Talab va taklif.
A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga
alohida e’tiborni qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: «Sotilishi ko’zda tutilgan tovar
miqdori qancha ko’p bo’lsa, unga qo’yiladigan baho shuncha past bo’lishi kerak,
negaki u o’z xaridorlarini topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar
miqdori ko’payadi, baho oshganda esa - kamayadi. Bunda bahoning pasayishi bilan
talabning oshishi o’rtasida qat’iy o’rnatilgan bir xil nisbat bo’lmaydi».
O’z mohiyatiga ko’ra A.Marshall me’yorli foydaliliklar tengligi qonuniga
asoslangan holda, foydalilik funktsiyasidan talab egri chizig’ini keltirib chiqargan
birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi:
MU
x
/P
x
=MU
y
/P
y
=…MU
e
Bunda MU
x
– x tovarning me’yorli foydaliligi, R
x
– usha tovarning bahosi, MU
e
–
pulning me’yorli foydaliligi. Bu qonunni uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash
mumkin. Iste’molchi o’z ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1) xarid
qilingan barcha tovarlarning me’yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) iste’mol
qilinadigan har bir juft tovarning me’yorli foydaliliklari nisbatini va baholar nisbatini
tenglashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan har bir tovar pul qiymatining
me’yoriy foydaliligini tenglashtirsa.
Iste’molchi muvozanatga erishdi, R
x
bahosi esa pasayapti, deb faraz qilaylik.
Unda MU
x
>P
x
MU
e
,
va muvozanatni qaytadan tiklash uchun x tovarni ko’proq sotib
olish kerak bo’ladi, MU
x
miqdorini kamaytirish maqsadida. Haqiqatan ham,
tovarning bahosi pasaysa iste’molchi uni sotib olishni ko’paytiradi, negaki bunday
tovarning bahosi pasayganda iste’molchi bir so’mga har qanday boshqa tovarga
qaraganda ushbu x tovardan ko’proq foydalilik oladi. Me’yorli foydalilikning
pasayishi x tovarning xaridi ko’paygan sari MU
x
pasayishini kafolatlaydi. Demak,
iste’molchi o’zining daromadlari va narx darajasiga qarab ehtiyojini doimo maksimal
qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig’ining teskari nishobligi vujudga
keladi.
Bu dalil isbotlar shu narsani ko’zda tutadiki, x tovarning narxi pasayishi
natijasida individning daromadi ko’paymaydi, buning natijasida MU
x
ning miqdori
moslashish jarayoni davomida doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o’zining
barcha xarajatlarining me’yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real
daromadi oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag’larining me’yorli foydaliligini
pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham xaridini
ko’paytirishga olib keladi. Bunday sharoitda daromad samarasi ijobiy hisoblanadi va
125
biz x ga teskari nishabli va talabning daromadga bog’liq bo’lgan ijobiy nishabli talab
egri chizig’iga ega bo’lamiz.
Bundan tashqari, bu erda foydalilik funktsiyalarining additivligi
1
taqozo
etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi boshqa tovarlarning
foydaliligiga bog’liq bo’lmaydi. Haqiqatda esa ularning o’rtasida bog’liqlik amal
qilishi mumkin bo’lib, bunday bog’liqlik natijasida u - miqdori ko’payganda MU
x
kamayadi yoki ko’payadi. Bu tahlilni yana ham murakkablashtiradi.
Agar yuqorida aytilganlarni grafik ko’rinishida ifodalasak, unda koordinatlarda
(baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi: pastga yo’naltirilgan D talab
egri chizig’i bilan yuqoriga yo’naltirilgan S taklif egri chizig’ining kesishishi. D egri
chizig’i iste’molchi uchun mazkur tovarning me’yorli foydaliligining pasayish
qonunini ifodalasa, S egri chizig’i me’yorli xarajatlarning oshib borishini ifodalaydi.
Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni bildiradi va ushbu baho xaridorlar
sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu
ikki miqdor faqat muvozanat baho paytida bir biriga to’g’ri keladi. Qachonki taklif
bahosi talab bahosi bilan tenglashsa muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P
1
–
muvozanat baho. Ushbu bahoda sotuvchilar bir xil Q
,
miqdordagi tovarni sotishni
xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni;
P
1
0
Q
1
Q
2-Rasm
Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo’lsa, sotuvchilar ko’p miqdorda tovar
sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar sotib olmaydilar va natijada
baho pasayadi. Agar baho muvozanat bahodan past bo’lsa, unda xaridorlar sotib
olishni xohlaydigan hajmdagi tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo’q va
natijada baho pasayadi. Bu jarayon qachonki sotish bahosi muvozanat bahoga teng
bo’lganda tugallanadi. Avval ko’rib chiqqanimizdek, bozor qiymati me’yorli
foydalilik va me’yorli xarajatlar bilan aniqlanadi.
Demak, D talab egri chizig’i teskari nishablikka ega, negaki baho oshib
borishi bilan odatda tovarga bo’lgan talab kamayadi. Lekin qanday darajada
kamayadig’ A.Marshall bu sovalga javob berish uchun talab elastikasi tushunchasini
kiritadi. Baho bo’yicha talab elastikasi TE baho muayyan darajada pasayganda talab
1
Additivlik (lat), ob’ektning miqdor xossasi: uni qanday bo’lishdan qat’iy nazar, bir necha bo’laklarga
bo’lganda, shu bo’laklar qiymatlari yig’indisiga teng bo’ladi. Masalan, A ning hajmi uning bo’laklari
hajmlarining yig’indisiga teng.
126
qanday miqdorda o’sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday
miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo’ladi, agar baho 1 % ga pasayganda sotish
1 % ga oshsa; TE=2,5 bo’ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa
va hokazo.
Agar talab egri chizig’ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo’lsa, unda
ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o’zgirishi mazkur tovarni sotishga ta’sir
ko’rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE<1 bo’lsa, unda sotish miqdorining ancha
kamayib ketishdan qo’rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo’lsa, unda
bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko’paytirishi mumkin. Boshqacha
aytganda talab noelastik bo’lganda foyda bahoning o’sishi hisobiga ko’payishi
mumkin, talab elastikasi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish
mumkin.
Talabning elastikligi iste’moldagi tovarlarning bir-birlarining o’rnini osongina
bosa olishiga bog’liq. Shuning uchun ommaviy iste’mol tovarlariga bo’lgan talab
kam elastik bo’ladi.
Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mumkin emas, negaki
talab va taklifga vaqt tushinchasi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi va shu bois uni tahlil
qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan davr qancha qisqa bo’lsa, talabning qiymatga
bo’lgan ta’siri shuncha kuchli bo’ladi, bu davr qancha uzoq bo’lsa, ishlab chiqarish
xarajatlarining qiymatga bo’lgan ta’siri shuncha kuchayib boradi.
Shu sabali A.Marshall bir zumli, qisqa muddatli va uzoq muddatli muvozanat
turlarini ajratib ko’rsatib beradi. Bir zumli muvozanatda taklif o’zgarmaydi. Bunday
sharoitda keskin oshgan talab qondirilishi mumkin emas (band bo’lmagan
quvvatlardan foydalanish yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak
bo’ladi). Bu vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor
bahoni oshirish hisobiga qo’shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, tirik baliq
bozorida baliqqa bo’lgan talab oshdi deylik. Baho ko’tarildi, lekin o’sha kuni
sotuvchilar taklifni ko’paytira olmaydilar (yangisini olib kelishga ulgurmaydilar).
Shuning uchun taklif egri chizig’i to’g’ri chiziq (S) ko’rinishida bo’ladi. Yuqorida
qayd qilib o’tkanimizdek baho oshadi (P
1
dan P
2
ga, 3-rasm).
P
S
P
2
E1
P
1
E0
D2
D1
Q
1
=Q
2
Q
3-Rasm
Qisqa muddatli muvozanat amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlari
hisobiga o’sgan talabni qondirish uchun taklifni ko’paytirish imkonini beradi. Agar
bozorda baliqga bo’lgan talab bir necha kun davomida ancha yuqori bo’lsa, unda
127
baliqchilar qo’shimcha ishchi kuchi, oshiqcha to’r va boshqa anjomlar hisobiga baliq
tutishni ko’paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q
1
dan Q
3
ga oshadi (4-rasm).
Baho qanday bo’ladig’ U pasayishga intiladi (P3
P
S
E2
P
3
P
1
E0
D2
D1
Q
1
Q
3
Q
4-rasm
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha oladi, negaki
uning uchun vaqt etarli bo’ladi. Bu davr ichida ishlab chiqarish quvvatini, ishlab
chiqarishni tashkil qilish uslubini o’zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi
texnalogiyalarni qo’llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori
talab (D
2
egri chizig’i) va shunga muvofiq yuqori narx (P
4
) uzoq muddat saqlanib
turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ishlab
chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar (yangi baliq tutish kemalari,
omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi
ishlab chiqaruvchilar kirib keladi. Taklif (Q
3
dan Q
4
ga) ko’payadi, baho esa (P
3
dan
P
4
ga) pasayadi (5-rasm).
P
E3 S
R
4
R
1
E0
D2
D1
Q
1
Q
4
Q
5-rasm
Bu erda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli davrda bahoni
shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif o’zgaruvchan emas), uzoq muddatli
davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham
eng avvalo xaridorlarning hatti harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq
muddatli davr mobaynida baho o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga
yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo’ladi (klassik maktab). Klassiklarning bu
128
nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to’g’ri amal qilishini ularning o’zlari
ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda o’z tadqiqotlarida qayd qilib o’tmaganlar.
1> Dostları ilə paylaş: |