Ijtimoiy me’yorli foydalilik.
Bozorda har bir sub’ekt o’ziga keragidan ortiqcha tovarlarini (sub’ekt uchun
me’yorli foydaliligi nisbatan katta bo’lmagan) sotish va o’zi ehtiyoj sezgan tovarni
(uning me’yorli foydaliligiga nisbatan yuqori) sotib olish yuzasidan ish yuritadi.
Kishilarning manfaatlari to’qnashadi va iste’molchilar bilan sotuvchilarning sub’ektiv
baholashi yagona ijtimoiy qiymatni keltirib chiqaradi. Agar bozorda faqat bitta
sotuvchi (uning uchun sotilayotgan tovarning me’yorli foydaliligi, masalan, 100 pul
birligiga teng) va bitta (300 pul birligiga teng) xaridor bo’lsa, unda narx 100 dan 300
gacha bo’lgan chegarada tebranib turadi. Lekin bozor ishtirokchilari qancha ko’p
bo’lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo’ladi (Edjuort
teoremasiga muvofiq).
E.Bem-Baverk o’nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot bozorini
misol qilib keltiradi. Har bir xaridor o’zining yuqori narx chegarasiga ega («undan
qimmatiga olmayman»), har bir sotuvchi esa - quyi narx chegarasiga («undan kamiga
sotmayman»). 2-jadvalga qarang. Bir ot uchun belgilangan narx 120 pul birlik
bo’lganda bozorda 10ta xaridor va 2 tagina sotuvchi qoladi. Bunda talab taklifdan
oshib ketadi va narx albatta ko’tariladi (xaridorlar o’r
tasida raqobat natijasida).
Xaridorlar
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Qimmat bo’l-
masin (pul
birligidan)
300 280 260 240 220 210 200 180 170 150
Sotuvchilar
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Arzon bo’l-
masin (pul
birligidan)
100 110 150 170 200 215 250 260
Agar narx, masalan, 250 pul birligi darajasida o’rnatilsa, unda bozorda 7 ta
sotuvchi va 3 tagina xaridor qoladi. Taklif talabdan oshib ketadi. Endi sotuvchilar
o’rtasida raqobat kelib chiqadi, ular narxni pasaytira boshlaydilar. Narx 215 pul
birligidan sal pastga tushishi bilanoq, bu erda sotuvchilar bilan xaridorlar soni
tenglashadi (oltitaga oltita).
Shunday qilib, bunday bozorda bir otning narxi 210 va 215 pul birilgi o’rtasida
o’rnatiladi. Ana shu narx, faraz qilaylik, 212,5 pul birligi, mazkur bozordagi pul
birligiga nisbatan otning me’yorli foydaliligini ifodalab beradi: bu narxdan kamiga
hech kim sotmaydi, bu narxdan yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy
me’yorli foydalilikdir.
Dostları ilə paylaş: |