56
keldi. Al-Farazdaq hajviyalarida qabiladagi o‘z urug‘ini behad maqtash bor.
Uning o‘zini maqtashlari nihoyatda balandparvoz, og‘ir va bir xildir. Shoir odatda
o‘zining kelib chiqishi
haqida batafsil yozgan, o‘z qabiladoshlarining jasurligi,
sahiyligi va aql-farosatini maqtagan, so‘ngra dushmanlarining ustidan kulishga
o‘tgan, ularni barcha haqiqiy va qalbaki badaviy gunohlarda ayblagan.
Bunda
hatto islom dinida talab qilinadigan taqvodorlik ham shoirni qattiq ifodalardan
tiya olmagan.
Arab tanqidchiligi al-Farazdaqning iblis ustidan kulishga bag‘ishlangan va
pand-nasihat xususiyatiga ega bo‘lgan kichikroq hajviy qasidasining badiiy
qimmatini yuqori baholaydi.
Al-Farazdaqning qasidasida u yetmish yil mobaynida «iblisga xizmat
qilgani», ammo umri nihoyasida ko‘zi ochilgani
hamda Allohga nigohini
qaratgani e’tirof etiladi. Biroq iblis shoirni tinch qo‘ymaydi. U shoirga abadiy
hayot va jannatdagi rohat-farog‘atni va’da qilib, haqiqiy islom yo‘lidan ozdirishga
har tomonlama urinadi. Ammo al-Farazdaq o‘zining diniy his-tuyg‘ularida sodiq
qoladi va iblisni bir qadar mantiqiy dalillar bilan mag‘lub etadi.
Iblis haqidagi qasida go‘zal oddiyligi va ishonchliligi bilan arab tanqidchilari
tomonidan arab diniy she’riyatining eng zo‘r namunasi hisoblanadi.
Al-Farazdaqning badaviy shoir sifatidagi qobiliyatlari sahroni ta’riflashga
bag‘ishlangan she’rlarida ayniqsa to‘liq namoyon bo‘lgan. Bejizga al-Farazdaq
o‘zini al-Muhalhil, Imru’ul-Qays, Tarafa hamda islomgacha bo‘lgan
boshqa
shoirlar yo‘nalishining davomchisi deb hisoblamaydi. Misol uchun shoirning
sahroda och bo‘riga duch kelgani haqidagi go‘zal hikoyasini keltiramiz. U
johiliyat davridagi quvg‘inga uchragan shoirlar qasidalaridagi eng yaxshi
o‘rinlarni eslatadi.
Tez chopar, tuklari tushib ketgan, yolg’iz daydib yurgan, ochlikdan
kuchsizlanib qolgan bo’ri mening gulxanim tomon keldi.
U yaqinlashgach men unga dedim: “yaqinroq kel, mening ovqatimni
bo’lishib yeymiz”.