Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə50/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Nazorat uchun savollar: 
1. Menejerlar uchun xodimlar bilan muloqotning ahamiyati qanday?
2. Strategiyani qo’llab-quvvatlovchi muhit va madaniyat qanday yaratiladi?
3. Tashkilotdagi ichki muhitning o’zgarish imkoniyatlari qanday
ta’minlanadi?
4. Jamoaning kompaniya siyosatiga moyilligiga qanday erishiladi?
5. Xulq-atvorning etika normalari qanday ta’minlanadi?
5. Korporativ madaniyatga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish jarayonini
boshqarish qay tarzda amalga oshiriladi?

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Лапыгин Ю.Н. Стратегический менеджмент. Учебное пособие. - М.:
Эксмо, 2010. - 72 - 74 с.
2. Маленков Ю.А. Стратегический менеджмент. Учебник. - М.:
Проспект, 2009. - 74 - 78 с.
3. Львова Д.С., Гранберг А.Г. Стратегическое управление: регион, город,
предприятие. Учебное пособие. – М.:ЗАО «Экономика», 2009. - 92 - 95 с.
4. Гурков И.Б. Стратегический менеджмент организации. Учебное
пособие. – М.: ТЕИС, 2008.- 105 - 108 с.
5. Аналоун Фархад Стратегический менеджмент малых и средних
предприятий. Учебник. Пер с. англ. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008.- 101 - 104 с.
5. Грант Р.М. Современный стратегический анализ. Учебное пособие.
Питер, 2008.- 86 - 89 с.
7. Трэттон Линда Живая стратегия. Учебное пособие.-М.; 2008.- 96-98 с.





6-MAVZU. KORXONA BOSHQARUVI FUNKSIONAL 
TUZILMALARINING STRATEGIK AFZALLIKLARI VA 
KAMCHILIKLARI 
Reja: 

6.1.Boshqarish strukturasining mohiyati.


6.2.Boshqarish strukturasining turlari.
6.3.Boshqaruv metodi tushunchasi.
6.4.Boshqaruv metodlari.
6.1.Boshqarish strukturasining mohiyati. 
Struktura” lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro
bog’liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi
va funktsiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va
bo’g’inlarining majmuasi tushuniladi.
Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar
tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarining yuqori organlariga
bqysinish va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini
tashkil qiladi. Bunday struktura odatda “boshqaruv apparati strukturasi” deb
yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati,
korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi.
Bunda boshqarishni tashkl etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish
jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat
ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar
o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari
va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.



Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari


korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga
xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.
Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari,
ob’ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv
bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin