O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Bolalarning mustaqil 
musiqiy qobiliyatini
rivojlanishiga oila va 
maktabgacha ta‘lim 
muassasasining ta‘siri 
Musiqiy 
madaniyat 
xalq ma‘naviy dunyosining 
ajralmas 
qismi 
bo‘lib, 


53 
uning ma‘naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har 
doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat kilgan. Zero, bugungi 
mustaqillik davrimizda ham o‘zining ma‘naviy burchini 
muqaddas bilib, xalqimizga xizmat kilmokda. Shuning uchun 
ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod 
maydoniga aylandi. 
Shu boisdan musiqiy tarbiyani oila, maktabgacha ta‘lim 
muasasalari hamda boshlang‘ich sinfdan boshlab bolalarning mustaqil 
musiqiy faoliyatlarini hisobga olgan holda tizimli tarzda olib borish 
maqsadga muvofiqdir. 
Mustaqil musiqiy faoliyat, bolalarning o‘zlaricha hirgoyi qilishda, 
o‘zlaricha mustaqil musiqa tinglashlarida, o‘zlaricha cholg‘u 
asboblarining biror turi bilan shug‘ullanishida aktyorlar, xonandalar, 
qiziqchilar qiliqlari, ovozlariga taqlid qilishlarida ko‘rinadi. Ular 
o‘zlaricha turli o‘zlariga yoqqan qo‘shiqlarni hirgoyi qilib kuylaydilar, 
o‘sha ashula ijrosining ohangiga, ovoziga va qiliqlariga o‘xshatib 
harakat qilishga intiladilar. O‘zlaricha radio, televizor yoki pleyerlarda 
turli musiqalarni tinglaydilar. Ba‘zi bolalar cholg‘u asboblari chalishga, 
agar cholg‘u asboblari bo‘lmay qolsa, shu cholg‘u asbobini chalib 
ko‘rsatishga intiladilar. O‘zlari yoqtirgan aktyor yoki qiziqchilar so‘zlari 
tahlidan harakatlar bajaradi va hakozo. Shunday holatlar mustaqil 
musiqiy faoliyat ko‘rinishlari hisoblanadi. 
Bolalar mustaqil faoliyatini qayerdan o‘rganadilar. Bunday faoliyat 
manbalari qayerda mustaqil musiqiy faoliyat manbalarini uch toifaga 
bo‘lish mumkin. 
1.
Maktabdan oladigan musiqiy manbalar. 
2.
Oiladan oladigan. 
3.
Maktab va oiladan tashqari oladigan musiqiy manbalar.
Maktab, MTMda mashg‘ulot, musiqa to‘garagi, musiqiy tadbirlar 
mustaqil musiqiy faoliyat manbalari hisoblanadi. Bolalar o‘sha 
jarayonlarda eshitgan va ko‘rganlariga taqlid qiladilar. Oilada radio 
eshitishi, televizor, video konsertlar ko‘rishi mumkin. Maktab va oiladan 
tashqari bolalar ko‘cha-kuyda, teatr, kinoteatr, ommaviy sayllar, bozor 
va boshqa joylarda, to‘y va marosim bo‘lishi va u jarayonda eshitgan va 
ko‘rgan musiqiy chiqishlarga taqlid qilishi mumkin. Mustaqil musiqiy 
faoliyatning bolalar qiziqishlaridan paydo bo‘lishiga e‘tiborni 
qaratishimiz lozim. Demak bolalar musiqiy faoliyatning u yoki bu turiga 
qiziqar ekanlarki, shu ko‘rgan va eshitgan musiqiy jarayonini 


54 
xotiralarida saqlab qolayaptilar. Biz pedagoglar bolalar mustaqil musiqiy 
faoliyatini qanday baholamog‘imiz lozim. 
Albatta mustaqil musiqiy faoliyatga ijobiy baho bermoq lozim. 
Zero bu faoliyat bolalarni imkon qadar mustaqil bo‘lishga o‘rgatadi. 
Tasavvur qiling biror ishni o‘zi fikrlab, bajara olmaydigan, qachon 
tepasida turib buyruq berib tursangiz biror ish qiladi aks holda o‘zicha 
bir ish qilolmaydigan shaxslarning voyaga yetishganidan na ota-ona va 
na jamiyat manfaatdor. Jamiyatga o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatuvchi 
yangiliklar yaratuvchi iftixorlar, kashfiyotlar qiluvchi sog‘lom, 
harakatchan fuqarolar kerak. Shunday ekan mustaqil musiqiy faoliyat 
pedagogdan kuzatuvchanlikni, sezgirlikni talab qiladi. Zero pedagoglar 
mustaqil musiqiy faoliyatini ijobiy baholashi bunday faoliyat 
ko‘rsatayotgan bolalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishib ularni turli 
yo‘llar bilan rag‘batlantirib boshqalarga namuna qilib ko‘rsatishi 
bolaning bunday foliyat turi bilan shug‘ullanishdan manfaatdor 
ekanliklarini anglatishi kelajakda ulardan buyuk ijodkorlar va san‘atning 
ko‘zga ko‘ringan namoyondalari chiqishi mumkinligiga ishontira olishi 
lozimdir. Darhaqiqat, bola qanchalar musiqiy tushunchani mustaqil 
fikrlab, amalda bajarishga harakat qilsa, musiqiy qobiliyatining 
rivojlanishi ham shunchalar muvoffaqiyatli bo‘ladi. 
Bola va uning qobiliyatlarining o‘sishi katta kishi tomonidan 
uyushtiriladigan faoliyatda: qo‘shiq, ritmika, muzika tinglash va muziqa 
asboblarini chalishda sodir bo‘ladi. Bolalar o‘zlarining musiqa eshitish 
tajribalari asosida o‘z tasavvurlarini qo‘shiq, o‘yin, raqs ijodida 
namoyon qilishga va mus
iqa savodining oddiy elemantlarini egallashga 
qodirdir. Shu bilan birga faoliyatining har bir turi umuman musiqa 
qobilyatlarining o‘sishiga, maxsus qobiliya
tlarning shakllanishiga, 
masalan: ashula aytish, ashulachilik ovozi va kuy qobiliyatining tarkib 
topishiga yordam beradi.
Bularning barchasi turli tashkiliy shakllarda: mashg‘ulotlarda, 
o‘qishdan tashqari ishlarda (bolalar bog‘chasi turmushida musiqa) va 
mustaqil faoliyatlarida bo‘lib o‘tadi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin