va yordam 
berayotgan olimlar… 
A.R.Doniyorov, H.Jamolxonov, A.Madvaliyev, Z.Mirahmedova 
B. S.Karimov, R.Qo‗ng‗urov, S.Rizayev, N.Bo‗ronov 
C. A.Nurmonov, B.Yo‗ldoshev, R.Doniyorov, H.Jamolxonov 
D. S.Ibrohimov, O.Ramazonov, I.Yo‗ldashev, N.Mahkamov 
94. Dialektik mantiq qachon shakllandi? 


173 
A.XIX asr oxirlarida B.XIX asr boshlarida C. XX asr boshlarida D. XX 
asr o‗rtalarida 
95. XIX asrning yetmishinchi yillarida Shimoliy va Markaziy 
Amerikadagi Indus qabilalarining tili, madaniyati, urf-odatlarini 
o‗rganishning kuchayishi bilan qaysi soha rivojlandi? 
A.Etnolingvistika 
B.Sotsiolingvistika 
C.Psixolingvistika 
D.Neyrolingvistika 
96. Til materiallarini yoshini aniqlash bo‗yicha Morris Svodesh 
tomonidan tavsiya etilgan metod… 
A.Leksikostatistik metod B. Distributiv tahlil metodi C.Struktur metod 
D.Differensial tahlil metodi 
97. Morris Svodesh til materiallarini yoshini aniqlash bo‗yicha olib 
borgan tadqiqotlarida qaysi fan metodlariga tayanadi?
A.Biologiya B.Arxeologiya C.Tarix D.Kibernetika 
98.Lisoniy birliklar valentliklarning yuzaga chiqish zarurligi yoki 
zaruriy emasligi belgisiga ko‗ra qanday turlarga bo‗linadi? 
A.Majburiy va fakultativ B.Faol va nofaol C.Shakliy va mazmuniy 
D.Leksik va sintaktik 
99. Tilshunoslikda valentlik bog‗lanuvchi elementlardan qaysi biri 
biriktirib oluvchi, qaysi biri birikuvchi ekanlik belgisiga ko‗ra qanday 
turlarga bo‗linadi? 
A. Faol va nofaol B.Majburiy va fakultativ C.Shakliy va mazmuniy 
D.Leksik va sintaktik 
100. Fizikaning akustika qismiga tegishli ma‘lumotlar tilshunoslikning 
qaysi bo‗limida muhim ahamiyat kasb etadi? 
A.Fonetika B.Leksikologiya C.Morfologiya D.Sintaksis

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin