O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar 
1. Qur’onda nechta sura bor? 
2. Hadislarning eng obro’li to’plamlari kimga tegishli? 
3. Yurtimizda yetishib chiqqan muhaddislar kimlar? 
4. “Kutub as-Sitta” mualliflari. 
5. Ilk islom davridagi she’riyatning mazmun-mohiyatini aytib bering. 
6. “Qasidat al-Burda” va uning muallifi. 
7. Hasan ibn Sobit ijodining bosqichlari. 
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar 
1. Imom-al Buxoriy hayoti va ijodi. 
2. Ilmga oid hadislar. 
3. “Al-adab al-Mufrad” asari – odobnomaning ilk namunasi. 
4. Imom-at-Termiziyning “Ash-Shamoilu an-Nabaviya” asari. 
5. Tafsir va mufassirlar. 
6. Kaab ibn Zuhayr hayoti va ijodi. 
 
III BOB. O‘RTA ASR ARAB ADABIYOTI 
(VII asr oxiri – XVIII asr) 
3.1. ILK O‘RTA ASR ADABIYOTI 
(661-750 yillar) 
Darsning maqsadi: Ilk o’rta asrdagi adabiy jarayonlarda siyosiy she’riyat 
vakillari haqida talabalarga ma’lumot beriladi. 
Tayanch so’zlar va iboralar: solih, ajralganlar, madh, hijo, xamriyat, 
umaviylar davri. 


50 
632 yilda Muhammad vafotidan keyin davlatga uning izdoshlari – xalifalar 
boshchilik qildilar. Ular ayni vaqtda musulmonlar jamoasining diniy rahbarlari 
vazifasini ham bajardilar. Dastlabki, «solih» xalifalar – Abu Bakr, Umar, Usmon 
va Ali, shuningdek ularning o‘rniga kelgan umaviylar (661–750) sulolasiga 
mansub xalifalar davrida arablar Ikki daryo oralig‘i, Suriya, Falastin, Eron, Misr, 
Shimoliy Afrika, Pireney yarimoroli, O‘rta Osiyo, Shimoli-G‘arbiy Hindistonning 
bir qismi, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyaning bir qismini zabt etdilar. 
Istilolar natijasida ulkan davlat – xalifalik vujudga keldi. 
Xalifalikdagi ichki siyosiy vaziyat VII–VIII asrlarda nihoyatda murakkab 
bo‘lgan. Harbiy yurishlarda ishtirok etgan arab qabila zodagonlari orasida 
hokimiyat uchun kurash borgan. Kurash hukmdor arab urug‘chilik zodagonlar 
bilan xavorijlar, ya’ni bo‘ysundirilgan viloyatlarning islomga kirgan aholisi 
o‘rtasida ham boshlanib ketgan. Siyosiy kurash diniy tus olgan. Uchinchi «solih» 
xalifa Usmon davrida Eron va Iroqda hukmdor xalifaga muxolafat yuzaga kelgan. 
Undan keyinchalik islomdagi alohida yo‘nalish – shialik rivojlangan. Shialar 
musulmonlarning diniy va siyosiy rahbari Muhammadning amakivachasi va 
kuyovi Ali hamda uning avlodlari bo‘lishi kerakligini ta’kidlaganlar. Fitnachilar 
arab badaviylariga tayangan holda xalifa Usmonni o‘ldirdilar va Alini xalifa etib 
e’lon qildilar. Biroq Ali hokimiyat tepasida ko‘p vaqt turmadi. Unga Qurayshiylar 
zodagonalari va Suriyadagi noib Mu’aviya qarshi chiqdilar. Bundan tashqari
Alining eski tarafdorlaridan bir qismi ham undan yuz o‘girdilar. Shu bois ular 
xorijiylar «ajralganlar» deb atalganlar. Xorijiylar harbiy o‘lja va egallangan 
yerlarni bo‘lishda barcha musulmonlar teng ulush olishlari hamda xalifani butun 
musulmonlar jamoasi saylashini talab qilganlar. 661 yilda Alini xorijiylardan biri 
o‘ldirdi. Xalifalik taxtini esa uma urug‘idan bo‘lgan suriyalik noib umaviylar 
sulolasining boshlig‘i Mu’aviya egallab oldi. 
Mu’aviya xalifalik poytaxtini Damashqqa ko‘chirdi va Suriyada qo‘nim 
topgan arab qabilalariga tayanishga urindi. Bu esa xalifalikning boshqa 
viloyatlaridagi arab qabilalari zodagonlari orasida norozilik uyg‘otdi. Umaviylar 


51 
shialarga qarshi uzoq vaqt kurash olib borishlariga to‘g‘ri keldi. Shialarning 
asosiy qismini Eron va Iroq aholisi tashkil qilgan. Arabistonning o‘zida Damashq 
hukmdorlariga qarshi Muhammad salaflarining avlodlari bo‘lgan zubayriylar 
qarshi chiqdilar.
Islom dinini yoyish uchun olib borilgan ko‘p yillik urush sharoitida arab 
madaniyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi. Arab ko‘chmanchilarining 
qadimiy tamaddunlar mavjud bo‘lgan muzofotlarga kelishi va madaniy xalqlar 
bilan munosabatga kirishishi, tabiiyki, istilochilarning madaniy va siyosiy 
rivojlanishiga yordam berdi. Badaviylar unumdor tuproqli boy mamlakatlar, 
hunarmandchilik va savdo-sotiq gullab-yashnagan katta shaharlarning egalari 
bo‘lib qolgach, o‘troq hayotga o‘tib, yer va boshqa yurtlarni egalladilar hamda 
tamaddunning turli ne’matlaridan bahramand bo‘la boshladilar. Biroq arab 
istilochilari turmush sharoitining o‘zgarishi, loaqal dastlabki bosqichda, arab 
adabiyotining xususiyatiga ta’sir etmadi. Umaviylar arab madaniyatining sofligini 
istilo etilgan xalqlar ta’siridan saqlab, badaviylarning she’riyatdagi an’analarini 
tiklashga intildilar hamda islomgacha bo‘lgan she’riyat endi ma’jusiy she’riyat 
sifatida boshqa siquvga olinmadi. Buning ustiga, istilolar davrida susayib qolgan 
qabilalararo kurashning keskin kuchayishi ham islomgacha bo‘lgan she’riyatni 
uning qabilaviy jasoratni ulug‘lash an’analari bilan birga tiklanishiga yordam 
berdi. 
Xalifalar qabilalar o‘rtasidagi raqobatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlar 
hamda shoirlarning qabilaviy vatanparvarligini avj oldiradilar. Badaviy shoirlar 
umaviylarning hokimiyat tepasiga kelishi sababli davlatning madaniy va siyosiy 
hayotining markazlariga aylangan Kufa, Basra va Damashqqa o‘z qabilasini 
sharaflash yoki boshqa qabilaning ustidan kulish uchun kela boshladilar. 
Islom tarafdorlari va raqiblari, kurashayotgan siyosiy va qabilali guruhlar 
singari, o‘z qasidanavis shoirlariga ega edilar. Ularning she’riy bahslarida 
islomgacha bo‘lgan an’anaviy janrlar – madh, hijo – gullab-yashnardi. O‘z 
mavqelarini barcha vositalar bilan mustahkamlashga uringan xalifalar shoirlarni 
saroyga yaqinlashtirar va ularni hadyalar bilan siylar edilar. 


52 
Ulkan arab istilolari tajribasi vasf janrining mavzuini kengaytirdi. 
Qasidalarda jang yurishlari, harbiy qurol, istehkomlar, qurshov mexanizmlari 
kabilar tavsiflana boshladi. She’riyat ancha hikmat tusiga ega bo‘la boshladi 
hamda an’anaviy qadimiy hikmatlarga endilikda yangi Qur’on hikmatlari 
qo‘shildi. Yangi avlod shoirlari qasidaning tuzilishi va mantiqiy jihatdan tarqoq 
bo‘lgan qismlarini turli uslubiy yo‘llar bilan bog‘lashga urindilar.
Arablarning she’riy ijodi xususiyatiga zabt etilgan xalqlar madaniyati ta’sir 
ko‘rsatdi. Fors madaniyati ta’sirida arab she’riyati yorqinroq, nozikroq va 
musiqaviyroq bo‘la bordi. Tasvirlash vositalari boyib bordi, obrazlarda fantaziya 
va jonli shoirona xayolot ko‘paygani sezildi. Shu bilan birga, xalifa saroyining 
yirik madaniy va adabiy markazga aylanishi hamda qabila shoirlarini o‘ziga 
tortishi shoirlarni asta-sekin badaviylar muhiti va sahro tabiatidan uza boshladi, 
ularning bir vaqtlar bo‘lgan bevosita idroki yo‘qolishiga olib keldi. Natijada 
she’riyat sun’iylik xususiyatlariga ega bo‘la boshladi. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin