O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Investitsiya qarorlarini nomoliyaviy baholash



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə47/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Investitsiya qarorlarini nomoliyaviy baholash
Barcha kompaniyalar o‘z investitsiya qarorlarini ham imkoniyat bo‘yicha faqatgina qisman miqdoriy, moliyaviy baholashga asoslashiga oid dalillar mavjud. Chen (Chen, 1995) fond birjasida ro‘yxatga olingan 115 ta yirik Amerika sanoat kompaniyalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. U AQSH firmalarini tadqiq qilgan avvalgi tadqiqotchilar kabi ularning o‘rtasida moliyaviy baholashning umume‘tirof etilgan usullari ommaviyligini aniqladi. Umuman, diskontlash usullari (NPV va RR) PBP yoki ARR ga nisbatan mashhurroq edi, ammo investitsiyalarning barcha turlari uchun nomoliyaviy usullar diskontlash usullari singari juda yuqori kotirovkalangan va PBP yoki ARRni ancha ortda qoldirgan.
Mazkur holatda nomoliyaviy usullar muayyan investitsiya loyihasi kompaniyaning umumiy strategiyasiga qanchalik mos kelishi, o‘sish salohiyatiga egaligi va mahsulotning raqobat vaziyatini va umuman kompaniya ahvolini yaxshilashga qodirligini tahlil qilishni o‘z ichiga olgan.
Ta'kidlash mumkinki, ushbu “nomoliyaviy” yondashuvlar,
mohiyatan, moliyaviy sanaladi, ammo ularni miqdoriy ifodalash qiyin. Misol uchun, kompaniya kapitalni o‘zining umumiy strategiyasiga mos usulda joylashtirishni xohlaydi, chunki bu uzoq muddatda istiqbolda 79
boylikni oshirish uchun maksimal salohiyatga ega bo‘ladigan sohalarda olib keladi, deb hisoblaydi.
Korporativ strategiya va investitsiyaviy baholash o‘rtasidagi o‘zaro aloqa keyingi boblarda muhokama qilinadi.
REZYUME
Sof keltirilgan qiymat (NPV)
  • NPV = investitsiyalashdan pul oqimlarining diskontlangan qiymati miqdori.


  • Pul vaqt qiymatiga ega.


  • Qaror qabul qilish qoidasi: musbat NPVga ega barcha investitsiyalar aksiyadorlarning farovonligini oshiradi; NPV qancha katta bo‘lsa, loyihaning farovonligi va jozibadorligi shuncha yuqori bo‘ladi.


  • Foiz stavkasi o‘zgarmasligi sharti bilan pul oqimining keltirilgan qiymati(Sn ) = Sn /(1 + r)n


  • Diskontlash turli davrlarga tegishli pul oqimlarini umumiy baholash bazasiga olib keladi (keltirilgan qiymat), bu esa ularni bevosita taqqoslash imkonini beradi.


  • NPV bo‘yicha xulosalar:


  • Ushbu usul aksiyadorlarning farovonligini oshirish vazifasi bilan bevosita bog‘liq;


  • usul pul oqimlari harakatining vaqt jihatini hisobga oladi;


  • usul barcha muhim ma‘lumotlarni hisobga olish imkonini beradi;


  • usul amaliy va foydalanuvchilarga aniq va bir ma‘noli signal beradi.





Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin