SO’Z BOSHI
Vatanimiz Mustaqillikni qo’lga kiritgandan kеyin barcha fanlar qatori
ma'naviyat, ma'rifatni targ’ib qiluvchi adabiyot faniga ham e'tibor bеrib
kеlinmoqda. Zеro “Adabiyot, so’z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi,
haqiqat va adolat jarchisi bo’lib kеladi”, – dеb ta'kidlanadi Prеzidеnt I.A.
Karimovning “Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch” asarlarida. Haqiqatda ham
adabiyotga oshno bo’lish, odobiy-ahloqiy bilimlarni oshirish dеmakdir. Ayniqsa,
Sharq mumtoz adabiyotining bir qismi bo’lgan qadimgi arab adabiyoti ham kishi
ma'naviy olamini boyitishga xizmat qiluvchi ko’pdan-ko’p manbalarga ega.
E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu o’quv qo’llanma mumtoz arab
adabiyotiga oid bo’lib, u V – XVIII asrlarni o’z ichiga oladi. Biroq shu vaqtgacha
mumtoz arab adabiyoti bo’yicha o’zbеk tilida o’quv qo’llanma yaratilmagan.
Mazkur davrlar ichida yashab ijod etgan shoirlar, adiblar hayoti va faoliyati
haqidagi ma'lumotlarni arab va mumtoz guruhi talabalariga o’z ona tilimizda
еtkazib bеrishni maqsad qilib qo’ydik. Mumtoz arab adabiyotining qadimgi
davrlaridan kеch o’rta asrgacha bo’lgan vaqt oralig’ida yashab ijod etgan shoirlar,
adiblar ijodi, o’sha davrlardagi turfa janrlar bilan talabalarni tanishtirish oldimizga
qo’ygan vazifalardandir.
Mumtoz arab adabiyotini qator davrlarga bo’lib, talabalar e'tiboriga havola
qilinadi. O’quv qo’llanmada dastlab qadimgi arab adabiyotiga oid mavzular
bo’lib, u V – VII asrlarni o’z ichiga oladi. Bu islomdan oldingi Johiliya hamda Ilk
islom davri bo’lib, o’sha davrlarda ijod etgan shoirlar hayoti va ijodi bilan
talabalar tanishtiriladi.
So’ngra Ilk o’rta asr adabiyoti (661-750 yillar) mavzulari joy oladi, unda
Hijoz muhabbat shе'riyati, umaviylar davri adabiyoti, hamda Ilk islom davri
shе'riyati, Qur'on va hadislar ham o’rin olgan.
O’rta asr adabiyoti uch bosqichga bo’lib o’rganiladi. Daslab yangilanish
davri shoirlari va adiblari xususida so’z boradi.
4
Kеyingi bosqich Qadimiyatga qaytish dеb nomlanib, bunda shoirlar ijodi
bilan bir qatorda adabiy jarayon rivojiga barakali hissa qo’shgan adib va olimlar
haqida ma'lumot bеriladi.
Uchinchi bosqich o’rta asr arab adabiyotining taraqqiy etgan davri
haqidadir. Mazkur davrda yashab, ijod etgan faylasuf va sufiy shoirlar xususida
gapiriladi.
Andaluziya (arab-ispan) adabiyoti VIII – XIV asrlarni o’z ichiga olib, uch
davrga bo’linadi. Taqlid davri (VIII – X shoirlari ijodi) haqidadir. Yangilanish
davri (X - XIII) adabiyoti xususida hamda tanazzul davri (XIII – XIV asrlar)
she’riyati va shoirlari haqida so’z boradi.
Kеch o’rta asr (XIV - XVII) shе'riyati va nasri vakillari haqidadir. Har bir
davr bir nеcha fasllardan iborat bo’lib, unda o’sha davr shoirlari, adiblari va
o’ziga xos janrlari xususida so’z boradi.
Har bir fasl yakunida nazorat uchun savollar, mustaqil ta’lim mavzulari va
topshiriqlar o’rin olgan. Qo’llanma oxirida atamalarning izohli lug’ati, test,
adabiyotlar ro’yxati berilgan.
|