O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Imru-l-Qays  o‘ziga o‘xshash quvg‘inlilardan iborat guruh bilan sahroda bir 
vohadan boshqasiga kezib yurgan, ov qilgan, she’rlar yaratgan. Quvg‘inlikda u 
otasining o‘lganini bilib, uning uchun qasos olishga qasam ichgan. Bakr va tag‘lib 
qabilalaridan bo‘lgan ittifoqchilari bilan birga u asad qabilasiga qarshi urush 
boshlagan, ammo asadiylar homiysi – Xira hukmdori Munzira III ning qo‘shini 
tomonidan tor-mor etilgan. Hasaniylar amiri al-Xaris orqali Imru-l-Qays 
Vizantiya imperatori Yustiniandan Konstantinopolga borish uchun ruxsat 


23 
so‘ragan. Konstantinopolda Imru-l-Qays Eronning ittifoqchilari bo‘lgan Xira 
hukmdorlariga qarshi kurashda Vizantiyaning qo‘llab-quvvatlashiga erishishga 
uringan. Vizantiyadan qaytish yo‘lida shoir vafot etgan. 
Badaviylar qabila an’analari va odatlaridan to‘liq voz kechmagan Imru-l-
Qays she’riyatidan boshlab qo‘shni davlatlar (Vizantiya va Eron) nozik saroy 
madaniyatining ta’siri seziladi.
Arab an’anasiga ko‘ra, Imru-l-Qays barcha o‘ziga xos jihatlariga ega bo‘lgan 
qasidaning yaratuvchisi hisoblanadi. Uning eng mashhur asari deb esa, asr 
o‘rtasida arablar eng zo‘r durdona va hatto badiiy etalon deb e’lon qilgan uning 
muaallaqasi tan olinadi. Ular biror she’riy asarni baholaganda shunday der edilar: 
«Bu «To‘xtab turing! Yig‘lab olaylik!» qasidasidan ham go‘zaldir» yoki: «Bu 
«To‘xtab turing! Yig‘lab olaylik!»qasidasidan ham mashhurdir». 
An’anaga ko‘ra, Imru-l-Qays o‘z mu’allaqasini mahbubasi Uneyza bilan 
uchrashuviga bag‘ishlab yozgan. U mahbubasining qomatini o’z qasidasida 
shunday ta’riflaydi: 
 
Uning nozik qomati xuddi tuyaning eshilgan arqoni kabi ingichkadir, 
Oyoqlari esa soyada o’sgan papyrus novdalariga o’xshaydi. 
Uchrashuv joyiga ko‘ra «Darat Juljul kuni» nomini olgan bu kun, o‘rta asrlar 
arab sharhlovchilarining guvohlik berishicha, quyidagi voqea bilan tarixda qolgan. 
Uneyzaga ko‘ngil qo‘ygan Imru-l-Qays, mahbubasi bilan uchrashish uchun 
ayyorlik qiladi. Qabila ko‘chayotgan paytda u qabiladoshlaridan ortda qolib, 
Darat Juljuldagi cho‘milish havzasi yonida yashirinadi. Uneyza boshqa ayollar 
bilan suvga tushganida shoir qirg‘oqdagi kiyimlarni yig‘ib olib, qirg’oq yoniga 
o‘tiradi va cho‘milayotganlar chiqqan taqdirdagina ularni berishini aytadi. Uzoq 
ikkilanishdan so‘ng ayollar bo‘ysunishga majbur bo‘ladilar. Ular kiyimlarini 
olishgach Imru-l-Qaysni yengiltaklikda ayblaydilar, biroq sahiy shoir o‘z tuyasini 
so‘yib, ularni sharob hamda qovurilgan go‘sht bilan siylaydi. Shoirning ishidan 
ta’sirlangan ayollar tuyasining egarini qabila qo‘nog‘iga o‘zlari ko‘tarib boradilar. 


24 
Imru-l-Qaysning mu’allaqasi bir qancha mustaqil qismlardan iboratdir. 
Birinchi qismida shoir bir vaqtlar ishq va hijron azobini his qilgan tashlandiq 
qo‘noqni ko‘rganda yuzaga kelgan xotiralarini ifodalaydi. Ikkinchi qismida u 
muhabbat sarguzashtlarini, Uneyza bilan uchrashuvlarini ta’riflaydi va Darat 
Juljul kuni voqealariga alohida to‘xtaladi. Qasidaning uchinchi qismini shoir 
tabiat va sahrodagi hayotni ta’riflashga bag‘ishlaydi (sahrodagi tunni tasvirlaydi, 
ov, ot, momaqaldiroqni ta’riflaydi va h.k.): 
 
O uzun tun! Yorishaqol, 
Tongda, axir tong senda izzatda emasku. 
 
O mening hamrohim, men ko’rsatgan chaqmoq chaqinini ko’ryapsanmi, 
U xuddi qora bulutlar orasidan chiqqan qo’lga oxshaydi. 
Imru-l-Qaysning butun she’riyatida ikki mavzu – muhabbat va tabiat 
mavzulari asosiy o‘rin tutadi. Shoir ushbu mavzularni rivojlantirib, har xil narsalar 
odamlar va voqealar, azob-uqubat va sinovlar, quvonch va muvaffaqiyatlar haqida 
hikoya qiladi. Umuman olganda, tinglovchi oldida Arabiston sahrosidagi 
hayotning go‘zal manzarasi gavdalanadi. 
Imru-l-Qays haqli ravishda arablarda peyzaj she’riyatiining eng mohir ustasi 
hisoblanadi. U hayotining katta qismini sahroda o‘tkazib, go‘yoki Arabiston 
tabiati bilan qo‘shilib ketgan. Imru-l-Qaysning tabiat tasvirlari aniq, sodda va 
lo‘nda, ammo ayni vaqtda ular tabiatning o‘lik nusxasi emas. Imru-l-Qays ulkan 
musavvir sifatida badaviyning bir maromdagi hayotida yuksak she’riyatni topgan 
hamda u haqda qisqa va go‘zal so‘z yurita olgan.
Imru-l-Qays muhabbat kechinmalari haqidagi hikoyalariga ma’shuqasi bilan 
suhbat shaklini bergan. Uning asarlarida mahbubasining ta’rifu-tavsifi hamda 
uchrashuv manzaralari suhbat bilan almashib keladi. 


25 
Ba’zan Imru-l-Qays she’rlarida taqdirdan nolish ko‘rinadi, adolatsizlikka 
to‘qnashgan va hayotdan hafsalasi pir bo‘lgan insonning qalbidagi alam ko‘zga 
tashlanadi, yaqin qolgan o‘lim motivlari, ishonchsizlik ohanglari eshitiladi. 
Imru-l-Qaysning uslubiy vositalari juda xilma-xildir. Shoir barcha boshqa 
badiiy tasviriy vositalardan atrof olamdan oladigan qiyoslashlarni afzal ko‘radi.
Islomgacha bo‘lgan boshqa shoirlardagi kabi, Imru-l-Qaysning obrazli 
tafakkurida ham simvolika yoki majozlar yo‘q; ko‘pincha uning she’rlarida 
ramziylik va ma’no parallelizmini uchratish mumkin. Imru-l-Qays istiora va 
metonomiyadan keng foydalangan. Masalan, mu’allaqada shoir tunga murojaat 
etadi.
Tunni kerishayotgan hayvonga o‘xshatish yevropalik o‘quvchi uchun 
kutilmagan hol, ammo yirtqichlarning xulqini yaxshi bilgan badaviy uchun 
tabiiydir. 
Imru-l-Qays 
badiiy 
obrazlar 
yaratayotganida 
«so‘zlarning qudratli 
musiqasidan» ustalik bilan foydalangan. Undoshlarni takrorlash va tovushlarga 
taqlid qilish orqali u she’rda alohida ifodaviylikka erishgan. Turmush 
qiyinchiliklari yoritilgan baytlarida ingrash va xo‘rsinish eshitiladi, o‘z otining 
fazilatlari haqida so‘z yuritilganida she’rda ot dupuri eshitiladi. Har bir she’rning 
qofiyalanayotgan oxirgi so‘zlaridagi r, s, k, l undoshlaridan iborat kombinatsiya 
tuyoqlar dupurini eslatuvchi «taqillovchi» tovush hosil qiladi. 
Imru-l-Qays – shubhasiz qadimgi arab she’riyatidagi eng mashhur 
siymolardan biri. Uning ijodida arab shoirlari butun mumtoz davr mobaynida 
asoslanib kelgan arab she’riyatining usul va shakllarini birinchi marta ko‘ramiz. 
Imru-l-Qaysga islomgacha bo‘lgan davrdagi shoirlar (Zuhayr, Tarafa) ham, 
mumtoz davr shoirlari (Umar ibn Abu Rabi’a, Abu Nuvas, al-Buxturiy va 
boshqalar) ham taqlid qilganlar. 
Ilk islomgacha bo‘lgan shoirlarga, xuddi Imru-l-Qays kabi, hayotining katta 
qismini quvg‘inda o‘tkazgan Tarafa (VI asr o‘rtalarida vafot etgan) ham kiradi. 
Tarafa haqida kam ma’lumotga egamiz. Shoir Fors ko‘rfazi hududidagi 
Bahraynda ko‘chib yurgan “Bakr” nomli qabilaning taniqli urug‘idan kelib 


26 
chiqqan. Uning bolaligi to‘kinlikda o‘tgan, ammo otasining vafotidan keyin u 
amakilarining va’siyligiga o‘tgan. Ular, aftidan, Tarafaga meros bo‘lib o‘tgan 
mulk va huquqni egallab olishga intilganlar. Qarindoshlari Tarafa urug‘ning 
mulkini o‘z ko‘ngil xushliklariga sarflaganliklaridan foydalanib, qabiladoshlarini 
Tarafaga qarshi ko‘targanlar va uni «qichima toshgan, qatron surkalgan tuya 
singari» qabiladan quvib yubordilar. 
Tarafa uzoq vaqt Arabiston sahrolarida sang‘ib yurgan, ammo oxir-oqibat 
qabilaga qaytib kelgan. U qabila boshliqlariga bo‘ysunib, o‘z akasi Ma’badga 
cho‘ponlik qilgan. Vaqt o‘tgach Tarafa yana qabilani tark etgan hamda she’riyat 
ixlosmandi va bilimdoni Amr ibn Hind saroyiga joylashgan. Biroq shoir saroy 
shoiridek past mavqega ko‘na olmagan va Xira hukmdori va uning atrofidagilarga 
qarshi bir qancha hajviy she’rlar yozgan. Bundan g‘azablangan Amr ibn Hind 
Tarafani jazolash uchun Bahraynga, o‘ziga bo‘ysunuvchi noib huzuriga jo‘natgan. 
Ammo Bahrayn noibi, Tarafaning qabiladoshi buyruqni bajarishdan bosh tortgan 
va shu bois lavozimidan mahrum qilingan. Tag‘lib qabilasidan bo‘lgan yangi noib 
esa shoirni qatl ettirgan. 
Tarafaning asarlari ichida arablar orasida eng mashhurlari qasida bo‘lib, 
ushbu qasidani ular mu’allaqalarga kiritadilar. 
Mu’allaqa yaratilishiga Tarafaning mulkini egallab olgan akasi Ma’badning 
zulm qilishi sabab bo’lgan. Tarafa o‘z mu’allaqasida akasiga ta’nalar bilan 
murojaat etadi, o‘z turmush tarzini har tomonlama oqlaydi va qadr-qimmatini 
maqtaydi. Tarafaning mu’allaqasida an’anaviy muqaddima (tark etilgan qo‘noq va 
mahbuba), tuya tasviri, o‘zini o‘zi maqtash bor. Keyingi, «falsafiy» qismi 
hikmatlardan iborat bo‘lib, ularda shoir o‘zining havoyi turmush tarzini yer 
yuzidagi hamma narsaning o‘tkinchiligi bilan oqlaydi. 
O‘z asarining oxirgi (asosiy) qismida shoir o‘zini akasining hujumlaridan 
himoya qiladi, mahbubasi nazarida o‘zini oqlashga urinadi hamda o‘zining 
jasurligi va qabilasiga «jangda ham, maslahatda ham» foyda keltiruvchi boshqa 
qadr-qimmatlarini har tomonlama ta’kidlaydi, adolatsizlikdan shikoyat qiladi va 
vaqti kelib o‘zining haqligini isbotlashdan umidvorligini bildiradi. 


27 
Tarafaning dunyoqarashi batamom urug‘-qabilachilik negizida qolgan. U 
o‘zining oqsoqollar kengashi ishtirokchisidek burchiga sodiq bo‘lgan, istalgan 
daqiqada qabilasini himoya qilishga tayyor bo‘lgan. U faqat qabila boshliqlarining 
adolatsiz munosabatlaridan shikoyat qilgan. 
Tarafaning ijodida, Imru-l-Qaysniki kabi, bolalikda, so‘ngra esa saroydagi 
hayot davrida tarbiyalangan nazokat uzoq vaqt sahroda bo‘lish ta’sirida paydo 
bo‘lgan qo‘pollik bilan qo‘shilib ketgan. 
Hissiyotlarni ifodalashdagi muayyan tiyilish ajoyib she’riy obrazlilik bilan 
uyg‘unlikda tarafa she’riyatining asosiy jihatini tashkil etadi. Tarafa qiyoslash 
bobida alohida mahoratga erishgan. 
Bu yerda ko‘z o‘ngimizda bir qator qiyoslashlar gavdalanadi: sahroda 
borayotgan tuyalar ustidagi mahofalari bilan qayiqlarga o‘xshatiladi, ikkovi 
birgalikda esa badaviylarning o‘yiniga qiyoslanadi. 
Shoir o‘z she’rlarida mahbubasini ohuga, uning jilmayishini esa «toza va 
nam qumdan iborat tepalikda o‘suvchi» yovvoyi moychechak guliga qiyoslaydi. 
Tarafa qiyoslari odatda aniq va ayni vaqtda yorqin hamda shoironadir. 
Arablar barcha zamonlarda Tarafaning shoirlik iste’dodini ulug‘laganlar, uni 
hissiyotlarining kuchi va falsafiy teranligi bilan zamondoshlaridan ustun turadigan 
joxiliya davrining buyuk shoiri deb hisoblaganlar. Ayni vaqtda ular shoir 
she’rlarining haddan tashqari qo‘polligini, me’yor va yetuklik yetishmasligini 
ta’kidlaganlar. 
Tarafa ijodi, Imru-l-Qays ijodi singari, arab o‘rta asr mumtoz she’riyatining 
butun keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 
VI asr oxiridagi islomgacha bo‘lgan she’riyatning badaviylik yo‘nalishiga 
mu’allaqalarning ikki muallifi – al-Xaris ibn Xilliz va Amr ibn Kulsumning 
ijodi taalluqlidir. Ularning nomlari bakr va tag‘lib nomli qardosh qabilalar 
o‘rtasidagi ko‘p yillik urush bilan bog‘liq. 
Yuqorida aytilganidek, «al-Basusa tuyasi tufayli yuzaga kelgan urush» Xira 
hukmdorining aralashishi tufayli yakunlangan. Biroq tez orada qabilalar o‘rtasida 
yana urush boshlangan. Raqib qabilalar hakam sifatida Xira hukmdori Amr ibn 


28 
Hindga (554–569) murojaat etganlar. Taxminlardan biriga ko‘ra, shoirlar 
mu’allaqalarini Amr ibn Hind oldida bahslashuvchi tomonlarning nutqlari sifatida 
o‘qib berganlar. O‘zining tag‘lib qabilasini ulug‘lagan va Xira hukmdoriga tosh 
otishdan qo‘rqmagan Amr ibn Kulsumning chiqishini qabila boshlig‘i yomon 
qabul qilgan. Al-Xaris ibn Xilliz qarshi tomonning asoslarini rad etib, hakamning 
donishmandligini sharaflay olgan. Xira hukmdori bahsni bakr qabilasining 
foydasiga hal qilgan. Albatta, bu she’riy munozaraning oqibati bo‘lmagan (ushbu 
fakt bo‘lganligining o‘zini ayrim tadqiqotchilar shubha ostiga oladilar). Sababi sof 
siyosiy xususiyatga ega bo‘lgan: Xira hukmdorlarini tag‘libiylar qudratining o‘sib 
borayotganligi cho‘chitgan. Tag‘lib qabilasi Arabistonda eng qudratli qabilalardan 
biri sifatida katta hududga ega bo‘lgan. Ushbu qabila haqida hattoki «agar islom 
paydo bo‘lmaganida, tag‘lib qabilasi hamma narsani qamrab olgan bo‘lardi» 
degan gap tarqalgan. She’riy munozara haqidagi yarim afsonaviy hikoyaning o‘zi 
arab qabilalari ijtimoiy hayotida shoirlarning muhim o‘rin tutganidan dalolat 
beradi. 
Al-Xaris ibn Xillizning mualaqasi an’anaviy kompozisiyaga ega. Shoir 
odatdagi lirik chekinishdan so‘ng tag‘libiylar uning qabilasiga Kuleybning 
o‘limiga aloqadorlikni aytib, qo‘yayotgan aybni rad etadi, bakr qabilasini 
maqtaydi, ularning g‘alabalari, xususan tag‘lib qabilasining ustidan qozongan 
g‘alabasi haqida hikoya qiladi, Xira hukmdorlari bilan tag‘lib qabilasi o‘rtasidagi 
eski adovat haqida so‘z yuritadi, Xira hukmdorini ulug‘laydi va uning bakr 
qabilasiga ko‘rsatgan xizmatlarini e’tirof etadi. She’r oxirida u Xira hukmdori 
bilan bakr qabilasi o‘rtasidagi do‘stlikka da’vat etadi. 
Al-Xaris ibn Xillizning mu’allaqasini arab notiqlik san’atining eng qadimgi 
namunalaridan biri deb hisoblash mumkin. Mu’allaqada hikoya qilish elementi 
katta o‘rin tutadi. Shoir o‘zining tag‘libiylar bilan bahsda ilgari surgan asoslarini 
o‘z qabilasining qahramonona ishlari haqidagi hikoya bilan mustahkamlaydi. 
Aftidan, o‘z qabiladoshlarining xislatlari, ishlarini ideallashtiruvchi va 
bo‘rttiruvchi muallifning boy fantaziyasi bilan ko‘pirtirilgan tarixiy faktlarga 
asoslangan ushbu hikoya epik xususiyatga ega. 


29 
Al-Xaris ibn Xilliz qasidasining tili juda o‘ziga xos. Shoir Xira hukmdoriga 
bag‘ishlangan baytlardagi so‘zlarni shunday tanlaganki, ular yumshoq va nozik 
eshitiladi, ayni vaqtda qasidada qabilaning qahramonona ishlarini tavsiflaganda 
jang musiqasi eshitiladi.
Hakamlik sudida tag‘libiylar manfaatini, yuqorida aytilganidek, tag‘libiylar 
hukmdorlaridan birining o‘g‘li va mashhur tag‘libiy dohiy Kuleybaning ajdodi 
shoir Amr ibn Kulsum himoya qilgan. Hakamlar sudi to‘qnashuvning oldini 
ololmagan. Rivoyatga ko‘ra, Xira hukmdori Amr ibn Hind Amr ibn Kulsumni 
onasi bilan mehmonga chorlagan va ziyofat vaqtida qari ayolga hurmatsiz 
munosabatda bo‘lgan. Haqoratlangan Amr ibn Kulsum Xira hukmdoriga 
tashlanib, kallasini qilich bilan olib tashlagan hamda o‘z yo‘ldoshlari bilan birga 
Xiraning ko‘plab zodagon vakillarini asir olib, qochib yashiringan. Bakr va tag‘lib 
qabilalari o‘rtasida urush uzoq cho’zilgan va goh u, goh bu tomonning g‘alabasi 
bilan davom etgan. Aslida, bu Shimoliy va Markaziy Arabiston ustidan 
hukmronlik uchun olib borilgan kurash edi. Urush jarayonida ba’zi qabilalar bir 
lagerdan boshqasiga o‘tib turgan. Amr ibn Kulsum urushda ham jangchi, ham 
shoir sifatida faol ishtirok etgan. U o‘z she’rlarida urush voqealarini hikoya 
qilgan, o‘z qabilasini sharaflab, Xira hukmdorlarining ustidan qattiq kulgan. 
Amr ibn Kulsumning badiiy jihatdan eng mashhur va yetuk asari deb uning, 
aftidan, ikki qismli mu’allaqasi hisoblanadi. Birinchi qismidan shoirning Amr ibn 
Hindga murojaati o‘rin olgan. Ikkinchi qismida shoirning Xira hukmdorini qatl 
etgani hikoya qilinadi. Mu’allaqaning birinchi qismi xamriyat, ya’ni sharobni 
ulug‘lash bilan boshlanadi. Shundan so‘ng, an’anaga ko‘ra nasib (shoirning 
mahbubasidan ajralgani tasvirlanadi, uning go‘zalligi kuylanadi), so‘ngra asosiy 
qism – faxrga o‘tiladi. Bu qismida shoir tag‘libiylarning bakriylar bilan kurash 
tarixini hikoya qiladi, bakriylar hukmdorini tag‘libiylarni bo‘ysundirishga 
urinishda ayblaydi, o‘z qabilasining qudratini tavsiflab maqtanadi. 
Mu’allaqaning ikkinchi qismi, uning mazmuni bo‘yicha xulosa chiqaradigan 
bo‘lsak, keyinroq, tag‘libiylarning Xiraga qarshi urushi kuchaygan vaqtda 
yozilgan. Unda shoir o‘z qabilasi askarlarining jasorati va g‘alabalarini maqtashda 


30 
chegaradan chiqib ketgan. Amr ibn Kulsumning mu’allaqasi uni qahramonlik 
qasidasiga yaqinlashtiruvchi bir qator jihatlarga ega. Ammo Amr ibn Kulsumning 
qahramoni hali shaxs sifatida ajralib chiqmagan, hikoyaning markaziy siymosiga, 
xalq irodasi, mardligi va donoligining ifodasiga aylanmagan, qisqasi qahramonlik 
xalq romanining bosh personajiga xos jihatlarga ega bo‘lmagan. Amr ibn Kulsum 
mu’allaqasining qahramoni – qabila bo‘lib, shoir uning jasoratlarini maqtaydi. 
Uning she’rlari bo‘rttirishlarga to‘la, badiiyat ko‘p. Shoirning jadal xayoloti arab 
shoirlarida odatiy bo‘lgan ma’naviy birlikning buzilishigagina emas, ba’zan 
she’rda har qanday ma’noning yo‘qolishiga olib kelgan. Ayni vaqtda Amr ibn 
Kulsumning she’ri nihoyatda jarangdor xususiyatga ega, unda jang shovqini, yelib 
borayotgan chavandozlarning dupuri eshtiladi. Amr ibn Kulsum o‘z she’rlarida 
johiliyat davri she’riyatining barcha vositalari – ma’no parallelizmi, qiyoslash, 
istiora va tashbihlardan foydalangan. 
Bu o‘rinda o‘ziga xos ma’noli parallelizm orqali shoir qabiladoshlarining 
erksevarligi ta’kidlanadi, ularning hatto tuyalari ham bo‘ysunmas ekanligi 
ko‘rsatiladi. 
Amr ibn Kulsum o‘z qasidasini qabilasining jasoratini sharaflovchi maqtov 
baytlari bilan tamomlaydi. 
Amr ibn Kulsumning mu’allaqasi islomgacha bo‘lgan davrda arab qabilalari 
orasida juda mashhur bo‘lgan. Uni ayniqsa tag‘libiylar yaxshi ko‘rganlar. 
Zubiyan va abs qabilalari o‘rtasidagi urush davrining taniqli shoirlaridan 
yana biri Zuhayr ibn Abu Sulma (530–627) bo‘lgan. Ushbu tinchlikparvar 
shoirning asarlarini o‘rta asr arab tanqidchiligi qadimgi arab she’riyatining eng 
ajoyib namunalariga kiritgan. Shoir abs va zubiyan qabilalari kelib chiqqan 
gatafan qabilasining vakili bo‘lgan. Zuhayr shoirlik hunarini arab tilshunoslari 
alohida (ausiy) she’riy maktabning asoschisi deb hisoblovchi Aus ibn Hujra 
rahbarligida o‘rgangan. 
Zuhayr – tipik badaviy shoir. Uning ijodi yuksak qabilaviy ko‘tarinkilikka 
to‘la. Zuhayr o‘z qabilasi qudratining tiklanishi haqida orzu qilib, butun ijodi 


31 
bilan absiylar va zubiyanlarni yarashtirishga intilgan, chunki o‘z qabilasi 
ojizlashganligining sababini shoir aynan shunda ko‘rgan. 
She’riy rivoyatga ko‘ra, abs va xazar – zubiyanlarning qardosh qabilalar 
o‘rtasida o‘tkazilgan ot poygasida absiylar dohiysi Qays ibn Zuhayr Daxis laqabli 
toyni, Xazar qabilasining hukmdori Xuzeyfa ibn Badr esa al-Gabra laqabli biyani 
poygaga qo‘ygan. Xazariylar g‘alabaga erishish uchun pistirma qo‘yib, Daxisni 
cho‘chitib yuborganlar va marraga birinchi bo‘lib al-Gabra yetib kelgan. Biroq 
Xuzeyfa mukofot tariqasida yuzta tuya talab qilganida, Qays buni rad qilgan. Bu 
esa urush boshlashga bahona bo‘lgan. Ushbu urush «Daxis va al-Gabra urushi» 
nomini olgan va afsonaga ko‘ra, 40 an’anviy yil davom etgan. 
Zuhayr she’riyatida madhiya markaziy o‘rin tutadi, biroq ularda shoir 
dunyodagi kuchli shaxslarni emas, balki o‘z faoliyati bilan qadrdon qabilasining 
farovonligiga xizmat qilgan hamda tinchlikparvarligi, sahiyligi va boshqa 
badaviylar uchun an’anaviy bo‘lgan ezguliklar bilan shon topgan shohlarni 
ulug‘lagan. Xususan, Zuhayrning mualaqasi zubiyanlik ikki nafar taniqli shaxs – 
rivoyatga ko‘ra, qabilalar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish maqsadini qo‘ygan hamda 
xun talablarga o‘z mulkidan uch ming tuyadan iborat ulkan tovon to‘lagan Xarim 
va Xarisni maqtashga bag‘ishlangan: 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin