O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə133/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

11-BOB. STRATEGIK MARKETING REJASI 

11.1. Strategik rejalashtirish rolini asoslash 

Strategik g‘oyalar- firmaning harakat dasturiga aylanishi kerak bo‘lib, bu


dasturda strategik maqsadlar aniqlanadi va tanlangan rivojlanish strategiyasining
amalga oshirilishini ta’minlovchi vositalar belgilanadi. Firmaning yaqin kelajakdagi
muvaffaqiyatini, avvalo uning joriy faoliyatidagi turli yo‘nalishlarning moliyaviy
jihatdan qay darajada muvofiqlashtirilganligi belgilaydi. Uning uzoq kelajakdagi
rivojlanishi va taraqqiy etishi esa bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan ko‘ra
bilish hamda o‘z tuzilmasi va tovar portfelining tarkibini tegishli ravishda bunga
moslashtira olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday strategik, faol fikrlar samarali
bo‘lishi uchun ular izchil bo‘lishi va «kelajakni tashkil qilish»ga, ya’ni kutilayotgan
natijalarga olib keladigan harakatlarga tayyorlanishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
SHuningdek, strategik reja qabul qilingan qarorlarni hayotga tatbiq etuvchilargacha
etkazib berishi lozim. Bu vazifa kelajakning mavhumligi sababli murakkablashadi.
Strategik rejani ishlab chiqish oldindan bilish mumkin bo‘lmagan o‘zgarishlarni
«rejalashtirish»ni ham o‘z ichiga oladi.
Strategik marketing rejasining maqsadi - firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini
ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil bayon tavsiflab berishdir.
Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Quyidagi 11.1-
rasmda rejaning umumiy tuzilishini va strategik rejalashtirishdan kutiladigan
foydalarni ko‘rib chiqamiz.
Strategik marketing rejasining umumiy tuzilishi. Strategik marketing
jarayoni oltita hal qiluvchi masala bilan bog‘liqdir. Bu savollarga javob topish
firmaning maqsadlari va shunga mos ravishda rejaning tuzilishini belgilab beradi.
1. Biz olib borayotgan biznes qanday ko‘rinishda (ya’ni firma uchun asosiy
bozor qaysi) va firmaning bu bozordagi strategik missiyasi qanday?
2. Qanday tovar bozorlari asosiy bozorni tashkil etadi va bu bozorlarda qanday
pozitsiyalashni tanlash mumkin?




194

3. Tovar bozorlarining ob’ektiv jalb qiluvchanligi qanday va ular bilan bog‘liq
qanday imkoniyat va xatarlar bor?
4. Firmaning bozordagi tovarlarga nisbatan farq qiluvchi jihatlari, uning kuchli
va zaif tomonlari va raqobatli ustunligi nimada?
5. Qamrab olish va rivojlanish bo‘yicha qanday strategiyani tanlash kerak va
firma portfeliga kiruvchi tovar bozorlarida strategik mo‘ljallar darajasi qanday
bo‘lishi lozim?
6. Tanlangan strategik maqsadlar qanday qilib operasion marketing majmuiga:
tovar, sotish, narx va kommunikasiyaga aylantiriladi?


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin