O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda hamkorlik



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

 
1.6. Musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda hamkorlik 
faoliyatlarida yuzaga 
keladigan kasbiy 
muammolarni bartaraf etish 
strategiyalari
Musiqa mashg‘ulotlarni 
tashkil etishning o‘ziga xos 
xususiyatlari, musiqiy tarbiya 
ishlarni olib borishda ota-ona, 
psixolog, 
tarbiyachilar, 
jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va 
boshqa mutaxassislar bilan 


49 
hamkorlik. Tarbiyalanuvchilarda xonandalik va cholg‘u ijrochiligi 
mahoratini egallashga bo‘lgan qiziqish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish 
borasidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish strategiyalari. Ovoz, 
ovoz apparatlari tuzilishi, barmoq bilan ishlash, xis etish, eshitish 
xissiyotlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, bu borada musiqa rahbari oldida turgan 
vazifalar. 
Musiqa can‘ati juda qadim zamonlarda yuzaga kelgan va barcha 
xalqlarda insonning shaxsiy fazilatlari, ma‘naviy olami, estetik didini 
shakllantirishning muhim va o‘rnini biror narsa bilan to‘ldirib 
bo‘lmaydigan vosita sifatida tan olingan. Turli davrlarda yaratilgan 
musiqalar his-tuyg‘u ifodalashi, hayotni aks ettirishi, inson hayolotini
o‘stirishi, mazmun diapazoni kengligi bilan tinglovchining hissyot 
olamini boyitadi, uni ilohiy bir olamga olib kiradi. 
San‘at turlari insonga ta‘sir etishning rang-barang o‘ziga xos 
vositalariga ega, musiqa bolaga juda erta davrdan (go‘daklikdan) ta‘sir 
ko‘rsatish xususiyati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ma‘lumki, 
homila davri bolaning keyingi rivoji uchun favqulodda muhim bo‘lib, 
bo‘lajak ona tinglagan musiqa go‘dakning o‘zini yaxshi his qilishiga 
ta‘sir ko‘rsata oladi, ehtimol, uning estetik didi, go‘zallikni ilg‘ay olish 
xislatlarini shakllantiradi. Shu bois oila bolaning asta-sekin musiqiy 
faoliyat (idrok, ijro, ijod) turlarini egallash jarayonida ularga tabiatan 
berilgan turli tabiiy iqtidorlarini rivojlantirish va yuzaga chiqarishda 
muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Insonning musiqa san‘ati bilan jiddiy 
shug‘ullanishi uchun maktabgacha yosh davri favqulodda muhim.
Maktabgacha ta‘lim muassasasida bola oilada musiqaga oid 
egallagan ayrim bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqurlashtirish, 
bolalar musiqa san‘atiga oshno bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi. MTMda 
musiqiy tarbiya jarayonida bu bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallashga asosiy maqsad sifatida qaramasdan, balki bolada musiqiy-
estetik ong elementlarini shakllantirish orqali uning qiziqishlarini ehtiyoj 
darajasiga olib chiqishga ko‘maklashishi lozim. Musiqiy-estetik faoliyat 
davomida musiqiy-estetik ong shakllangan bo‘lsa, bu bolaning keyingi 
rivojida, uning umumiy ma‘naviy kamolotida aks etmasdan qolmaydi.
Shuningdek, MTMda bola hislari, qiziqish va didini rivojlantirish 
bilan bilan bir qatorda uni musiqa madaniyatiga oshno qilish, estetik 
idrok, musiqiy va poetik eshitishni, tabiat, musiqiy va tasviriy san‘at 
asarlari go‘zalliklarini idrok qilish qobiliyatini rivojlantiradi, tasavvurni, 
hissiy reaksiyalarni faollashtiradi. 


50 
MTMda musiqiy tarbiya bilan shug‘ullanganda bolaning umumiy 
rivojlanishini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu yoshdagi bolalar 
insonning real hayotda mavjud kechinmalari haqida u qadar ko‘p 
tasavvurga ega emas, inson hissiyotlari va uning barcha qirralarini 
ifodalagan musiqa esa bu tasavvurlarning kengayishiga ko‘maklashadi.
Musiqiy madaniyat asoslarini shakllantirish maktabgacha yosh 
davrida boshlanadi. Musiqiy bolaning umumiy rivojlanishida muhim 
omil sanaladi: emosional muhit shakllanadi, tafakkur rivojlanadi, bola 
san‘at va hayotdagi go‘zallikka nisbatan sezgir bo‘ladi. Bolaning 
musiqiy rivojlanishida maktabgacha ta‘lim muassasasi pedagogik 
jamoasi va ota-onalar katta rol o‘ynaydi, chunki MTMda kundalik 
hayoti va oilada bolaning musiqiy taassurotlarini boyitish, musiqiy 
faoliyatini turli shakllarda amalga oshirishning turli shakllari mavjud.
Oilalar turli darajadagi ijtimoiy madaniyatga ega. Ayrim oilalarda 
musiqaga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, bolalarga musiqiy ma‘lumot 
berish, ularning qobiliyatini rivojlantirishga harakat qilinadi, boshqa 
oilalarda esa musiqiy tarbiyaga nisbatan e‘tibor kam. Bu albatta ijtimoiy 
tabiiiy hol. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlari kompleks 
va to‘laqonli rivojlanishi uchun ota-onalarning yordami juda zarur. Oila 
– bolaning shaxsiy sifatlari poydevori qo‘yiladigan birinchi ijtimoiy 
institut, aynan oilada bola boshqalar bilan umumiy, haqiqiy ijtimoiy 
hayot kechirish: quvonch va alamni baham ko‘rish, yaqinlari bilan 
birdamlikni his qilishga o‘rganadi. Ayni paytda oiladagi hissyotlar 
sovuqligi bolaning psixologik rivojlanishi va ijodiy qobiliyatlari, ta‘lim, 
muloqot samaradorligiga salbiy ta‘sir o‘tkazishini unutmaslik lozim. Shu 
sababli MTMda pedagoglari bolaning to‘laqonli rivojlanishi uchun 
o‘zaro hamkorlik va birgalikdagi ishni yo‘lga qo‘yishi lozim.
MTMga qatnaydigan bolalarda musiqiy tarbiyani rivojlantirish va 
mustahkamlash uchun quyidagilarga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq: 
-
boladan MTMda o‘zlashtirgan qo‘shiq, she‘r va raqslarini takrorlashni 
so‘rash; 
-
taassurotlarini suratlarda ifodalab berish; 
-
oilada musiqa cholg‘u asboblarini saqlash; 
-
oilada bolaning iqtidori rivojlanishi uchun maqbul sharoit, ijodiy 
muhit yaratish; 
-
ota-ona, buvi va buvasi bilan birga ijro qilishni tez-tez uyushtirib 
turish; 


51 
-
texnik vositalari: radio, televideniye, audio-, videoyozuvlar, 
kompyuter, karaoke tinglash, tomosha qilish. 
3.2.Bolaning umumiy rivojlanishi uchun oila va MTMda 
hamkorligida ota-onalar 
Bolaning umumiy rivojlanishi uchun oila va MTMda hamkorligida 
ota-onalar (kattalar) bolalarning musiqiy asarlarni eshitishga qiziqishini 
qo‘llab-quvvatlashi, bunda o‘zlarida mavjud yozuvlar bilan bir qatorda 
MTM musiqa rahbari taqdim qilganlaridan samarali foydalanish, bundan 
tashqari, MTMda xodimlari ota-onalar uchun konsertlarga biletlar xarid 
qilishni tashqil etishi muhim ahamiyatga ega.
MTMda jamoasi musiqa va 
san‘at maktabi mutaxassislari bilan 
yaqin 
hamkorlik 
qilishi, 
ular 
yordamida 
bevosita 
MTM 
ishtirokchilari ijrosida turli bayram 
tadbirlari 
badiiy 
qismlarini 
uyushtirishlari 
ham 
bolaning 
musiqiy takomilida o‘ziga xos 
ahamiyat kasb etadi.
MTMda va oila oldida turgan 
muhim vazifalardan biri musiqani badiiy (adabiy) asar, rangtasvir va 
teatr bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Bu maqsadda 
ota-onalar bilan bamaslahat bolalar teatrlari, bolalar musiqa dastalari ga 
tashriflar uyushtirish, bog‘chada san‘at asarlari ko‘rgazmalarini tashkil 
qilish, bu boradagi dunyo tajribasi bilan tanishish o‘ta muhim. 
Shuningdek, ota-onalari bilan birga bolalar kichik konsertlar, teatr 
postanovkalari, adabiy-musiqiy kompozisiyalarda ishtirok etishini 
tashkil qilish bolaning san‘at bilan oshnoligini ta‘minlashga xizmat 
qiladi.
Ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ularning o‘z bolalari 
bilan olgan musiqiy taassurotlari bo‘yicha muloqotga o‘rgatish juda 
muhim. Shu bois oiladamusiqiy faoliyatga nisbatan kichik bo‘lsada 
ijobiy mikromuhit shakllanishi lozim. Bola o‘zini kichik, ammo barcha 
boshlagan ijodiy ishlarida o‘zining oilaning boshqa a‘zolari tomonidan 
to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini har doim his qilishi lozim. 
MTMda musiqa rahbarining bola musiqiy tarbiyasida amalga 
oshirayotgan ishlari maqsad va vazifalari ota-onalar uchun tushunarli 
bo‘lishi lozim. Shu bilan bir qatorda, ota-onalar (oila) bilan MTM
hamkorlik faoliyati o‘zaro uyg‘unlikda kechishi talab etiladi. Bu 


52 
hamkorlikdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad har bir bolada bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan iqtidor va talantni o‘z vaqtida ilg‘ay olish va bunday
bolalarning 
musiqiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishni 
maqsadli 
yo‘naltirishdan iborat. 
Bu borada quyidagi asosiy vazifalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 

maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning 
musiqiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishni o‘rganish va qonuniyatlarini aniqlash; 

maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning 
musiqiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishning pedagogik shartlarini aniqlash; 

bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda MTM va oila 
hamkorligining nisbatan samarali shakllarini belshgilash; 

bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
MTM va oila hamkorligi xususiyatlarini o‘rganish. 
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning 
musiqiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga oid ishlar samaradorligi MTM va oilaning: 

ota-onalar tomonidan faollik va tashabbus ko‘rsatilishi; 

ota-onalar bilan musiqiy ma‘rifatchilik sohasida doimiy va tizimli 
ish olib borish kabi shartlarni hisobga olgan holda tashkil qilingan 
o‘zaro hamkorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Xulosa 
sifatida 
aytish 
kerakki, 
mamlakatimizning 
jahon 
hamjamiyatidagi nufuzi kun sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston 
Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlaganidek: ―Kelajak 
yuksak intellektual salohiyat, bilim va tafakkurga ega bo‘lgan 
yoshlarniki. millatnikidir‖. Farzandlarimizning musiqa sohasida yuksak 
cho‘qqilarini egallashlarida, ularning yuqori intellektual zakovatga ega 
bo‘lishlarida musiqa ta‘limi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga 
erishishning asosiy vositalaridan biri oila va MTMning o‘zaro 
hamkorlik faoliyatini yo‘lga 
qo‘yishdan iboratdir.
----- 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin