61
Tayanch so’zlar va iboralar: g’azal, nasib, majnun, lubna, Jamil ibn
Ma’mar.
Arab adabiyotining arab istilochilari vatanidagi rivojlanishi boshqa
yo‘llardan bordi. Umaviylar hokimiyat tepasiga kelgunlariga qadar ko‘plab
vakillari payg‘ambarning birinchi izdoshlari (muhojirlar va ansorlar) bo‘lgan
Hijoz zodagonlari o‘zlarining uzoqni ko‘ra olish qobiliyatining mevasidan
bahramand bo‘lardilar: ularni juda tez o‘sib va boyib
borayotgan musulmonlar
jamoasida hamma hurmat qilar edi. Davlatning birinchi poytaxti bo‘lgan Madina
shahridan arablarning musulmon guruhlari jo‘nab ketar, harbiy o‘lja imperiyaning
barcha hududlaridan aynan shu yerga keltirilardi.
Hokimiyat tepasiga umaviylar kelishi va xalifalikning siyosiy markazi
Suriyaga ko‘chirilishi bilan hijoz zodagonlarining ahvoli yomonlashdi. Makka va
Madina o‘zlarining sobiq siyosiy ahamiyatini yo‘qotib,
faqat diniy markaz
maqomini saqlab qoldi. Ulkan hajmdagi boyliklar ilgarigidek islom olamining
barcha hududlaridan ziyoratchilar bilan birga bu yerga oqib kelinardi, ammo hijoz
zodagon xalifalikda ilgarigi siyosiy rolini o‘ynamay qo‘ydi. Istilolarda ishtirok
etmayotgan va o‘z zamonining asosiy tarixiy voqealaridan
chetda qolgan hijoz
qabilalari yanada qiyin ahvolda qoldi. Zabt etilgan va islomga kiritilgan boshqa
xalqlarning ahvoliga tushib qolgan, ular singari soliq to‘lashga majbur bo‘lgan
ushbu qabilalar zo‘rg‘a kun kechirardi.
Siyosiy faoliyatdan chetlashtirilgan hijoz
shoirlari fuqaroviy mavzuga
qiziqmay qo‘ydilar va butun e’tiborlarini intim kechinmalarni tavsiflashga
qaratdilar. Natijada VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning boshida Hijoz
she’riyatida muhabbat she’riyatii ustun janrga aylandi.
Hijozning muhabbat she’riyatii ildizlari, asosiy mazmuni qanday bo‘lishidan
qat’i nazar, mahbubani lirik tasvirlash bilan boshlanadigan islomgacha bo‘lgan
qasidalarga borib taqaladi. Ammo agar johiliyat
davridagi qasidada lirik
muqaddima faqat yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan va asosiy mavzuga
62
o‘tishdan avval tinglovchilarda kayfiyat hosil qilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, hijoz
shoirlarida lirik boshlama mustaqil muhabbat she’ri shakliga kirdi.
Islomgacha bo‘lgan shoirlarning muhabbatga bag‘ishlangan she’rlarida
ta’riflash elementi ustunlik qilgan. Shoirlar sevikli
yorni tasvirlaganda katta
ixtirochilikni namoyon qilganlar, yorqin qiyoslash va istioralar izlab topganlar.
Biroq lirik qahramonning his-tuyg‘ulari islomgacha bo‘lgan shoirlarning
qasidalarida juda kam joy egallagan. VII–VIII asr
arab shoirlarida esa
qahramonning ruhiy holatiga qiziqish sezilarli. Ular qahramonning umidsizligi,
g‘am-g’ussasi, shubhalari, javobsiz muhabbatdan azoblanishi, mahbubasidan
ayriliq alamini tasvirlaydilar. Ushbu kechinmalar tavsifi
endilikda mustaqil janr
bo‘lgan
g‘azalga aylangan muhabbat she’riyatiining mazmunini tashkil etadi.
Islomgacha bo‘lgan barcha asarlar singari, hijoz she’rlari ham kuylangan, va
shu bois ularning tili oddiy va tushunarli bo‘lgan. She’rlarni kuyga moslashtirgan
hijoz shoirlari o‘z asarlari uchun yengilroq she’riy o‘lchamlar (vafir, xafif, ramal,
mutakarib)ni tanlaganlar, ba’zan esa kuyga moslashtirib, an’anaviy vazn
qoidalarini buzganlar.
VII–VIII asr hijoz muhabbat she’riyatiida ikki yo‘nalishni –
shahar va
badaviy yo‘nalishlarini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: