69
5. “Layli va Majnun” asari prototiplari kimlar?
6. Al-Axtal hayoti va ijodi.
7. Al-Farazdaq va Jarir ijodi.
8. Siyosiy she’riyat vakillari kimlar?
9. Zur-Rumma devonining badiiy mohiyati.
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar
1. Rasoil janrining asoschisi.
2. Ziyod ibn Abihining nutqi.
3. VII–VIII asrlardagi badaviy ishqiy she’riyat.
4. Umar Ibn Abu Rabi’a shahar ishqiy she’riyati asoschisi.
5. Qays al-Amiriy va Qays Ibn Zarih she’rlari kimga bag’ishlangan?
6. Shoirlar ijodida naqoid janri.
IV BOB. ARAB MUMTOZ ADABIYOTINING GULLAB-
YASHNAGAN DAVRI (VIII asr o‘rtalari – XII asr)
4.1. YANGILANISH DAVRI ADABIYOTI (VIII-IX)
Darsning maqsadi: Gullab-yashnagan
davrning dastlabki bosqichi
yangilanish davri haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tiladi.
Tayanch so’zlar va iboralar: xalifalik xalqlari, arab tili – ilm tili, Halab,
yangilanish harakati.
VIII asrdan XII asrgacha bo‘lgan davr o‘rta asr arab adabiyoti tarixida eng
samarali davr bo‘lgan. Aynan shu davrda «arablar tushunchasi asta-sekin o‘z
mazmunini o‘zgartira boshlagan. Arab ko‘chmanchilari
tomonidan zabt etilgan,
arablarning tilini qabul qilgan xalqlar ham arablar deb atala boshlagan. Ushbu
arablashgan aholi arab madaniyatining rivojlanishida faol ishtirok etgan. Butunlay
arablashmagan xalifalik xalqlari arab tilidan, o‘zlarining ilmiy va adabiy ijodida
foydalanganlar.
70
Arablashgan, tilini va o‘zligini saqlab qolgan O’rta
Osiyo va Eron xalqlari
o‘zlarining ma’naviy tajribalari bilan xalifalik madaniyatining rivojlanishiga
barakali hissa qo’shdilar.
Aynan shu davrda arablar fani va adabiyoti jahon maydoniga chiqadi hamda
jahon madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘sha davrning mashhur
olimlari orasida xalifalik fuqarolari – xorazmlik matematik va astronom al-
Xorazmiy (vafoti IX asr o‘rtalari), Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048),
turkiy
faylasuf al-Farobiy (870–950), O‘rta Osiyodan chiqqan shifokor va faylasuf Ibn
Sino (980–1037), basralik matematik va faylasuf al-Kindiy (IX asr oxiri), raylik
shifokor fors Abu Bakr ar-Roziy (864–925), fors geograf al-Istaxriy (X asr),
tarixchilar: bag‘dodlik al-Mas’udiy (vafoti 957 yil), fors at-Tabariy (vafoti 923
yil) va ko‘plab boshqa olimlar bo‘lgan. O‘z asarlarini arab tilida yozgan xalifalik
olimlari qanchalik turli qabilalardan chiqqanligini his qilish uchun ushbu kichik
ro‘yxatning o‘zi ham yetarlidir. Xalifalikning eng yirik shaharlari – Bag‘dod,
Kufa, Basra, Fustat (keyinchalik Qohira), Damashq, Halab, Buxoro,
Samarqand,
Xorazmlar – yirik savdo-hunarmandchilik o‘quv yurtlari, kutubxonalari, adabiy va
ilmiy to‘garaklari bo‘lgan hamda madaniy markazlarga aylangan.
Xalifalik shaharlarida ajoyib saroylar va masjidlar bunyod etilgan. Ularga
vizantiyalik va suriyalik ustalar tomonidan bajarilgan jimjimador naqshlar fayz
beradi.
Davlatning harbiy va soliq ehtiyojlari, keng miqyosda amalga oshirilayotgan
suv inshootlari qurilishi, dengiz ortidagi savdo munosabatlarining
kengayishi
amaliy fanlar – matematika, geografiya, astronomiya,
tibbiyot kabilarning
rivojlanishiga sharoit yaratdi.
Fanning rivojlanishiga xalifalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan keng
miqyosdagi tarjima faoliyati, ayniqsa, unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bilimdon
tarjimonlar – suriyaliklar, yunonlar va forslar –
arablarni Arastu va Aflotun,
Gippokrat va Galen, Yevklid, Arximed va Ptolemey asarlari, Hind tibbiy
risolalari, mashhur «Kalila va Dimna» hamda forslarning
tarixiy asarlari bilan
tanishtirdilar. Suriyalik Xuneyn ibn Ishoq (810–873) va uning o‘g‘li Ishoq ibn
71
Xunein, xarranlik Sobit ibn Kurra (836–901); Suriyaning Baalbeka shahridan
Kosta ibn Luka (vafoti 922), forslardan Ibn al-Muqaffa va al-Hasan ibn Saxl kabi
ko‘plab tarjimonlar shuhrat qozondilar.
Bu davr adabiyoti o‘z rivojlanishida uch bosqichni bosib o‘tgan:
«yangilanish» davri, «qadimiyatga qaytish davri» bosqichi va taraqqiyot davri.
Dostları ilə paylaş: