O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 Ichki va tashqi muvozanat modeli



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
makroiqtisodiyot

 
20.3. Ichki va tashqi muvozanat modeli
Tadqiqotlar ko’rsatishicha odatda yalpi talabni tartibga solish orqali faqat 
ichki muvozanatga erishish uchun yo’naltirilgan iqtisodiy siyosat ba’zi 
hollardagina bir vaqtda tashqi muvozanatga olib keladi. Xuddi shunday holat 
tashqi muvozanatni asoslangan holda tartibga solishda ham yuzaga keladi. Shu 
sababdan ham ichki va tashqi balansga bir vaqtda erishish juda qiyin hal etiladigan 
masala hisoblanadi.
Ushbu muammoni tahlil qilish davomida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va 
amalga oshirishning fundamental tamoyili aniqlangan. Bu tamoyil Ya. Tinbergen 
tomonidan yaratilgan bo’lib, unda ikki bir-biriga bog’liq bo’lmagan maqsadlarga 
erishish uchun iqtisodiy siyosatning hech bo’lmaganda ikkita bir-biriga bog’liq 
bo’lmagan vositalari talab etiladi. Muvofiq ravishda iqtisodiy siyosatning uchta 
maqsadiga erishish uchun uchta vositasidan foydalanish zarur va hakozo. Ikki 
maqsad sifatida ichki balans, ya’ni ishsizlikning tabiiy darajasi va past yoki nollik 


222 
inflyatsiya bo’lganda ishlab chiqarishning hohlangan hajmiga erishish hamda 
tashqi balans, ya’ni to’lov yoki savdo balansi nolga teng bo’lishiga erishish 
qatnashadi. 
R. Mandell ishlarida pul-kredit va byudjet-soliq siyosati vositalaridan 
foydalanish, bu model kapitalning xalqaro harakatini ko’zda tutgan sharoitda bir 
vaqtda ichki va tashqi muvozanatga erishishga imkon beradi. 
Ichki va tashqi muvozanat muammosining nazariy jihati ko’pincha IS-LM 
ning bir muncha modifikatsiyalangan modeliga to’lov balansi muvozanatini 
ko’rsatuvchi VR chizig’ini qo’shib qo’llash sifatida qaraladi. Bu model valyuta 
kursining turli tartiblari uchun quriladi. Mukammal kapital harakatiga ega bo’lgan 
kichik ochiq iqtisodiyot Mandell-Fleming modeli yordamida tahlil qilinishi 
mumkin. R. Mandell va M.Fleming o’z tadqiqotlarida pul-kredit va byudjet-soliq 
siyosati ichki va tashqi muvozanatga turli nisbiy ta’sir o’tkazishini aniqladilar.Ular 
qayd etilgan ayirboshlash kursida monetar siyosat to’lov balansini tartibga 
solishda, fiskal siyosat esa ichki muvozanatni tartibga solishda nisbiy afzallikka 
ega ekanligini ko’rsatdilar. Bu qoidani Mandellning samarali bozorni sinflash 
tamoyili deb atashadi. 
Suzib yuruvchi ayirboshlash kursida ichki va tashqi muvozanatni 
ta’minlashda pul-kredit hamda byudjet-soliq siyosatining natijalari aksincha 
bo’ladi, ya’ni byudjet-soliq siyosati tashqi savdo va to’lov balansini tartibga solish 
orqali tashqi balansni, pul-kredit siyosati esa ichki balansni ta’minlashda nisbiy 
afzallikka ega bo’ladi. 
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash modeli XVF qarzlari hisobiga 
barqarorlashtirish siyosati va tarkibiy qayta qurishlarni o’tkazgan ko’plab 
mamlakatlar tomonidan qo’llanilgan. XVF dasturlarida bu modelda uchta maqsad 
va uchta vosita qo’llanilgan. Bu modelga muvofiq, byudjet-soliq siyosati ichki 
balans bilan, real valyuta kursi joriy operatsiyalar hisobi bilan, pul-kredit siyosati 
xorijiy valyutaning zahiralari hajmi bilan bog’langan.Bu modelda tashqi balans 


223 
maqsadi ikki tarkibiy qismga, ya’ni joriy operatsiyalar hisobi va valyuta zahiralari 
darajasiga ajratiladi. Bunda quyidagi uchta qoida qo’llaniladi: 
1)
agar inflyatsiya juda yuqori bo’lsa, byudjet taqchilligini kamaytirish 
kerak; 
2)
agar joriy opreatsiyalar hisobi taqchilligi yuqori bo’lsa, real 
ayirboshlash kursini pasaytirish zarur; 
3)
agar xorijiy valyuta zahiralari juda kam yoki juda tez qisqarayotgan 
bo’lsa, pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish lozim. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin