Yangi klassiklar, marjinalizm metodologiyasiga suyangan holda, iqtisodiy
fanning asosiy bo’limlarini o’z ichiga oluvchi bir butun nazariy sistema yaratdilar.
Xususan, firma daromadlarni taqsimlash, bozor muvozanati nazariyalari ancha
takomillashtirildi, iste’mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar uchun)
muvozanat
nazariyalari yaratildi. O’sha davrdagi yangi klassiklarning ilmiy qarashlari uning
atoqli vakillaridan biri, kembridj maktabining rahnomasi Alfred Marshallning (1842-
1924) «Ekonomiks printsiplari» (1890) kitobida ancha sistemalashtirilgan ko’rinishda
ifodalangan. Mazkur asar birinchi katta darslik vazifasini o’tagan. Unda talab va
taklif to’g’risidagi kontseptsiyalar birlashtirilgan va ayrim bozorlarni o’rganish uchun
matematik dastaklardan keng qo’llanilgan. A.Marshall va uning hamfikrlari xizmati
tufayli yangi klassik nazariya XX asrning 30 - yillarigacha
iqtisodiy fanda etakchi
o’rinni egallab keldi.
A.Marshall marjinalizm g’oyalarini mustaqil (Jevonsga bog’liq bo’lmagan
holda) va o’ziga xos uslubda rivojlantirdi. Klassik maktab (Smit, Rikardo, Mill) va
marjinalizm (Mengerdan Valrasgacha) yutuqlarini birlashtiruvchi bir butun nazariy
sistema yaratdi.
123
Qiymat (qimmat) va narxning shakllanishi nazariyasi.
Iqtisodiy fikrlar tarixida eng qiyin va murakkab muammolardan biri - qiymat
muammosi hisoblanadi. A.Marshallning asari vujudga kelgunga qadar tovar qiymati
muammosiga bo’lgan ikki xil yondashuv mavjud bo’lgan: qiymat yo ishlab chiqarish
xarajatlari bilan, yoki tovarning foydaliligi va noyobligi bilan aniqlangan. Birinchi
yondashuvga muvofiq, boylikning o’sishi yo resurslar (mehnat, kapital va er)ning
unumdorligi
natijasi, yoki ishlab chiqarish omillari egalarining kelgusida
daromadlarni ko’paytirish maqsadida bugungi ne’matlardan voz kechishi oqibatidir.
Ikkinchi yondashuvga (me’yorli foydalilik nazariyasi) ko’ra, qiymatning asosida
bozor qatnashchilari tomonidan buyumning foydaliligiga berilgan sub’ektiv baho
yotadi. Bu borada turli yondashuv vakillari o’rtasidagi baxslar ko’pincha abstrakt,
behuda, samarasiz va quruq safsatadan iborat bo’lgan.
Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, A.Marshall bu baxslarga nuqta
qo’ydi va zamonaviy mikroiqtisodiy tahlil asosini yaratdi (iqtisodiy fikrlar tarixi
bo’yicha ba’zi
kitoblarda esa, hatto fandagi «marshall inqilobi» to’g’risida ham gap
yuritiladi). Uning xizmati shundan iboratki, u qiymatning birinchi (asosiy) sababini
qidirishni tahlil qilishdan talab va taklifning shakllanish va o’zaro ta’sir ko’rsatish
qonuniyatlarini o’rganishni tahlil qilishga o’tishning zarurligini asoslab berdi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, A.Marshall qiymat nazariyasini baho nazariyasi (yoki
bozor muvozanati nazariyasi)ga turlantirdi.
A.Marshall marjinalistlar yutug’iga yuqori baho bergan holda, ularning klassik
maktabni va D.Rikardoning xarajatlar nazariyasini bir tomonlama tanqid qilganini
ko’rsatib o’tdi. Marjinalistlar qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’lab
tushuntirishni rad etgach, tovar qiymatining (qimmat) asosini uning foydaliligi tashkil
etadi deb, mazkur muammoga bir tomonlama yondashdilar (ular qimmatni faqat
me’yorli foydalilik bilan tushintirdilar). A.Marshall me’yorli foydalilik nazariyasini
talab va taklif nazariyasi bilan va ishlab chiqarish xarajatlari
nazariyasi bilan
birlashtirdi. A.Marshallning tasdiqlashicha, ishlab chiqarish xarajatlari printsiplari va
me’yorli foydalilik – talab va taklif qonunnining tarkibiy qismlaridir. Ularning har
qaysisini «qaychining tig’laridan biriga qiyoslash mumkin. Agar bir tig’ qo’zg’almas
bo’lib va qirqish ikkinchisining harakati tufayli amalga oshirilayotgan bo’lsa, biz
beparvolik bilan lo’nda qilib ikkinchisi qirqayapti deb aytishimiz mumkin…».
Marjinalistlarning xatosi talab va taklif simmetriyasiga etarlicha baho bermaslikdan
iborat, yutug’i esa ulargacha mensilmasdan kelingan talab muammosiga e’tiborni
qaratganligidadir.
O’z mohiyatiga ko’ra, A.Marshall bo’yicha, real qiymat – bu talab va taklif
ta’sirida shakllanadigan muvozanat baho. Bunda
talab ham, taklif ham teng huquqli
omil sifatida amal qiladi. A.Marshall yo taklifni (klassik nazariya), yoki talabni
(me’yorli foydalilik nazariyasi) hal qiluvchi omil sifatida ko’rsatishga bo’lgan
urinishlarning har ikkalasi noto’g’ri ekanligi ko’rsatib berdi. Shu asosida A.Marshall
oldingi qiymat nazariyalaridan eng muhim qoida va kontseptsiyalarni olib bir butun
sistemaga birlashtirdi. Masalan, sarfli qiymat nazariyasi bozor taklifining shakllanish
124