O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə87/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

-«Sog‘in sigirlar» (sekin o‘sish/yuqori ulush): bozor ulushini qo‘lda tutib
turish uchun talab qilinadigan miqdordan ko‘proq mablag‘ keltirishi mumkin bo‘lgan
tovarlar. Ular diversifikasiya yoki tadqiqotlarni rivojlantirishga mo‘ljallangan
moliyaviy mablag‘larning manbalari hisoblanadi. Bu erda ustuvor strategik maqsad
«hosilni yig‘ib olish»dan iborat bo‘ladi.
-«Itlar» (sekin o‘sish/kichik ulush): bozordagi eng ko‘ngilsiz holat. Odatda
xarajatlar jihatdan yomon ahvolda bo‘ladilar va shuning uchun bozor ulushining
ko‘payish ehtimoli kam bo‘ladi, buning ustiga bozordagi kurash asosan yakunlangan
bo‘ladi. Odatda bunday tovarlarning saqlab turilishi katta moliyaviy sarf-xarajatlarga
olib kelib, ahvolning yaxshilanish ehtimoli kam bo‘ladi. Bu holatdagi ustuvor
strategiya qayta investitsiyalash va kamharajatlikdir.
-«So‘roq belgilari» (tezkor o‘sish/kichik ulush): bu guruhdagi tovarlar o‘sishni
qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘lar talab qiladi. Ularning ahvoli peshqadamga
qaraganda unchalik yaxshi bo‘lmasa ham, ularda ma’lum darajada muvaffaqiyat
qozonish ehtimoli bor, chunki bozor hali kengayib bormoqda. Bu tovarlarga
moliyaviy yordam ko‘rsatib turilmasa, ular hayotiylik davri bo‘ylab harakatlanish
davomida «itlar»ga aylanib boradi. SHuning uchun bu erda muqobil variant bor:




125

bozor ulushini oshirish yoki qayta investitsiyalash.
-«Yulduzlar» (tezkor o‘sish/yuqori ulush): tezkor o‘sib borayotgan bozordagi
peshqadam tovarlar. Bu tovarlar ham o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun katta
mablag‘larni talab qiladi, ammo bunday tovarlar raqobatbardosh bo‘lganligi tufayli
katta daromad keltiradi; bozor etilib borgan sari avvalgi «sog‘in sigirlar»ning o‘rnini
egallaydi.
Punktir chiziqlar - ushbu ob’ektlarning xarajatlarini anglatadi.
To‘g‘ri chiziqlar - “sog‘in sigirlar” dan tushgan mablag‘larni taqsimlash
yo‘nalishini belgilaydi.
Kelgusida BKG matritsasini qo‘llash ko‘lami bir muncha kengayadi. U bir
tarmoqda raqobatda bo‘lgan firmalar mavqeini tahlil qilishda qo‘llana boshladi.
Bundan tashqari, “yovvoyi mushuklar” guruhiga kiruvchi raqobatchilarni “so‘roq”
yoki bo‘lmasa “murakkab go‘dak” tarzida ham ifodalash ko‘pgina chet el adabiyotida
uchraydi. Ba’zi adabiyotlarda esa gorizontal o‘qlarning joylashuvi chapdan o‘ngga
qarab o‘sib borish tartibida tasvirlanadi. SHu tufayli ushbu BKG matritsasining bir
muncha takomillashgan tasvirda uchrashiga ijobiy yondashish kerak.
Demak, keltirilgan BKG matritsasi yordamida 2 vazifani hal etish mumkin:
1) bozordagi mavqe xususida qaror qabul qilish;
2) SXZ(strategik xo‘jalik zonalari) ni kegusida moliyaviy ta’minlash xususida
axborot olish.
SHu bilan birga, BKG matritsasidan foydalanishda ayrim kamchiliklar ham
mavjud.
Jumladan, nobarqarorlikni nazarda tutish mumkinligi, har bir SXZ uchun
mahsulot va texnologiyalarning hayotiy davrlarni hisobga olish qiyinligi. Demak,
BKG matritsasi - agar kelgusida o‘sish sur’atlari ishonchli o‘lchov vositasi bo‘lsa, va
raqobatda bozor ulushiga asoslanib mavqeini aniqlash imkoni bo‘lsada uni qo‘llash
samarali hisoblanadi.
SXZ(strategik xo‘jalik zonalari) - tashqi muhit sharoitlariga moslashish,
kelgusi bozor va talab ko‘lami o‘zgarishlarini inobatga olish va firma ravnaqi uchun
samarali bo‘lgan strategiyani amalga oshiruvchi tayinli strategik vazifalarni hal




126

etuvchi bo‘linma.
SXM(strategik xo‘jalik markazi) - firma ichki muhitida barcha vakolat va
mas’uliyat bilan ta’minlangan tashkiliy tuzilma.
Strategiyani amalga oshirish dastaklari o‘zaro bog‘langan va bir-birini
to‘ldiruvchi yalpi tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Strategik rejani aniqlashda uning
maqsadi, uslubi, taktik o‘zgartirishlar, tadbirlar etakchi o‘rin egallaydi. SHu nuqtai
nazardan strategik rejalashtirish jarayonini keng ko‘lamda ko‘rib chiqamiz.
Strategiyani amalga oshirishda qo‘llaniladigan dastaklarni quyidagi tizimda
ifodalash mumkin: tashkiliy konsepsiya, taktika, siyosat, tadbirlar, qoidalar va
huquqiy asoslar.
Agar amaldagi va kelgusidagi raqobat o‘ta murakkab bo‘lsa, bu ikki o‘lchamli
matritsada imkoni boricha nisbatan barqaror ko‘rsatkichlarni ifodalash zarurati
vujudga keladi.
Bundan tashqari Artur D.Littl tomonidan ham matritsa ishlab chiqilgan
Artur D Littl matritsasi
ren
tab
elli
k
Ra
qo
ba
tli t
ava
kka
lch
ilik
Tabiiy o’sish
Saylanma o’sish
Faoliyatni tugatish
Raqobatchiga nisbatan holat
Yetakchi
Kuchli
Yaxshi
Yaxshi emas
2-darajali
Sektorning yetukligi
Kir
ish
O’s
ish
Yet
ukl
ik
Pas
ayi
sh


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin