Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar
1. “Al-Mu’allaqa” so‘zining ma’nosini tushuntiring.
2. “Al-Mu’allaqat” to‘plamiga qaysi shoirlarning ijodi kiritilgan?
3. Qasida janri.
4. Antara – jangchi shoir.
5. Ash-Shanfaraning asarining asosiy g’oyasi.
6. Johiliya davri shoirlari asarlari to’plangan manbalar.
40
7. «Arablar kunlari» («Ayyam al-arab») islomdan ilgarigi nasriy asar.
8. Maqollar, hikmatlar va masallar qaysi to’plamdan joy olgan ?
9. An-Nabig’a saroy she’riyati vakili.
10. Al-Xutey’aning hajviyasi.
11. «Kitab al-Ag’aniy» va uning muallifi kim?
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar
1. V-VII asr arab shoirlarining ijodi.
2. Qasida janri va uning mazmun-mohiyati.
3. Amr ibn Kulsum –urug‘-qabilachilik axloqining sohibidir.
4. Al-Basusaning tuyasidan kelib chiqqan urush.
5. “Devon al-Xamosa” to’plami haqida.
6. Imru-l-Qays hayoti va ijodi.
II BOB. QUR’ONU KARIM VA AHODISI NABAVIYA
2.1. HADIS VA MUHADDISLAR
Darsning maqsadi: Qur’onu karim va Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy
to’plagan hadislar to’plami haqida tushuncha beriladi.
Tayanch so’zlar va iboralar: sura, va’z, xutba, tafsir, hadislar,
muhaddislar.
Islom dini arab adabiyoti oldida yangi ufqlarni ochib, unga yangi
tushunchalarni kiritdi. U arab tilini yangi ma’nodosh so’zlar bilan boyitdi. Qur’oni
Karim arab tili va adabiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.
Qur’oni Karim –– musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, uni yana al-
Furqon yoki al-Mus’haf ham deb ataydilar. U 114 suradan iborat bo’lib, shulardan
92 tasi Makkai mukarramada va 22 tasi Madinai munavvarada nozil bo’lgan.
Mazkur suralar oyatlarga bo’linadi.
Qur’oni Karimni xotirasida saqlagan Rasulullohning sahobalari va
shogirdlari og’zidan yozib olinganlari 632 yili Xalifa Abu Bakr Siddiq (raziallohu
anhu) zamonlarida to’plangan. Qur’oni Karim 645 yili xalifa Usmon ibn Affon
41
(r.a.) zamonlarida to’la-to’kis holda qo’lyozma holiga keltirilgan. Qur’oni Karim
fasohat va balog’at bobidagi eng oily namuna hisoblanib, arab tilining sof
saqlanishiga sabab bo’ldi. Qur’oni Karim arab tili grammatik shakllarining
takomillashishi va lug’at tarkibining yanada boyishiga katta hissa qo’shdi.
Qur’oni Karim musulmon dini ilmlari fiqh (musulmon huquqshunosligi), tafsir va
arab tili sarfi-nahvi, maoniy va bayon ilmlarining asosi hisoblanadi.
Islom dinida Qur’oni Karim eng mo’tabar va har sohada murojaat manbai
bo’ladigan kitob hisoblanib, undan keyin Rasulullohning hadislari turadi. Zotan ul
zoti mubarak aytganlar: “Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qur’oni Karim bilan
o’zimning sunnatim –– yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu ikkalasini qattiq
ushlab ularga amal qilsangiz, to’g’ri yo’ldan also adashmaysiz”.
Shu andisha nuqtai nazaridan qarasak, payg’ambarimizning hayotlik
chog’larida aytgan so’zlari, qilmishlari, ko’rsatma-yo’llari, pand-nasihatu o’gitlari
–– bular hammasi hadis yo sunnat bo’lavergan va shunday deb atalgan. Chunki
har bir musulmon kundalik hayotida duch keladigan turli-tuman holatlarda,
ayniqsa, qiyin bir vaziyat yuz berganda mana shu sunnatlarga rioya va amal
qilishni o’zining burchi va ixtiyori deb biladi.
Islomning dastlabki yillarida hadislarni saqlab qolish ularni muttasil yodlab
borish bilan amalga oshirilar edi. Ko’pchilik sahobalar yetarli darajada savodli
bo’lishlariga qaramay hadislarni o’z vaqtida yozib bormaganlar. Bunda
Payg’ambarning hadislarini yozib borishlikni man qilganlari asosiy sabab bo’lgan.
O’z xotiralari quvvatiga ishongan sahobalar ularni yodlab boraverganlar va shu
tarzda avloddan-avlodga yetkazish mumkinligiga ishonganlar. U davrlarda
kishilarning hurmat-ehtirom qilinishi, obro’-e’tibor qozonishi uning yodlangan va
ma’nosini o’zlashtirgan Qur’oni Karim oyatlari va hadislarning soni bilan
belgilanar edi. Vaqt o’tishi bilan Qur’oni Karim va Ahodisi Nabaviyani yod
biladigan kimsalar birin-ketin dunyodan ko’z yumib, ularning soni tobora
kamayib borayotgani ma'lum bo’la boshlaydi. Shu boisdan hadislarni xatga
tushirish va to’plash orqali kelajak avlodlar uchun ma’naviy meros qoldirish
42
harakatiga asos solindi. Bu ishga, ayniqsa, hijratning ikkinchi asridan boshlab
jiddiy kirishildi.
Uchinchi asrda esa, Imom al-Buxoriy (810-869), Imom Muslim (819-874)lar
o’zlarining Islom olamiga mashhur bo’lgan “al Jome’ as sahih” kitoblarini
yozdilar. Shu tariqa hadislar birinchi marta bob va bo’limlarga bo’lindi. Bularga
ergashib Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Abu Dovud Sulaymon as-Sijistoniy,
Imom Ahmad an-Nasoiy, Imom ibn Mojja al-Qaznaviy kabi yirik zotlar yetishib
chiqdilar va ular ham “as-Sahih” yoki “as-Sunan” nomi bilan hadislar to’plamini
yozdilar.
Islom tarixiga oid kitoblarda hadislar asosan Muhammad Payg’ambar
vafotidan
keyin
yozila
boshlangani
va
Muhammad
Alayxis-salomga
payg’ambarlik uning qirq yoshida nasib bo’lganligi qayd qilinadi. Shunga ko’ra
Qur’oni Karim oyatlari Rasululloh umrlarining oxirigacha, ya’ni 23 yil
mobaynida turli munosabatlar bilan nozil bo’lib turgan bo’ladi. Saxobalar bu
oyatlarni maxsus sahifalarga yozib borganlar.
Ilk muhaddislardan biri Abu said al-Xudriy Payg‘ambardan hadislarni
yozib borishga ruxsat so‘raganda, rad javobini olganligi tarix manbalaridan
ma’lum. Ilk yozilgan hadislar qatoriga Muhammad Payg‘ambarning xorijiy
o‘lkalarga (Vizantiya imperatoriga, Eron shohiga, Misr va Hindiston
hukmdorlariga) yo‘llagan maktublari ham kiradi. Undan tashqari ko‘plab vasiqa
va hujjatlar ham bo‘lganki, ular ham ilk bor yozilgan hadislardan hisoblanib,
ularda islomga da’vat, odamlarni ma’lum vazifalarga tayinlash, yer va undan
olinadigan soliqlar, imon va tavsiya maktublari, Payg‘ambarga kelgan xatlarga
javoblar aks etgan.
Hijriy III аср (IX melodiy) boshlariga kelib, hadis haqida ko‘plab kitoblar
yozila boshladi. Hadis ilmining bu “Oltin asri”da al-Buxoriy, Muslim, an-Nasoiy,
Abu Dovud, at-Termiziy, Ibn Mojja kabi imomlar “al-Jome’ as-Sahih” va “as-
Sunan” nomli kitoblarini yozganlar. Bu asarlar “Kutubi sitta” (“Olti kitob”) nomi
bilan mashhurdir.
|