4-BOB. UZOQ MUDDATLI MOLIYALASHTIRISH UCHUN
MABLAG’LAR MANBALARI
Ushbu bobda biz quyidagi masalalarni ko„rib chiqamiz:
o‘z (aksiyadorlik) kapitali;
qo‘shimcha aksiyadorlik kapitalini jalb qilish usullari;
imtiyozli aksiyalar;
obligatsiyalar va qarz majburiyatlari;
konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar;
varrantlar;
aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar orqali moliyalashtirish.
Kirish
Avvalgi boblardan ko‘rishimiz mumkinki, kompaniyalar o‘z faoliyatini uzoq muddatli moliyalashtirish uchun yo aksiyadorlardan, yoki qarz olish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qiladilar. Har bir moliyalashtirish usullari (aksiyadorlik yoki qarz) doirasida bir nechta ko‘rinishlari mavjud. Moliyalashtirishning muhim metodlaridan biri - konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar [convertible loan stock] - umuman olganda aksiyadorlik hamda qarz orqali moliyalashtirish elementlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Ushbu bobda biz moliyalashtirishning turli ko‘rinishlari bilan tanishamiz. Kompaniyaning moliyaviy maqsadi aksiyadorlar farovon- ligini maksimallashtirish ekanligidan kelib chiqqan holda, biz har bir ko‘rinishlarni aksiya egalarining manfaatlariga ularning ta‘siri kontekstida ko‘rib chiqamiz. Biz shuningdek, potensial investorlar uchun moliyalashtirish ko‘rinishlarining jozibadorligini baholashga urinib ko‘ramiz.
Kapitallarning birlamchi bozori
Haqiqatda biz kapitallar bozorini uning asosiy funksiyasi, ya‘ni yangi kapitallar bozori doirasida ko‘rib chiqamiz. Birlamchi kapitallar bozori (primary capital market) bir joyda joylashmagan. Bu chegaralari aniq belgilanmagan bozor. Aslida kapital yetkazib beruvchi hamda undan foydalanuvchi o‘rtasidagi ixtiyoriy bog‘lanish nuqtasi - bu birlamchi kapitallar bozorining bir qismidir. Buyuk Britaniyada u, ikkilamchi bozorning eng muhim qismi sifatida ko‘proq ma'lum (ya'ni “ishlatilgan” (second hand) aksiyalar va qarz majburiyatlari bozorini) shuningdek, birlamchi bozorning muhim sektori hisoblangan London fond birjasini (LFB) o‘z ichiga oladi. Biroq birlamchi bozor ko‘p miqdordagi boshqa institut va tashkilotlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Biz ikklamchi kapitallar bozorini keyingi boblarda ko‘rib chiqamiz.
Hozirda Buyuk Britaniyada moliyalashtirishning muhim manbasi bo‘lib, mamlakat hukumati va Yevropa ittifoqi tomonidan taqdim etilayotgan grantlar hisoblanadi. Biz ularni to‘liq ravishda ko‘rib chiqamiz.
Omillar
Kompaniya va uning aksiyadorlari nuqtayi nazaridan, har bir alohida olingan moliyalashtirishning yangi manbasiga taalluqli bir nechta muhim faktorlar mavjud:
qarz mablag‘larini jabl qilishga ma'muriy va yuridik xarajatlar;
kapitalga xizmat (servicing) qilish qiymati, masalan foizlarni to‘lash;
foiz to‘lovlari va shunga o‘xshash to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar darajasi;
kreditni qoplash bo‘yicha majburiyatlar darajasi;
moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha soliq chegirmalarining mavjudligi;
qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni kompaniya aksiyadorlari tomonidan kompaniya faoliyatini nazorat qilish darajasiga hamda ular faoliyati erkinligiga ta‘siri.
Kompaniyaning moliyaviy mablag‘larni potensial yetkazib beruvchisi uchun muhim omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanishi mumkin:
investorlar tomonidan kutilayotgan daromadlilik darajasi;
kutilayotgan daromadlarga muvofiq risklilik darajasi;
qabul qiluvchi kompaniya tomonidan mablag‘larni bevosita to‘ldirish orqali yoki ikkilamchi bozor yordamida qo‘yilmalaming potensial likvidliligi;
investorlarning investitsiyalashdan daromadiga qo‘llaniladigan individual soliq holati;
investitsiyalash natijasida investorning kompaniya ishiga ta‘sir yoki nazorat darajasini qo‘lga kiritishi.
Bu bobda biz har bir ko‘rib chiqilayotgan moliyalashtirish usulini ushbu omillar doirasida baholab chiqamiz. Qayd etish lozimki: moliyaviy mablag‘lar yetkazib beruvchi uchun muhim narsalar, kompaniya aksiyadorlari va manedjerlari uchun vaqtinchalik manfaatini tavsiflaydi. Bu omillarning barchasi moliyaviy resurslarning aniq bir turining (investitsiya sifatidagi) jozibadorligiga, shu bilan birga, ushbu usul orqali qo‘shimcha mablag‘larni samarali jalb etish ehtimoliga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |