Qasamki, siz ikki janob qanchalar oliyjanob ekansiz,
Har qanday holatda – oddiy tugunmi yoki chigalmi?
Siz aytdingiz: agar har tomonlama sulxga erishsak,
Boylik, hayrli so’z yordamida, qutulib qolamiz.
Shoir o‘z mu’allaqasida urushni va qabilani urushga tortganlarni qoralaydi,
tinchlikka rioya etishga va yomonlikni unutishga chaqiradi. U urushni qabilalarni
maydalab tashlovchi tegirmon toshiga o‘xshatadi. O‘z dalillarini obrazli shaklga
kiritib, ayni vaqtda u o‘z qasidasini «tartibga keltiradi», uni aniq-ravshan va
mantiqan izchil qiladi, barcha qismlarini yagona umumiy g‘oyaga bo‘ysundiradi.
32
Kompozision jihatdan Zuhayrning mu’allaqasi Imru-l-Qays yoki Tarafa
mu’allaqalariga qaraganda yaxlitroq asardir.
Ayni vaqtda Zuhayrning mu’allaqasida Imru-l-Qays asarlariga xos tiyraklik
va shiradorlik yo‘q. Arablar nazdida Zuhayr mulohazadorlik va ezgulikni, ayni
vaqtda Imru-l-Qays va Tarafa esa yengiltaklik va beg‘amlikni ifodalagan.
Hattoki Zuhayr qasidalaridagi lirik chekinishlar (muqaddima) ham
hissiyotning emas, balki aqlning hosilasi; ularning mavjudligi faqat an’ana tufayli
bo‘lgan. Shoirning hajviyasi juda tiyilgan va nasihatomuzdir.
Zuhayr hikmatlarida tushkunlik elementlari ko‘zga tashlanadi. U qabilalararo
nizolar,
o‘zboshimchalik va adolatsizlik hukmron bo‘lgan dunyoning
nomukammalligini keskin his qiladi. Zuhayr she’rlaridagi achchiq motivlar qabila
ideallarining poymol etilishi, bir vaqtlar mavjud bo‘lgan qabilaviy jipslikning
buzilishi, patriarxal badaviy axloqning tanazzuli bilan bog‘langan.
Arablarda Zuhayr tavsiflashning eng zo‘r ustasi hisoblangan. Uning ta’riflari
harakatga to‘la, bo‘yoqdor, lo‘nda va aniq. Ularda shoirning she’riy xayolotlari
kuchiga qaraganda, uning nihoyatda ajablanarli kuzatuvchanligi ko‘proq namoyon
bo‘lgan. Masalan, u yovvoyi eshakni tavsiflaganda lablaridagi yashil maysaning
izi singari tafsilotlarni ham ko‘zdan qochirmaydi. Narsa haqida so‘z yuritganda
Zuhayr uning rangi, shakli va nimadan yasalganligini albatta eslatib o‘tadi. U
doimo hayotda ko‘rgan narsasini fotosuratdagidek aniq berishga hamda harakat
vaqti va joyini ko‘rsatishga urinadi. Ko‘chish jarayonini tasvirlaganda shoir joy
relefi, ob-havo, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida batafsil so‘z yuritadi.
Harakat joyi, sharoiti va vaqtini aniq ko‘rsatishda arablarda tarixiy tafakkurning
yuzaga kelayotganligini ko‘rish mumkin.
Zuhayr istiora usulidan mahorat bilan foydalangan. Masalan, tinchlik elchisi
Xarimni ulug‘laganida va uning ko‘z yoshlarini tavsiflaganda, Zuhayr uning
ko‘zlarini suv to‘ldirilgan chelaklarga qiyoslaydi va shu joyning o‘zida ushbu
chelaklarni olib ketayotgan tuyani, tuya egasini (haydovchini), u chelakdagi suvni
to‘kayotgan irmoqlarni hamda cho‘kishdan qo‘rqib suvdan sakrab chiqayotgan
qurbaqalarni ham tasvirlaydi.
33
O‘rta asr arablari Zuhayr ijodini yuksak qadrlaganlar va uni islomgacha
bo‘lgan davrdagi eng ajoyib shoirlardan biri deb hisoblaganlar.
Islomgacha bo‘lgan badaviy shoirlar qatorida jangchi-shoir, qahramon,
shaxsi afsonalarga burkangan Antara ibn Shaddod (VI–VII asrlar) alohida o‘rin
tutadi. Uning shaxsi O‘rta asrlar arablarini katta qahramonona qasida yaratishga
ilhomlantirgan.
Antara abs qabilasining taniqli askari va habash kanizakning o‘g‘li bo‘lgan.
Qabila qonunlariga muvofiq u, kanizakning o‘g‘li sifatida, qul hisoblangan va
poda boqishi kerak bo‘lgan. Biroq absiylar tay qabilasi bilan urushayotgan davrda
Antara katta jasorat ko‘rsatib, qullikdan ozod qilingan va teng huquqli askarga,
keyinchalik esa hatto harbiy sarkardaga aylangan edi. Ammo g‘alabalar shoirni
qabiladoshlarning nafratidan qutqarmadi. Antara unga, sobiq asir (qul) sifatida
amakivachchasi go‘zal Abla unga nisbatan nafrat bilan munosabatda bo‘lishidan
ayniqsa ko‘p aziyat chekardi.
Antara – asosan lirik shoir. She’rlarining asosiy mazmuni – Ablaga bo‘lgan
javobsiz muhabbatdan azob chekish, qabiladoshlarining adolatsiz munosabatidan
g‘ussa va alamga botishdir. Antara she’rlarining aksariyati o‘z jasoratlarini
maqtashga va shoir butun umr sodiq bo‘lib qolgan Ablaning go‘zalligini
tavsiflashga bag‘ishlangan:
Shoirlar kuylash mumkin bo’lgan biror narsa qoldimikan,
Nahotki sen, ba’zi shubhalardan keyin, mahbubam uyini tanimading?
O al-Javadagi Ablaning uyi, gapir
Tongda xotirjam bo’lgin, o Ablaning uyi, tinch bo’l.
Antaraning asosiy asari, rivoyatlariga ko‘ra «Daxis va al-Gabra urushi»
davrida kelib chiqishi tufayli Antaraning ustidan kulgan qabiladoshi bo‘lgan
jangchiga javob sifatida yozilgan mu’allaqa edi. An’anaga ko‘ra, Antara
mu’allaqani bir vaqtlar Abla yashagan qo‘noq izlarini ko‘rganda his etgan
34
tuyg‘ulari haqida hikoya qilishdan boshlaydi... So‘ngra shoir Ablaning
go‘zalligini ta’riflaydi va unga bo‘lgan muhabbati haqida hikoya qiladi.
Ko‘rib turganimizdek, shoir sezilar-sezilmas tarzda an’anaviy tartibdan
chekinadi. So‘ngra, go‘yo esiga tushib qolgandek, ushbu mavzuga qaytadi va
mashuqasi minib borayotgan tuyani ta’riflashga o‘tadi. Shu yerda tuyani tasodifan
tuyaqush bilan qiyoslash shoirning tezyurar qushni tavsiflash uchun yana
chalg‘ishiga sabab bo‘ladi.
Shoir mu’allaqani o‘zining badaviy xislatlarini maqtash va jangovar
g‘alabalarini tavsiflash bilan yakunlaydi:
Jangni ko’rgan har qanday odam senga xabar beradi
Men qoqqisdan jangga kiraman, biroq u yerda o’zimni o’ljadan tiyib
turaman (ya’ni, jangda jasur, o’lja olishda odmi)
Antaraning shoirona nutqi nihoyatda ifodalidir. So‘zlarini o‘ziga xos tarzda
tanlash, joylashtirish va tovush uyg‘unligi tufayli Antara ajoyib badiiy effektga
erishgan. Mahbubasi Ablani tavsiflashda uning nutqi nazokat va malohatga to‘liq,
tuyani ifodalashda yugurib ketayotgan hayvon dupuri, jang manzaralarida –
qurolning sharaqlashi eshitiladi va hokazo.
Islomgacha bo‘lgan barcha boshqa shoirlar singari Antaraning deyarli
hamma tavsiflari nihoyatda aniqligi bilan ajralib turadi. Faqat dushman kuchi
haqida so‘z yuritgandagina, Antara o‘z qadr-qimmatini sharaflash uchun bir qadar
bo‘rttirishga yo‘l qo‘ygan.
Antaraning hayoti va qahramonliklarini tavsiflashga o‘rta asr arab
adabiyotida jild-jild kitoblar bag‘ishlangan. Afsonalarda Antara yengilmas jangchi
va mard askar, mazlumlar himoyachisi, ezgulik va axloqiy poklik sohibi sifatida
tasvirlanadi. VI–VII asrlardagi arablar uchun jozibali bo‘lgan ideal badaviy
jangchi obrazi keyinchalik badaviy an’analar va badaviylar axloqi prinsiplaridan
butunlay uzilish davrida arablar doimo murojaat etgan qandaydir romantik idealga
aylangan.
35
Islomgacha bo‘lgan davrning «oxirgi badaviy shoiri», mu’allaqa muallifi
Labid (taxminan 560–661) edi. Shoir uzoq umr ko‘rgan va nafaqat Muhammad
payg‘ambardan, balki uning sahobalaridan (haqiqiy), xalifalardan ham ko‘proq
yashaganiga qaramay, uning shoirlik faoliyati islomgacha bo‘lgan davr bilan
bog‘liq. Rivoyatlarga ko‘ra, Labid islom dinini qabul qilgach she’riy ijoddan voz
kechgan. Labidning eng yaxshi asarini o‘rta asrlarda yashagan arablar
muallaqalarga kiritgan qasida tashkil qiladi. Uning tuzilishi an’anaviy: tashlab
ketilgan qo‘noq izlarini ko‘rganda shoirda yuzaga kelgan hissiyotlarni ifodalash,
zulmkor mahbubasini xotirlash, tuyani ta’riflash, kiyik ovi manzaralari va,
nihoyat, shoirning o‘zini va qabilasini maqtashi bilan almashadi.
Dostları ilə paylaş: |