53
Yuqorida keltirilgan uch shoir qat’iy aytganda, o‘z qabilalari bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lganlar. Ularning umaviy xalifalar saroyida bo‘lishi yo
umaviylar, yo ularning siyosiy raqiblari homiyligini izlashga majbur bo‘lgan
badaviy qabilalar nochor ahvolining oqibati bo‘lgan. Ushbu shoirlarning ijodi esa
hali johiliya davri she’riy an’analari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan.
Al-Axtal (640–710) tag‘lib nomli nasroniy qabiladan kelib chiqqan.
Umaviylar hamda Muhammad salaflarining avlodlari o‘rtasida yuzaga kelgan
kurashda shoir hukmron sulola tarafini egalladi (tag‘lib qabilasi umaviylar bilan
ittifoqdosh bo‘lgan). Shoir umaviylarning Qays aylan
qabilasiga qarshi urushida
katta rol o‘ynadi. Ushbu qabila boshida xalifalik taxti uchun da’vogar Ibn az-
Zubayr turardi. Shu bois ham xalifa Abdulmalik shoirga «Umaviylar shoiri»
maqomini berdi. Al-Axtal o‘z madhiyalarida umaviylar hokimiyatining
qonuniyligini isbotlashga har tomonlama uringan. U xalifalik taxti umaviylarga
Ali tarafdorlari ustidan g‘alabani hadya qilgan Allohning o‘zi tomonidan
yuborilganligini ta’kidlagan, xalifa va uning
atrofidagilarni sharaflagan,
umaviylarning dushmanlari – Ali tarafdorlari, al-Zubayra urug‘i, Qaysiylar
qabilasi kabilarning ustidan kulgan. Umaviylar sulolasining vakillari uning
qasidalarida vazmin va qat’iyatli, sahiy va muloyim so‘zlovchi hukmdorlar, islom
dinining ashaddiy kurashchilari va Allohning sodiq bandalari sifatida ifodalangan.
Saroy shoirining umaviylarning islom yo‘lidagi yaxshiliklarini ta’kidlashi tabiiy
bo‘lgan. Biroq bu shoirning islomga zarda bilan hujum qilishiga xalal bermagan.
Saroy shoiri bo‘lish al-Axtalning badaviy tabiatiga kam ta’sir etdi. Shoirning
tarjimai holini yozganlar ta’kidlashicha, u o‘zining badaviy xislatlarini – qadr-
qimmat hissi, jasorat, sahiylik, ezgulik va shu kabilarni – yo‘qotmagan. Al-Axtal
qadimgi arab she’riyatining zo‘r ishqibozi bo‘lgan. U An-Nabig’aga qoyil qolgan,
Zuheyrga taqlid qilishga uringan. Al-Axtal saroydagi o‘z
mavqeini Xira va
Hasaniylar hukmdorlari huzurida An-Nabig’aning mavqei bilan qiyoslashni
yaxshi ko‘rgan. Al-Axtal An-Nabig’aga taqlid qilib, ko‘pincha ritorik
takrorlashlar hamda birinchi arab saroy shoirining boshqa uslubiy yo‘llaridan
foydalangan.
54
Al-Axtal
madhiyalarining
tuzilishi
islomgacha
bo‘lgan
shoirlar
qasidalarinikidan farq qilmaydi. Odatdagi lirik muqaddimadan keyin asosiy qism
– madhiya bag‘ishlangan shaxs fazilatlarini sanash, umaviylar urug‘ini
albatta
maqtash – keladi. So‘ngra shoir o‘z qabilasini ulug‘lashga o‘tadi. Odatda
qasidaning bu qismi (faxr) qolgan matn bilan bog‘liq bo‘lmagan va an’anaga amal
qilish bo‘lgan. Faxrda shoir o‘z qabilasining buyuk jangchilarini keltirgan, qabila
qo‘lga kiritgan g‘alabalarni sanab o‘tgan hamda tag‘libiylarning umaviylar
sulolasi oldidagi xizmatlariga alohida to‘xtalgan.
Al-Axtal qasidalaridagi hajviy baytlar odatda lirik muqaddima yoki madhiya
qismidan, ba’zan esa faxrdan keyin keladi. Shoir odatda alohida bir shaxsga emas,
balki umaviylar hamda tag‘libiylarning umumiy dushmanlariga hujum qiladi.
Shoir dushman ko‘rgan zarar-talafotlarni sanab o‘tadi hamda uning qusurlari
(baxilligi, qo‘rqoqligi, so‘zida tura olmasligi kabilar)ni qoralaydi.
Al-Axtalning hajviyalari haqida so‘z yuritganda, bahs-munozarali she’r janri
bo‘lgan
naka’idni eslatib o‘tmaslik mumkin emas. Shoir ushbu janrdan katta
mahorat bilan foydalangan. Munozaraviy she’rlar islomgacha bo‘lgan
davrdayoq
ma’lum bo‘lgan, ammo bu janr xalifalik shoirlarida ayniqsa shuhrat qozongan.
Munozaraviy she’r (odatda hajviy mazmundagisi) unda ustidan kulinayotgan
shaxs yoki qabilaga qaratilgan. Buning ustiga, dushman tarafning she’riy
munozarada ishtirok etayotgan shoiri javob berishda she’rning o‘lchami va
qofiyasini saqlab qolishi kerak bo‘lgan. Munozarali she’rlarning bunday
ayriboshlanishi al-Axtal bilan tag‘libiylarning abadiy raqibi Qays aylan
qabilasining ittifoqchisi bo‘lgan tamim qabilasining shoiri Jarir o‘rtasida yuz
bergan.
Al-Axtal madhiyalarida sharobga yoki ziyofatlarga bag‘ishlangan she’riyat –
xamriyat alohida o‘rin tutadi. Al-Axtal qasidalarida sharobga bag‘ishlangan
baytlar doimiy ravishda uchraydi. Ba’zan ular she’rning asosiy mazmuniga lirik
muqaddima tarkibiga kiradi. Shoir sharob hosil bo‘lishining butun yo‘lini
tokka
ishlov berishdan boshlab tasvirlaydi hamda quvnoq ichkilikbozliklar haqida
hikoya qiladi, sharobning rangi va hidini, uni ichayotgan insonning ahvolini
55
tavsiflaydi va hokazo. Umuman olganda, she’rlardagi
sharobga oid baytlar al-
Axtal she’riyatida eng jonli elementni tashkil qiladi.
Al-Axtal sharobga bag‘ishlangan baytlari bilan arab ziyofat she’riyatining
eng taniqli vakili bo‘lgan Abu Nuvas ijodining debochasi bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: